Bolalarning ijtimoiy moslashuvi


Download 214.33 Kb.
bet2/2
Sana06.12.2020
Hajmi214.33 Kb.
#161029
1   2
Bog'liq
17-va.Ijtimoiy pedagogning boshqa mutaxasislar bilan xamkorligi


Bolani tushuna bilish va uning ma`naviy dunyosiga kira olish tarbiyachidan zo’r kasb tayyorgarligini talab etadi. Bola bilan jonli munosabatda bo’lish – fikrlar manbai, pedago­gik yangiliklar, quvonch va tashvishlardirki, busiz tarbiyachi­ning ijodiy mehnatini tasavvur etib bo’lmaydi.



Agar ota-onalar o’z farzandlariga rahmdillik, mehr-muruvvat tuyg’ularini uyg’ota olmas ekanlar, u holda bolalar nafaqat begona odamlarga balki o’z ota-onasiga ham xissiz bo’lib qoladilar. Montesori metodikasi bo’yicha maktabgacha yoshdagi bolalarni sensor tarbiyalashda quyidagi maqsadlar nazarda tutilishi kerak:


        1. Barcha tashqi xissiyotlarni shakllantirish.


        2. Tashqi hissiyotlarni tarbiyalash orqali xali to’liq shakllanmagan barcha ruhiy jarayonlarni rivojlantirish kerak. Chunki diqqat, intellekt va iroda to’liq rivojlanmagan bo’ladi.



        3. Odatiy bir yoqlama madaniy tasavvurdan xalos bo’lish.



        4. Nutq apparatlari orqali tilni rivojlantirish, so’z boyliklarini oshirish.



        5. Bolalarning ruhiy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq tarzda, o’z-o’ziga xizmat qilishda ehtiyoj va talablarni rivojlantirish.


MTT dagi ta`limiy faoliyat haqida: Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayyorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.

Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yong’in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo’lgan talablar “Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom” bilan tartibga solinadi.



MTT asosiy maqsadi: Maktabgacha ta`lim, olinish shakli va usullaridan qat`iy nazar, quyidagi maqsadlarni o’z oldiga qo’yadi:

Maktabgacha ta`lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayri tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar.

O’zbekistonda maktabgacha ta`lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirg’iz, qozoq va turkman tillarida olib boriladi.

Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta`lim mussasasi (bolalar bog’chasi-maktab).

Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo’nalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta`lim muassasalari.

Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi og’ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog’chasi.

Tibbiyot gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish, tadbir va proseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog’lomlashtirish bog’chasi.

Birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog’lomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko’rinishda kiradi).

Bolalarni maktabda o’qishga maqsadli va tizimli tayyorlash;

Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste`dodlarini rivojlantirish;

Bolalarni milliy, umuminsoniy va madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolani intellektual rivojlantirish;

Bolalarda yuqori ma`naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish;



Bolalarning jismoniy va ruhiy sog’ligini mustahkamlash.Maktabgacha ta’lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayriya tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar.

O’zbekistonda maktabgacha ta’lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirg’iz, qozoq va turkman tillarida olib boriladi.

Xulosa: Tarbiyachilar va ota-onalar ta`sirida asta-sekin bolalar mehnati o’z vazifasi, mazmuni, metodi va tashkil etilishi bilan mustaqil faoliyat sifatida ajratib boriladi. Mehnatda uning beradigan samarasi faoliyatning majburiy, tarkibiy qismi hisoblanadi. Ammo bolalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishda mehnat natijasiga bolalarda mehnatga xavas xissini tarbiyalash uchun yordam beradigan pedagogik omil deb qarash kerak.
2-topshiriq.

Mavzu yuzasidan slaydli taqdimot yarating
3-topshiriq

MTT va oiladagi ta’limiy faoliyat jarayonidan mavzu bo`yicha 1 ta ishlanma tayyorlang.
Mavzu: Olma daraxti chiroyli gullabdi.

Maqsad: muassasa hovlisidagi gullagan olma daraxtini kuzatish, gullarning rangini aniqlash.

Kutilayotgan natija:olma daraxtini kuzatishdan zavqlanadi. Gullagan olma daraxtini taniydilar.

Zarur jihozlar:gullagan olma daraxti, mavzuga mos rasmlar

Mashgʼulotning borishi: Tarbiyachi bolalar bilan muassasa bogʼiga boradi, ularni suhbatga tortadi.

Tarbiyachi: Toʼgʼri, bolajonlar, bugun ob-havo qanday? (Issiq, quyoshli)

Tarbiyachi: Bolajonlar, bugun gullagan olma daraxtini kuzatamiz.

(Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda muassasada gullagan olma daraxtining tagiga borib tomosha qiladilar).

Tarbiyachi: Bu olma daraxti, hozir u gullagan. Mana daraxtning guli. Nimasi ekan? (Bolalar javoblari). Olma daraxti juda chiroyli gullagan. (Tarbiyachi bolalarga daraxtning pastroqdagi gullab turgan shoxini asta egib, hidlashni taklif etadi).

Gullagan daraxtning gullariga tegmaslik kerak. Vaqti kelib u sizga shirin olmalar beradi. Shuning uchun gullagan daraxtga ziyon yetkazmaydilar. Daraxtga suv quyib parvarish qilinsa, shu gullar mevaga aylanadi. Gullardan gullarga oʼtib, gʼuvillashib uchib yurgan asalarilarni koʼryapsizmi? Аsalarilar gullarni yaxshi koʼradi. Pishmagan olmalarni uzmaymiz. Sabr qilsangiz shirin olma pishib yetishadi.Olmani mazza qilib yesizlar. Kelinglar, hozir oʼyin oʼynaymiz.
Qanday daraxt” taʼlimiy oʼyin. Tarbiyachi bolalarga oʼrik va olma daraxt rasmlarini beradi. “Bolalar, men sizga “oʼrik daraxti” desam, kimning qoʼlida oʼrik daraxtining rasmi boʼlsa koʼtaradi. Men sizga “olma daraxt” desam, kimning qoʼlida olma daraxtning rasmi boʼlsa koʼtaradi. (Oʼyin 3-4marta takrorlanadi)

Jismoniy daqiqa.(Bolalar sheʼr mazmuni asosida harakatlanadilar)

Hoy olma, olma, olma,

Meni ovora qilma.

Biroz egil, boʼy choʼzay,

Olmalaringdan uzay.

Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

-Qaysi daraxtni kuzatdik?

- Olma daraxtining gulining rangi qanday?

-Qanday oʼyin oʼynadingiz?


Download 214.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling