9-mavzu: diqqat turlari, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriydan so’nggi diqqat


Download 281.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana31.01.2024
Hajmi281.38 Kb.
#1829406
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9-12

 
 
 
 


11-MAVZU: SEZGILARNING TURLARI 
 
Tayanch 
tushunchalar:. 
interioretseptiv, 
psixosomatika, 
retseptorlar, 
proprioretseptor, 
eksterioretseptiv, 
nospesifik, 
oriyentirlash. 
 
A.N.Leontev seskanuvchanlikdan sezuvchanlikka o’tish boshqacha 
hayot tarixi bilan bog’liq deb ko’rsatadi va yuksak tashkil topgan 
hayvonlarda sezuvchanlik taraqqiy etadi, sezgi a’zolari tarkib topadi deb 
ko’rsatadi. Sezish qobiliyatining paydo bo’lishi psixika taraqqiyotidagi 
dastlabki 
davrdir. 
Keyinchalik 
hayvonlar 
nerv 
sistemasining 
taraqqiysiga va jumladan sezgi organlarining taraqqiysiga qarab, 
tashqaridan bo’ladigan ta’sirni aks ettirish, sezish qobiliyati o’sib, tobora 
murakkablasha bordi. Masalan, maxsus sezgi organlari bo’lmagan eng 
sodda hayvonlarda, aftidan, faqat umumiy, differentsiallashmagan 
sezuvchanlik mavjud bo’lsa kerak. Taraqqiyotning ancha yuqori 
bosqichlarida hayvonlarda sezgi organlari paydo bo’ladi, nerv 
sistemasining 
analiz 
qilish qobiliyati ham o’sadi. Biologik 
taraqqiyotning yuqori bosqichlarida hayvonlarning ba’zi turlarida sezgi 
organlari hayron qolarlik darajada takomillashadi. Masalan, burgutning 
ko’rish organi, itning hid bilish organlari va hokazo. 
Nerv sistemasining sezgi organlarining taraqqiyoti, shu bilan birga 
hayvonlar psixikasining ham taraqqiyotiga, hayvonlarning hayot 
kechirish tarziga, shu hayvonlarning qayerda, qanday yashashiga, 
qanday oziqlanishiga, qanday ovqat topishiga, kimga qarshi 
kurashishiga va shu kabilarga bog’liqdir. Masalan, parrandalar umrining 
ko’p qismini havoda, uchib yurib o’tkazadi. Bunday hayot kechirish 
bepoyon bo’shliqlarda adashmaslik zaruriyatini tug’diradi. Biror 
faoliyatni bajarishdagi barcha harakatlar kishi tomonidan nazorat qilinib 
tuzatilib boriladi. Nazorat qilish va holatlarni tuzatish qobiliyatidan 
mahrum bo’lgan kasallar hatto eng oddiy ish-harakatni ham 
muvaffaqiyatli bajara olmaydi. Ular stakanni stoldan olishda, og’izga 
olib kelishda xatolarga yo’l qo’yadilar. Nazorat qanday yo’l bilan 
amalga oshiriladi? Bu sezgi organlari ko’rish, eshitish, muskul sezgi va 
boshqalar orqali amalga oshiriladi. Chunki har bir ish – harakatni 
bajarayotganimizda barcha harakatlarimizni ko’zimiz orqali yoki 
eshitish sezgimiz orqali tekshirib turamiz. Albatta, harakatni boshqarish 
va nazorat qilishda bosh miya ham katta rol o’ynaydi. Har qanday 
harakat o’zining oxirida oladigan natijasining maqsadiga qarab 


boshqariladi va nazorat qilinadi. Bajarilgan harakatning natijalari uning 
maqsadi nuqtai nazaridan baholanadi va tuzatiladi. Har qanday ish 
harakatni bajarishdan oldin uning modeli miyada tayyor bo’ladi, ana shu 
modelga qarab u boshqariladi, olingan natija modelga qarab baholanadi. 
Odam bilan uning tevarak-atrofidagi olam o’rtasida doimo o’zaro bir-
biriga ta’sir qilish jarayoni bo’lib turadi. Odam bu protsessda dunyoni 
o’z psixikasi bilan aks ettiradi. Shu bilan birga, voqelik odam ongida 
ko’zgudagi kabi passiv ravishda aks etmay, balki aktiv ravishda aks 
etadi: odam tevarak-atrofdagi olam bilan o’zaro bir-biriga ta’sir 
ko’rsatar ekan, shu jarayonda olamga ta’sir etadi, uni o’zgartiradi va uni 
o’z ehtiyojlariga moslashtiradi. Psixik mahsullar - psixik jarayonlarning 
natijasidir. Bularga sezgi va idroklarning obrazlari, tasavvurlar, 
muhokamalar, tushunchalar shaklidagi subyektiv psixik mahsullar 
kiradi. Yoqimli va yoqimsiz tuyg’ular, tinchlik-farosat, hayajonlanish va 
ma’yuslanish, uyg’oqlik va uyqu holatlari, dadillik va taraddudlanib 
qolish holatlarini boshdan kechirish holatlarga kiradi. Xilma-xil psixik 
hodisalarni: bilish, emotsional soha (hissiyot sohasi) va iroda sohasi deb 
uchga bo’lish qadimdan bor. Odam ongi faoliyatida zohir bo’ladigan ana 
shu turlar psixik funksiyalar deb ataladi. 
Bilish hodisalari boshqacha aqliy, intellektual jarayonlar deb 
ataladi. Sezgilar, idrok, xotira, xayol, tafakkur va nutq – bilish 
jarayonlaridir.
Periferiyadagi nervlardan ba’zilari qo’zg’alishi periferiyadan 
markazga ham, markazdan periferiyaga ham o’tkazadi. Sezuvchi va 
harakatlantiruvchi nervlardan qo’zg’alish bir xil tezlik bilan o’tmaydi; 
sezuvchi nervlar qo’zg’alishni harakatlantiruvchi nervlarga nisbatan 
sekinroq o’tkazadi. Sezuvchi nervlar ayrim sezgi organlariga yoyilib, har 
bir organning asosiy negizini tashkil etadi. Har bir sezuvchi nerv 
muayyan organga ko’ruv, eshituv, hid bilish va shunga o’xshash 
organlarning biriga xos bo’lgan spetsifik qo’zg’alishlarni o’tkazadi. 
Harakatlantiruvchi nervlar ayrim organlarning va muskul ayrim 
qismlari harakatini idora etadi. Katta yarim sharlar po’stining peshona 
qismlarida 
periferik 
nerv 
sistemasining 
ham, 
vegetativ 
nerv 
sistemasining ham funksiyalarini birlashtiradigan yuksak markazlari bor. 
Bosh miya po’stidan periferik nerv sistemasiga ham, vegetativ nerv 
sistemasiga ham impulslar kelib turadi. Binobarin, vegetativ nerv 
sistemasini, shuningdek, boshqa qism va markazlarni bosh miya po’sti 
idora etadi. Vegetativ nerv sistemasi umumiy nerv sistemasining bir 
qismi bo’lib, ichki organlar hazm, nafas, qon aylanish organlarining 


ishlarini va ichki sekretsiya bezlarining faoliyatini idora qiladi. 
Vegetativ nerv sistemasi organizmning umuman hamma hayotiy 
jarayonlarini idora etadi. Organizm jarayonlarining shu tariqa vegetativ 
nerv sistemasi tomonidan idora etilishi organlar faoliyatining kuchayishi 
va susayishida, ortishi va kamayishida ko’rinadi. 
Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar bilangina bog’lanib qolmay, 
balki organizmning boshqa hamma qismlari bilan ham bog’langandir. 
Vegetativ nerv sistemasining markazdan qochuvchi tolalari hamma 
sezgi organlarida va teri hujayralarida bor. Vegetativ nerv sistemasi 
o’sha tolalar orqali sezgi organlariga ta’sir etib, ularning faoliyatini 
kuchaytiradi yoki susaytiradi. Jumladan, vegetativ nerv sistemasi sezgi 
organlarining adaptatsiyasiga (ya’ni moslanishiga) ancha yordam berar 
ekan. Vegetativ nerv sistemasi markaziy nerv sistemasining turli 
qismlariga, jumladan, bosh miya po’stiga ham ta’sir etadi. Shuning 
uchun ham vegetativ nerv sistemasining ta’siri psixik jarayonlarda ham 
ko’rinadi. 
Vegetativ nerv sistemasi ikki bo’lakdan: simpatik nerv sistemasi va 
parasimpatik nerv sistemasidan iborat. Simpatik nerv sistemasining 
markazlari gipotalamusda, orqa miyaning ko’krak va yuqori bel 
bo’limlaridadir. Simpatik nerv sistemasining tolalari tanadagi hamma 
organlarga yoyiladi. Parasimpatik nerv sistemasining markazlari to’rt 
tepalikda, o’rta miyada (Varoliy ko’prigi), uzunchoq, miyada va orqa 
miyaning dumg’aza bo’limidadir. Simpatik va parasimpatik nerv 
sistemalari ichki organlar faoliyatini idora etishda “antagonistlar” rolini 
belgilaydi. 
Har bir analizatorning periferiyadagi chekka tarmoqlari tegishli 
sezgi organlarida - ko’ruv organida (ko’z), eshituv organida (quloq), hid 
bilish organida (burun - halqum) va boshqa organlarda bo’ladi. 
Analizator – avvalo sezgi va idroklarimizning nerv-fiziologik 
apparatidir. Analizator quyidagicha ishlaydi: analizatorning chekka 
tarmoq egati (retseptor) tegishli qo’zg’alishlarni sezib, qaytadan ishlab, 
maxsus nerv qo’zg’alishiga aylantiradi. Masalan, ko’ruv retseptori 
tabiatdan yorug’lik tebranishlarini, eshituv retseptori esa havo 
tebranishlarini ajratib oladi. 
Analizatorning ikkinchi bo’limi qo’zg’alishni periferiyadagi 
(chekka) 
tarmoqlardan 
bosh 
miya 
po’stiga o’tkazadi. Sa’y-
harakatlarning amalga oshirilishi beto’xtov ravishda nazorat qilinadi, 
uning mahsulasi harakatning pirovard maqsadi bilan qiyoslanadi va unga 
ayrim tuzatishlar kiritiladi, xuddi shu tarzda boshqaruv betinim 


takrorlanaveradi, harakatni nazorat qilish jarayoni esa sezgi a’zolari 
yordami bilan vujudga keladi. Sa’y-harakatning sensor (sezgi a’zolari 
yordamida) nazorat qilishning isboti uning oynadagi o’z aksiga qarab 
chizishda o’z ifodasini topadi. Ma’lumki, oynada qalamning odam qo’li 
harakat yo’nalishi bo’yicha emas, balki qarama-qarshi tomonga 
harakatlanayotganday tuyuladi. Inson ko’rish orqali mashqlanishi tufayli 
ma’lumotlardan foydalanish bilan harakatni muvofiqlashtirishni 
uddalaydi. Sa’y-harakatlarning nazorat qilish jarayoni va ularni 
boshqarish teskari aloqa prinsipiga binoan ro’yobga chiqadi. 
Ushbu hodisani amalga oshish imkoniyati quyidagi omillarga 
bevosita bog’liq holda kechadi: a) sezgi a’zolari aloqa kanali vazifasini 
bajargan taqdirda; b) ular axborot manbai sifatida harakat rolini 
o’ynaganda; v) sa’y-harakatlarni aks ettiruvchi alomatlar bu jarayonda 
xabar yetkazuvchi sifatida qatnashganida va boshqalar. Ta’kidlab 
o’tilgan omillar orqali amalga oshadigan teskari aloqaning bunday 
shaklini (ko’rinishini) rus tadqiqotchi P.K.Anoxin teskari afferentatsiya 
deb atagan.
Afferentatsiya (lotincha aggogepz keltiruvchi degan ma’no 
anglatadi) hamda tashqi qo’zg’atuvchilardan hamda ichki organlardan, 
axborotni qabul qiluvchi hissiy a’zolardan markaziy nerv sistemasiga 
kelib tushuvchi nerv impulslarining doimiy oqimini bildiradi. To’g’ri 
aloqa-axborotlarining tashqaridan kirib borishini anglatib kelsa, teskari 
afferentatsiya uning aks holatini aks ettiradi. Sa’y-harakatlarning 
hammasi ham organlarning faoliyatini tushuntirish uchun xizmat qiladi 
va nazorat (boshqaruv) jarayoni qanday kechishini tahlil etish 
imkoniyatiga ega. 
Senzitivlik (lotincha zepsis sezish, his qilish degan ma’no 
anglatadi). Senzitivlik yuzasidan insonda bironta psixik reaksiyani hosil 
qilish uchun zarur bo’lgan o’ta kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab 
mulohaza yuritiladi, jumladan, sezgilarning paydo bo’lishi uchun 
qo’zg’ovchining ozgina kuchi (ularning quyi chegarasi), ehtiyojlar 
qondirilmasligining sezilar-sezilmas darajasi (shaxsga ruhiy azob 
beruvchi) mujassamlashadi. 
XX asrning ikkincha yarmida paydo bo’lgan layoqatni miyaning 
mikrotuzilishi va sezgi a’zolari bilan bog’lovchi faraz eng mahsuldor 
bo’lib hisoblanadi. Miya hujayralarini tadqiq etish iste’dodli shaxs nerv 
hujayralarining morfologik va funksional xususiyatlarida farq borligini 
aniqlash 
mumkinligi 
faraz 
qilinadi. 
Layoqatlar 
bilan 
nerv 
jarayonlarining ayrim differentsial xususiyatlari hamda oliy nerv 


faoliyatining tiplari o’rtasida bog’liqlik mavjudligi to’g’risida faraz ham 
haqiqatga yaqindir. 
Rus psixologi B.M. Teplov va uning shogirdlari ishlarida oliy nerv 
faoliyati tiplarining xislatlari ta’siri tufayli shaxs qobiliyatlarining 
tuzilishida qandaydir sifat xususiyatlari paydo bo’lishini aniqlashga 
urinishgan. Jumladan, asab tizimining alohida sezgilari ma’lum qobiliyat 
nishonasi sifatida vujudga kelishi mumkin. 
Eksterioretseptiv sezgilar - ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, 
teri sezgilari. 
Proprioretseptiv sezgilar - muskul-harakat, statik sezgilar; 
Interioretseptiv sezgilar - organik sezgilar. 
Sezgi - qo’zg’atuvchilarning idrok a’zolari retseptorlariga ta’siri 
tufayli vujudga keladigan, obyektiv dunyo xossalarining subyektiv 
in’ikosidir. Inson tartibsiz holdagi kechinma va tasavvurlar orasidan 
ba’zi obyektlarni ajratib oladi va bu bilan go’yoki ushbu tartibsizliklarni 
tartibga keltiradi. Inson sezgi a’zolariga ta’sir qilish uchun biron narsa 
idrok etildi, anglandi deyishga hali erta. Predmet yoki predmet emas deb 
hisoblash insonning o’ziga bog’liq: kim uchundir tashqi muhitda 
musiqaviy ovoz va shovqinlar, ularda uyg’unlashmaganlik (dissonans) 
va uyg’unlik (konsonaj); kimgadir esa mashinaning ishlashidan darak 
beruvchi shovqin yoki hayvonlar tomonidan chiqarilayotgan ovozlar, 
kim uchundir suhbatdoshning nutqidagi mantiqiy urg’u berishlar, 
kimgadir 
turar 
joylarni 
muvaffaqiyatli 
yoki 
muvaffaqiyatsiz 
rejalashtirish va boshqalar. Kimlar uchundir esa, agar u bunday 
narsalarni bilmasa, ular go’yoki yo’qdek “zo’r berib eshitmaslik va 
ko’rmaslik” payida bo’ladi. 

Download 281.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling