9-mavzu: diqqat turlari, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriydan so’nggi diqqat
Download 281.38 Kb. Pdf ko'rish
|
9-12
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-MAVZU. SEZGI Tayanch tushunchalar
Nazorat savollari: 1. Diqqat tushunchasining mohiyatini izohlang? 2. Diqqat turlari va ularni psixologik jihatdan tasniflab bering? 3. Diqqat xususiyatlari deganda nimani tushunasiz? 4. Diqqatning yo’nalganligini tushuntirib bering? 5. Diqqatning barqarorligi haqida nimalarni bilasiz? 10-MAVZU. SEZGI Tayanch tushunchalar: analizator, persepsiya, retseptor, eksterioretseptiv sezgi, sezgi turlari, proprioretseptiv sezgi, interioretseptiv sezgi, qo’zg’atuvchi, afferent, efferent, adaptatsiya. stress, affect, parishonlik, efferent. 10.1. Sezgilar haqida umumiy tushuncha Psixologiyada sezgilarning fiziologik asosini va mexanizmlarini qo’zg’atuvchilarning o’ziga mutlaq mos (adekvat) bo’lgan analizatorlar ta’siri natijasida yuzaga keluvchi asab (nerv) jarayoni, uning tizimi, tuzilishi tashkil qiladi. Fiziologlar va psixologlarning ta’limotlariga ko’ra analizatorlar uch o’zaro uzviy uyg’unlikka ega bo’lgan tarkibiy qismlardan iboratdir. Sodda qilib talqin qilinganda mazkur tarkiblar quyidagi ketma-ketlikdagi tuzilishdir: tashqi kuch-quvvatni (energiyani) asab (nerv) jarayoniga aylantirib beruvchi periferiya qismdan, ya’ni retseptordan; analizatorlarning periferiya qismini markaziy qism bilan bog’lovchi afferent (markazga intiluvchi asab tolasi), o’tkazuvchi asab yo’llaridan; periferiya qismlaridan keluvchi nerv impulslari (harakatlari) qayta ishlanuvchi analizatorlarning miya po’stidagi qismlaridan (uchastkalaridan) iboratdir. Boshqacha so’z bilan aytganda, periferik nervlarning uchlari (ko’z, quloq, teri, burun kabilar), ta’sirotni eltuvchi (afferent), javob qaytaruvchi (efferent) nerv tolalari, analizatorlarning orqa va bosh miya markazlari analizatorni tashkil qiladi. Jahon psixologiyasi fanining so’nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan sezgilar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi (ushbu tasniflanishning dastlabki ko’rinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga taaluqlidir): tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga moslashgan hamda retseptorlarga tananing sirtqi qismiga joylashgan sezgilar, ya’ni eksterioretseptiv sezgilar (retseptorlar); ichki tana a’zolari holatlarini in’ikos etuvchi hamda retseptorlari ichki tana a’zolarida, to’qimalarida joylashgan sezgilar, ya’ni interioretseptiv sezgilar; tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma’lumot (axborot, xabar) beruvchi, muskullarda, bog’lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya’ni proprioretseptiv sezgilar. Jahon psixologiyasi fanida to’plangan ma’lumotlarning ko’rsatishicha, sezish oddiy psixik bilish jarayoni hisoblanib, moddiy qo’zg’atuvchilarning muayyan retseptorlarga bevosita ta’sir etishi orqali real olamdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini va shuning bilan birga, inson organizmining (uning a’zolarining) ichki holatlarini aks ettirishdan iborat bilishning dastlabki bosqichidir. Sezgi biosfera va neosferada harakatlanuvchi jamiki narsalarning, xoh mikro, xoh makro tuzilishidan qat’iy nazar, sezgi organlariga ta’sir qilish mahsulasining sodda obrazlar, timsollarning ayrim tarkibiy xususiyatlar tariqasida aks etishidir. Inson atrof-muhitdagi moddalar shaklini, harakatlar ko’rinishini, ularning xossalarini o’ziga xos xususiyatlarini sezgi organlari yordamida, sezgilar orqali biladi, xolos. Sezgilar to’g’risidagi ilmiy ta’limotlarga binoan narsalar va ularning xossalari, tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib, sezgilarning o’zi esa tashqi va ichki qo’zg’atuvchilarning sezgi a’zolariga ta’sir etishining mahsulidir. Ma’lumotlarning ko’rsatishicha, sezgilar moddiy (obyektiv) borliqning, voqelikning haqqoniy tasvirini in’ikos qiladi, binobarin, moddiy olam qanday ko’rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo’lsa ular xuddi shundayligicha hech o’zgarishsiz, aynan aks ettirish imkoniyatiga egadir. Birinchi turkum sezgilarni ko’rish, eshitish, hidlash, teri-tuyush, ta’m-maza, kabi turlar tashkil qiladi. Ko’rish 380 dan 770 gacha millimikron diapazondagi elektromagnit nurlardan iborat jarayondir. Eshitish esa tebranish chastotasi 16 dan to 20000 gacha bo’lgan tovush to’lqinlaridan iboratdir. Ko’rish sezgilari bosh miya po’stini tepa burmasining qismida joylashgan bo’ladi. Teri-tuyush, harakat sezgilari miya po’stini markaziy burmasining orqa qismidan o’rin olgandir. A.R.Luriyaning fikricha, interioretseptiv sezgilar asl, tub ma’nodagi sezgilar emas, balki emotsiyalar bilan sezgilar o’rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo’ladi. Psixologiya fanida mazkur sezgilarning subyektiv ravishda paydo bo’lishi yetarli darajada chuqur o’rganilmagan, xuddi shu bois ular “noma’lum hislar” doirasiga kiritilgandir. Ular to’g’risidagi bilimlar bilan tanishish, o’zgarib borishlarini tekshirish “kasalliklarning ichki manzarasi”ni ifodalab berishda muhim rol o’ynashi mumkin. Ichki organlarning xastaligida vujudga keluvchi mazkur holatlar ichki kasalliklarni diagnostika qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday xususiyatli ixtiyorsiz sezgilar insonda juda erta uyg’onadi, shuning bilan birga ularning ifodalanishi o’ziga xos shakllarga egadir. Chunonchi, ular oldindan his qilish tariqasida paydo bo’lib, hatto inson ularni ta’riflab berish imkoniyatiga qodir emas, ko’pincha ushbu kechinmalar tush ko’rishda qaysidir kasallik xuruj qilayotganligidan darak beruvchanlik vazifasini o’tmaydi, xolos. Ular insonning kayfiyatida, emotsional reaksiyalari o’zgarishida ko’zga tashlanadi, bolada esa xatti-harakatning keskin o’zgarishiga sabab bo’ladi. Chunki, bola o’z tana a’zolaridagi ichki holatlarning o’zgarishini anglash, sezish, his qilish uquviga ega emas, xuddi shu tufayli undagi xatti-harakatning umumiy o’zgarishi belgilaridan buni sezish mumkin. Bu hodisalarning yorqin misoli sifatida quyidagi voqelikni tahlil qilamiz: bola o’z ichki interioretseptiv sezgilarini namoyish qilish maqsadida “kasal” bo’lib qolgan qo’g’irchog’ini parvarish qila boshlaydi. Download 281.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling