10 sinf ona tili Ma’nodosh so’zlar ustida ishlash
KASAL so’zining ma’nodoshlari: betob, notob, bemor, nosog‘, xasta, og‘riq.
Kasal
Organizmning normal faoliyati buzilgan, sog‘ning aksi.
Kasal keng tushunchaga ega. U odamga, hayvon yoki jonivorlarga, hatto jonsiz
narsalarga nisbatan ham qo‘llanaveradi. Bu so‘z «organizm faoliyatining vaqtincha
buzilgan»ligini ifodalash uchun ham, shuningdek, «sog‘ning aksi» ma’nosida ham
qo‘llanaveradi.
Betob, notob, bemor, xasta
odamga nisbatangina qo‘llanadi.
Betob, notob so‘zlari
«vaqtincha deb tasavvur qilinadigan kasal» ma’nosini bildiradi.
Notob
Juda kam qo‘llanad.
Bemor
So’zi ijobiy munosabat ifodalanadi. Bu so‘z oddiy so‘zlashuvga
nisbatan yozuvda
ko‘p qo‘llanadi.
Xasta
So’zi nisbatan eskirgan
Nosog’
Juda kam qo’llanadi.
Og’riq
Juda kam qo’llanadi.
Topshiriq test
1. Haq yo’lida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila,
Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila.
Navoiynning ushbu misralarida qo’llangan ranj va ganj
so’zlarining sinonimlari qaysi javobda berilgan?
A) mehnat va qarz
B) mashaqqat va boylik
C) alam va xazina
D) ozor va intilish
2. Tilda bir ma’noni ifodalash uchun qo’llanuvchi bir
nechta so’z qanday nomlanadi?
A) ko’p ma’noli so’zlar
B) olmoshlar
C) sinonimlar
D) antonimlar
3. So’zlarni qaysi jihatga ko’ra sinonim, omonim,
antonimlarga ajratamiz?
A) bir yoki birdan ortiq ma’noga ega bo’lishiga ko’ra
B) tuzilishiga ko’ra
C) shakl va talaffuziga ko’ra.
D) shakl va ma’no munosabatiga ko’ra
4. Berilgan sinonimlardan asosiy so’zni aniqlang.
A) ilgari B) oldin
C)
avval
D) burun
5. Qaysi so’zlar o’zaro sinonim emas?
A) zeb, ziynat
B) nafis, nozik
C) mustahkam, mahkam
D) puxta, pishiq
6. Sinonimlar qatorini toping.
A) yoz, o’t, kech B) kumush, mayin, o’tkir
C) belgi, nishon, alomat
D) tur, uch, xayr
7. Uxlamoq, talamoq fe’llarining sinonimlari qaysi
qatorda to’g’ri izohlangan?
A) tunamoq-uxlamoq, to’namoq-talamoq; bu o’rinda
tunamoq so’zining ikki ma’nosi berilgan.
B) tunamoq-uxlamoq, to’namoq-talamoq; bu o’rinda
tunamoq, to’namoq so’zlari omonim so’zlar.
C) tunamoq-uxlamoq, to’namoq-talamoq; bu o’rinda
tunamoq va to’namoq so’zlari paronim so’zlar.
D) tunamoq so’zi uxlamoq va talamoq so’zlariga sinonim
bo’lib, bu so’z ba’zan ikki xil variantda; tunamoq yoki
to’namoq tarzida yoziladi
8. Berilgan sinonimlardan bosh so’zni aniqlang.
A) boqmoq
B) termilmoq
C) nazar solmoq
D) qaramoq
9. O’zaro sinonim bo’lgan quyidagi so’zlardan qaysi
biri yaqin so’zi bilan sinonim bo’la oladi?
A) darrov B) jadal C) tez D)
shaxdam
10. O’zaro sinonim bo’lmagan so’zlardan hosil
bo’lgan juft so’zni toping.
A) kuch-quvvat
B) o’y-xayol
C) or-nomus
D) ur-yiqit
11. Qaro ko’zim, kel-u mardumlig’ emdi fan qilg’il.
Ko’zim qarosida mardum kibi vatan qilg’il.
Navoiyning ushbu mashhur baytida qo’llangan fan
so’zining sinonimi berilgan qatorini belgilang.
A) ilm, bilim
B) rasm, odat
C) bog’, chaman
D) chidam, toqat
12. Sinonimik qatordagi so’zlardan qaysi biri
ko’chma ma’noda?
A) ayyor
B) mug’ombir
C) hiylagar
D) shayton.
13. Quyidagi sinonim so’zlarning qaysi biri keng
qo’llanadi?
A) ivirsiq B) isqirt C) irkit D) iflos
14. Birgina so’z birdan ortiq sinonimik qatorda
ishtirok eta oladimi?
A) bir so’z faqat bir sinonimik qatorda ishtirok etishi
mumkin.
B) birdan ortiq sinonimik qatorda qatnashgan so’zlar bir
so’z hisoblanmaydi, ular omonimlarga aylangan bo’ladi
C) bir so’z birdan ortiq sinonimik qatorda ishtirok etishi
mumkin
D) bir ma’noli so’zlargina ishtirok etishi mumkin
15. Qaysi qatorda faqat sinonim so’zlar berilgan?
A) xavfli, xavotirli, qo’riqinchli, barakatli
B)
xayrlashmoq,
xabarlashmoq,
xo’shalashmoq,
vidolashmoq
C) sabab, vaj, bahona, bois
D) ruxsat, javob, izn, haq
16. Yuz-bet-aft-bashara-turq-chehra-jamol sinonimik
qatorida hissiy-ta’siriy bo’yoqdor so’zlar qaysi bir
javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) yuz, bet
B) bet, bashara
C) chehra,
yuz
D) bashara, jamol
17. Odam-kishi-inson-bashar, ko’krak-ko’ks-bag’ir-
to’sh-siyna sinonimik qatorlardagi poetik (badiiy)
uslubga xos so’zlar berilgan qatorni toping.
A) bashar, siyna
B) inson, bag’ir
C) odam, ko’krak
D) kishi, bag’ir
18. Turli tillardan o’zlashgan so’zlar o’zaro sinonim
bo’lishi mumkinmi?
A) bir til doirasidagina o’zaro sinonim bo’lishi mumkin
B) faqat arab va fors-tojik tillardan olingan so’zlargina
sinonim bo’la oladi.
C) o’zlashma so’zlar qaysi tildan olinganligidan qat’i
nazar, o’zaro sinonim bo’la oladi.
D) o’zlashma so’zlar faqat o’zbekcha so’zlar bilangina
o’zaro sinonim bo’lishi mumkin
19. Qaysi ta’rif sinonimlarga xos?
A) shakli bir xil, ma’nosi har xil so’zlar
B) bir tushuncha doirasidagi turli ma’no qirralarini
anglatuvchi so’zlar.
C) zid ma’noli so’zlar
D) aytilishi va ma’nosi bir xil so’lar
20. Quyidagi qatorlarning qaysi birida salbiy
bo’yoqdor so’zlar berilgan?
A) yaxshi, chiroyli, shirin, xursand
B) yomon, xunuk, bemaza, xafa
C) badburush, naynov, qiltiriq, bashara, satang
D) B va C