9-mavzu: diqqat turlari, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriydan so’nggi diqqat


Diqqatning xususiyatlari, diqqat kuchi va bo’linishi, diqqat


Download 281.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana31.01.2024
Hajmi281.38 Kb.
#1829406
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9-12

9.1. Diqqatning xususiyatlari, diqqat kuchi va bo’linishi, diqqat
ko’lami, diqqat taqsimlanishi, shaxsda diqqat rivojlanishi 
Diqqatning ko’lami - bir davrning o’zida diqqat tomonidan qamrab 
olinishi mumkin bo’lgan obyektlarning miqdori.
Diqqatning ko’chuvchanligi - faoliyat jarayonida diqqatning ongli 
ravishda bir obyektdan ikkinchi obyektga ko’chirilishi. Diqqatning 
ko’chuvchanligi har qanday faoliyatda, ayniqsa pult boshqaruvidagi 
alohida ahamiyatga egadir. Diqqatning taqsimlanishi - diqqatning bir 
vaqtning o’zida bir qancha obyektlarga qaratilishidan iborat xususiyati. 
Diqqatning taqsimlanishi murakkab faoliyat jarayonini amalga 
oshirishda 
alohida 
ahamiyatga 
egadir. 
Masalan: 
shofyorning, 
o’qituvchining ish jarayonidagi diqqati taqsimlangan diqqatdir. 
Diqqatning barqarorligi - diqqatning o’z obyektiga kuchli 
yo’naltirilishi va faol to’planishidan iborat ijobiy xususiyati. Yuqorida 
ko’rsatilgan psixik jarayonlarning hammasi odamda diqqat mavjud 
bo’lgandagina yuzaga chiqadi. Diqqat – ongimizning o’zimiz idrok 
etayotgan, tasavvur qilayotgan, fikr yuritilayotgan va aytayotgan 
narsamizga qaratish, bir nuqtaga to’plash demakdir. Diqqat o’ziga 
alohida bilish jarayoni emas, balki bilish jarayonlarning aktiv borishi va 
sifatli bo’lishi uchun zarur shartdir, xolos.
Ba’zi psixologlar (masalan G.A.Fortunatov) diqqatni psixik 
holatlarga qo’shadilar. Ammo, diqqat ong faolligining o’ziga alohida bir 
ko’rinishi ekanligini keyinroq yaqqol anglashiladi. Shu sababli diqqatni 


iroda sohasiga ham qo’shish mumkin. Odamning idrok qilayotgan, 
tasavvur etayotgan, fikr yuritayotgan narsasiga va qilayotgan ishiga 
nisbatan ko’nglidan kechayotgan har xil yoqimli va yoqimsiz, xush yoki 
noxush tuyg’ular emotsional sohaga (yoki hissiyot sohasiga) kiradi. Biz 
dilimizda xush yoki noxush tuyg’u his qilamiz, do’stlik, vatanga 
muhabbat his qilamiz, urush olovini yoquvchilarga qarshi g’azab his 
qilamiz. Odamning emotsional tuyg’ulari doimo uning ehtiyoj va 
manfaatlari bilan bog’liq bo’ladi. Odamning idrok qilayotgan, tasavvur 
etayotgan va fikr yuritayotgan narsasiga va qilayotgan ishiga ijobiy yoki 
salbiy munosabati hissiyotda o’z ifodasini topadi. Emotsiyalar ham 
jarayon, ham holat bo’ladi. 
Psixik faoliyatning yuksak ko’rinishi, ya’ni niyatimizga (oldindan 
o’ylagan maqsadimizga) yetmoq uchun shu maqsadga erishish yo’llari 
va vositalarini qamrab olib, shuningdek, uchraydigan qiyinchiliklarni 
bartaraf qilishda g’ayrat ko’rsatib qilinadigan faoliyat iroda sohasiga 
kiradi. Ixtiyoriy (iroda bilan bo’ladigan) faoliyatni ixtiyorsiz (irodadan 
tashqari bo’ladigan) faoliyatdan ajratish kerak. Ixtiyorsiz faoliyat 
hayotimizdan tashqari va anglab, bilib g’ayrat ko’rsatmasdan turib 
yuzaga chiqadi. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz faoliyat diqqat e’tiborda va ish-
harakatda ko’rinadi. Shu sababli ixtiyorsiz diqqat bilan ixtiyoriy diqqat, 
ixtiyorsiz harakatlar bilan ixtiyoriy (iroda bilan bo’ladigan) harakatlar 
farq qilinadi. 
Diqqatning ixtiyorsiz va ixtiyoriy ravishda vujudga kelishi o’zining 
yo’nalishiga ko’ra tashqi va ichki bo’lishi mumkin. Agar diqqatning 
manbai ongimizdan tashqarida bo’lsa tashqi deb ataladi. Masalan, 
shofyor, tikuvchi, muharrir kabilarning faoliyatida sodir bo’ladigan 
diqqat tashqi diqqatdir. Tashqi diqqat faqat idrok qilish jarayonidagina 
namoyon bo’lmasdan, balki fikr yuritilayotgan narsalarga ham 
qaratiladi. Jumladan, ixtirochining o’zi yaratgan narsasini tasavvur 
qilishi, rassomning obrazlarni kashf qilish jarayoni, muhandisning 
to’g’on qurilishini ko’z o’ngiga keltirish bilan bog’liq holatlar bunga 
misol bo’la oladi. Inson ongining o’zida sodir bo’layotgan o’z 
hissiyotlarini, fikrlarini, orzu-istaklarini va shu kabilarni kuzatishda 
ichki diqqat yuzaga keladi. Diqqatning har ikkala ko’rinishi ham 
faoliyatning muvaffaqiyatli yakunlanishiga munosib hissa qo’shish 
imkoniyatiga egadir. 
Dominanta 
tushunchasi 
fiziologiya 
faniga 
A.A.Uxtomskiy 
tomonidan kiritilgan. Uning isbotlashicha, dominanta orqa miyadan 
tortib to bosh nerv markazlarining ishlash printsipini tashkil qiladi. 


Dominanta diqqatning fiziologik asosidir. Nerv jarayonlarining 
induksiyasi - oliy nerv faoliyatining qo’zg’alish va tormozlanish 
jarayonlari o’rtasidagi o’zaro munosabat: MNSining biror markazida 
qo’zg’alish paydo bo’lsa, u boshqa markazlarda tormozlanishning kelib 
chiqishiga, tormozlanish esa qo’zg’alishning kelib chiqishiga sabab 
bo’lishdan iborat qonuniyat. Nerv tizimi jarayonlarning konsentratsiyasi 

markaziy asab tizimidagi qo’zg’alish yoki tormozlanish 
jarayonlarining vaqt o’tishi bilan dastlabki paydo bo’lgan uchastkasiga 
to’planish qonuni. 
Psixologik hodisalar subyektiv kechinmalar aks etiladigan narsa va 
hodisalarning miyamizdagi obrazlari shaklida ro’y beradi. Ammo, 
barcha subyektiv psixik hodisalar sirtda, organizmizning xilma-xil 
o’zgarish va harakatida: mimika, imo-ishora, nutq pantomimikada o’z 
ifodasini topadi. 

Download 281.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling