9-mavzu: diqqat turlari, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriydan so’nggi diqqat
Download 281.38 Kb. Pdf ko'rish
|
9-12
9-MAVZU: DIQQAT TURLARI, IXTIYORSIZ DIQQAT, IXTIYORIY DIQQAT, IXTIYORIYDAN SO’NGGI DIQQAT Tayanch tushunchalar: diqqatning barqarorligi, diqqat ko’lami, ko’chuvchanligi, bo’linishi, ko’lami, kuchi, stress, affect, parishonlik, dominanta, diqqatning barqarorligi, oliy psixik funksiyalar. Psixologiyada diqqatning ixtiyoriy turi, ko’pincha irodaviy deb nomlanadi. Bu albatta, bejiz emas, chunki, diqqatning muayyan obyektga yo’naltirilishi iroda kuchi bilan saqlab turiladi. Hatto ixtiyorsiz diqqat faoliyatida qatnashsa, u ham irodaning zo’ri bilan yo’naltirilgan obyektda to’planib turadi. Irodaning faoliyatni amalga oshirishda ishtirok qilishi ko’p jihatdan kishining maqsadiga intilishi, ishchanlik qobiliyati, psixologik tayyorligiga bog’liq. Shu boisdan diqqatning kuchi, barqarorligi, mustahkamligi ildamligi odamning muayyan faoliyatini bajarishga moyilligi, shayligi bilan o’lchanadi. Diqqatning yuksak darajada mujassamligini ta’minlab turishda odamning faoliyatni bajarishga muvofiqlashgani muhim rol o’ynaydi. Har qanday faoliyatni amalga oshirishning boshida qiyinchiliklar yuzaga keladi va ular kishidan irodaviy zo’r berishni talab qiladi. Faoliyatni bajarishdagi nuqsonlarning namoyon bo’lishi diqqatni to’plashdagi qiyinchiliklarning oqibati bo’lib hisoblanadi. Diqqatning muayyan obyektga to’planishi ko’p jihatdan insonning his-tuyg’usi, irodaviy sifati, qiziqishi kabilarga bog’liqdir. His-tuyg’ular va emotsional holatlar diqqatning obyekti bilan uzviy bog’langandagina uning uchun ijobiy ahamiyat kasb etadi. His- tuyg’ular, emotsional holatlar qanchalik kuchli va ko’tarinki tarzda namoyon bo’lsa, demak, diqqat ham shunchalik obyektga mustahkam qaratiladi. Hislar, emotsiyalar diqqatning ham ixtiyorsiz, ham ixtiyoriy turlarini zo’raytiradi. Insonning amaliy va aqliy faoliyati jarayonida uning ongi muayyan darajada yangi bilimlar ma’lumotlar bilan boyib borishi natijasida diqqat ham takomillashadi. Yangilikni payqash hissi odam aqliy faoliyatini faollashtiradi (aktivlashtiradi), shu bilan birga, diqqatning obyektga uzoqroq to’planishini ta’minlaydi. Insonning barqarorlashgan kayfiyati diqqatning kuchi va ildamligini oshiradi, tanlovchanligiga ijobiy ta’sir etadi. Stress, affekt singari emotsional holatlar diqqatga salbiy ta’sir etib, uning tashqi ta’sirlariga beriluvchan, kuchsiz qilib qo’yadi. Ana shuning oqibatida diqqat chalg’iydi, bo’linadi, parishonlik namoyon bo’ladi, faoliyatdagi bir tekislik buziladi. Diqqatning obyektga to’planishi, mustahkamlanishi odamning qiziqishlariga bog’liqdir. Hatto ixtiyorsiz diqqatning faoliyatda mujassamlashishida kishining ishtiyoqi va qiziqishi katta ahamiyatga egadir. Odatda, faoliyatga qiziqish bevosita va bilvosita shaklda namoyon bo’ladi. Bevosita qiziqish faoliyat jarayoniga, xatti- harakatlarning o’ziga, ish uslublariga qaratilgan qiziqishdan iboratdir. Bilvosita qiziqish esa faoliyatning maqsadiga, uning natijasiga yo’naltirilgan qiziqishdir. Ixtiyoriy, irodaviy diqqat bilvosita qiziqish bilan aloqadordir. Psixologik ma’lumotlarning tahliliga ko’ra, diqqatning obyektga to’planishi va mustahkamlanishi ko’zlangan maqsadni, faoliyat mahsulining zarurligi hamda sifatining ahamiyatini inson tomonidan anglash orqali ta’minlab turiladi. Faoliyat maqsadini anglash o’z ish-harakatida kishi diqqatining yuksak darajada mujassamlanishini ta’min etuvchi eng muhim shart va sharoitlardan biridir. Download 281.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling