9-mavzu: diqqat turlari, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriydan so’nggi diqqat


Download 281.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana31.01.2024
Hajmi281.38 Kb.
#1829406
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9-12

 
Nazorat savolari: 
1. Sezgi tushunchasining mazmunini izohlang? 
2. Sensor adaptatsiya va sezgilarning o’zaro ta’siri haqida ma’lumot 
bering?
3. Sezgining shaxsdagi rivojlanish bosqichlari haqida aytib bering? 
4. Sezgi sohasidagi qonuniyatlar haqida ma’lumot bering. 
5. Sezgi qanday asosga ko’ra klassifikatsiya qilingan? 
6. Sezgi sohasidagi qonuniyatlarni izohlang? 
7. Psixologiya fanida sezgi nazariyalarming mohiyatini izohlang? 


12-MAVZU. IDROK 
 
Tayanch tushunchalar: fon va figura, geshtalt nazariyasi, vaqtni 
idrok qilish, fazoni idrok qilish, harakat idroki, predmetliligi, yaxlitligi, 
strukturaliligi, doimiyligi (konstantligi), anglashilganligi. 
 
12.1. Idrok haqida tushuncha 
Psixologiya fanida idrok muayyan shakllarga ajratilib tadqiq 
qilinadi, vaqt, harakat, fazo yordami bilan atrof-muhitning, biosferaning, 
ijtimoiy turmushning mohiyati yuzasidan axborotlar ma’lumotlar, 
xususiyatlar aks ettiradi. Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va 
mazmundor psixik jarayon bo’lib hisoblanganligi sababli barcha ruhiy 
holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit 
mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko’nikmalar bir davrning 
o’zida namoyon bo’ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi. 
Idrok tushunchasi lotin tilida “regserpo” qabul qilish, idrok deb 
nomlanadi, uning yuqori bosqichi esa “appersensiya” (lotincha - idrok, 
qabul qilish) deyiladi. 
Appersepsiya - idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy 
va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivatsiyasi, ehtiyojlari va odatlari, 
umuman, ruhiy hayotning barcha mazmuni bilan belgilanishidir. 
Appersepsiya hodisasi tufayli odamlar o’zaro idrokining mazmuni bilan 
bir-birlaridan muayyan darajada tafovutlanadilar, ya’ni ular aynan bir xil 
narsani o’zining bilim saviyasi, maslagi, pozitsiyasi, dunyoqarashi va 
ijtimoiy kelib chiqishiga asoslangan holda turlicha idrok qiladilar hamda 
aks ettiradilar. Masalan, “ildiz” tushunchasini biologlar o’simliklarning 
moddiy asosi sifatida, matematiklar sonlarning ildiz ostidagi 
ko’rinishida, ijtimoiy nuqtai nazardan qarindosh-urug’chilik shaklida 
ko’z o’ngiga keltiradi.
Mazkur tushuncha ba’zi hollarda idrokning aniqlik, to’liqlik, 
ravshanlilik, predmetlilik, tanlovchanlik (saralash) kabi sifatlarning 
ma’nosi o’rnida qo’llanilgan. Psixologiya nazariyalariga ko’ra 
appersepsiya hodisasi barqaror va vaqtincha (muvaqqat) deb yurituvchi 
ikki ko’rinishga (turga) ajratiladi. Barqaror appersepsiya hodisasi 
shaxsning 
dunyoqarashi, 
qat’iy 
maslagi, 
ideali, 
pozitsiyasi, 
motivatsiyasi, qiziqishi, bilim saviyasi, madaniy darajasi, xulq-atvori, 
ma’naviyati va kasbiy tayyorgarligiga bog’liq bo’lib, u o’ta murakkab 
tuzilishga egadir. Muvaqqat (vaqtincha) appersepsiya turi esa shaxsning 
faqat idrok qilish jarayonidagi emotsional holatiga, ya’ni uning 


kayfiyati, ruhlanishi, shijoati, stress, affektiv ko’rinishdagi his-
tuyg’ularida, ularning sur’ati, davomiyligi, tezligida o’z ifodasini topadi. 
Borliqdagi narsa va hodisalarning yashash shakli, uzluksiz ravishda 
harakatda bo’lishi, muayyan obyektiv vaqt birligida hukm surishi inson 
ongida bevosita in’ikos qilinadi. 
Odatda, inson tomonidan vaqtni idrok qilish, asosan, ruhiy 
hodisalar, holatlar, vaziyatlar, xususiyatlarning o’zaro o’rin almashinuvi 
tufayli namoyon bo’ladi va o’ziga xos tuzilishi bilan mazkur 
jarayonning boshqa shakllaridan farq qilib turadi. Vaqtni idrok qilish 
inson tomonidan aks ettirilayotgan vaqt birligining obyektiv (haqqoniy, 
xolis) mazmuniga, shaxsning unga nisbatan munosabatiga bog’liq 
bo’lib, xuddi shu mezon orqali uning mahsuldorligi o’lchanadi. 
Masalan, shaxsning ehtiyoji, motivatsiyasi, qiziqishlari va intilishiga 
mos, mutanosib vaqt birligini, idrok birligini idrok qilgan taqdirdagina 
vaqt obyektiv jihatdan (kechinmalar, his-tuyg’ularga nisbatan shaxsning 
ijobiy, haqqoniy munosabatlarida) tez o’tganday idrok qilinadi, odatda, 
yoqtirmaslik, idrok maydoniga (qamroviga) nomutanosiblik esa shaxsda 
zerikish, vaqt “sekin” o’tish tuyg’usini uyg’otadi. 

Download 281.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling