Bolalarning tarbiyasida ota-onaning roli
Download 40.18 Kb.
|
ота она роли (1)
Bolalarning tarbiyasida ota-onaning roli, Hozirgi kunda oilaning mustaxkam va ahil bo'lishi, kichiklar ham sog'lom yashashi , bolaning to'g'ri tarbiyalanishi uchun kuplab sharoitlar yaratib kelinmoqda. Halq maorifi, sog'likni saqlash, maktabgacha tarbiya va madaniy oqartuv muassasalarining butun faoliyati ana shu muhim masalaga qaratilgan. Oilaga beriladigan moddiy yordam, onalik va bolalikni xuquqiy himoya qilish bu ishga yordam beradi. Oilada yashashdan bosh muddao bola tarbiyasidir. Oilaning muhim boyliklaridan biri farzanddir. Ota-ona o'z farzandlariga birinchi tarbiyachi hisoblanadi. “Qush uyasida ko'rganini qiladi” degan maqolning ma'nosi ham boshlang'ich tarbiyaning puxta va to'g'ri bo'lishiga nisbatdir. Oilada bolaning tarbiyasi - ertaroq boshlangani ma'qul. “Sut bilan kirgan , jon bilan chiqar” iborasi ham bejizga aytilmagan. Bola ikki, uch yoshdayoq idrok eta boshlaydi. Ulg'aygan sayin jamoatchilik joylarda, odamlar orasida bo'la boshlaydi, katta- kichik bilan uchrashadi, muomalada bo'ladi. Albatta, agar bola boshidan , ya'ni oilada kattaga xurmat kichikka izzatda bo'lsa, shirin muomalada bo'lishni odat qilgan bo'lsa el tahsiniga sazovor bo'ladi Inson qanday kishi bo'lib yetishganligi ko'p jihatdan oiladagi tarbiyaga, ota – onaning ma'suliyatga qanday yondashganligiga bog'liq. Ota- onaning mehr – muruvvati , g'amxo'rligi bolalar uchun suv va havodek zarur. Ota – onalar o'z farzandlarini jismoniy jixatdan baquvvat , sog'lom va aql-idrokli bo'lishini istaydilar. Shunday ekan, farzandlari oldida ichkilik uyushtirmasliklari va shu kabi nojo'ya harakatlardan yiroq bo'lgani ma'qul. Ota – onalar ta'lim – tarbiya ishida o'qituvchi singari bab-baravar mas'uldirlar. Ular xamjixatlikda ishlashlari kerak . Shundagina ta'lim tarbiya ishlari yaxshi natija beradi. Ota-ona bolalarini tarbiyalar ekan, bolalar tarbiyasi uchun jamiyat va davlat oldida javob berishlarini unutmasliklari kerak.Tarbiya har doim tarbiyachilardan sabr - toqat, matonat, sezgirlik, bolaga nisbatan muxabbatni talab etadi.Bolaga biror chora ko'rishdan avval, bola xatoligining sabablarini xulqidagi o'zgarishlarning sababini bilish kerak va shunga qarab ish tutmoqlari lozim. https://talimger.org/load/elektron/zhinak/bolalarning_tarbijasida_ota_onaning_roli/34-1-0-15807Bola xulqi – tarbiya samarasi Maktab yoshigacha bo'lgan bolalarning xulqi oila va bog'chadagi hayot sharoiti ta'sirida tarkib topadi hamda uning kattalar va tengdoshlari bilan bo'lgan munosabatlariga bog'liq bo'ladi. Kattalar va o'rtoqlarining namunasi , ota-onalar va pedagoglarning bola oldiga qo'ygan talablari uning xulqiga katta ta'sir ko'rsatadi. Bolaning xulqi , eng avvalo , kattalar bilan o'rtasidagi noto'g'ri tarkib topgan munosabatlar natijasi bo'lgani uchun ham ishni shu munosabatlarni o'zgartirishdan boshlash kerak. Asosiysi , bolaning butun turmush tarzini kattalarning u bilan bo'ladigan muomalasi o'zgartira bilishi kerak. Bolaning ayrim, tasodifiy qiliqlaridan ham fe'lida yomon xislatlar paydo bo'lishi, agar o'z vaqtida buning oldi olinmasa , so'ngra kechikishi ham mumkin. Ayrim xislatlar bolaning ilk yoshlik chog'ida hosil bo'ladi. Keyinchalik bulardan shaxsning fe'li tarkib topadi. Agar biz bolani yoshligidan boshlab o'z kuchi va imkoniyatlariga yarasha istak – xohishlarini cheklashga , atrofdagi odamlar fikri bilan hisoblashishga o'rgatmas ekanmiz , u holda bunday bolani o'rinsiz qiliqlardan tiyib qolish qiyin. Xalqimizda “Nima eksang , shuni o'rasan” degan naql bejiz aytilmagan. Hali bola yosh ekan , uni to'g'ri tarbiyalayapmizmi , yo'qmi , ba'zan bilish qiyin. Faqat u katta bo'lganidagina bizning hatolarimiz ko'rina boshlaydi . Biz har doim ham boladagi kamchiliklarini noto'g'ri tarbiya natijasi deb ayta olamizmi? Ko'pincha biz “Bu o'zi shunaqa, otasiga, onasiga yoki buvisiga o'xshaydi” degan bahonani qilamiz. Bolalarning fe'li va xulqi ko'p hollarda ota-onasini eslatishi shubxasiz. Ammo bu meros emas, balki ular bilan bo'lgan doimiy munosabat, ularga taqlid qilish , oiladagi turmush tartibi natijasidir. Masalan: Avtobusga ota-bola chiqdilar bola besh yoshlar chamasida. O'tirgan yo'lovchilardan biri unga joy bo'shatadi. Ammo bola o'tirmaydi. Joyini bo'shatgan kishiga otasi shunday deydi. – Yo'q o'tiravering. Raxmat, u shunday ketaverdi. Katta bo'lib qolgan, u o'g'il bolaku. Keyingi gap bolani ko'zda tutib aytilgan. bu gap – so'zdan bolaning yuzlari jiddiylashadi. Qo'li bilan yonidagi tutqichni mahkam ushlab oladi. Ota-bola o'rtasida o'zaro xurmat, ortiqcha g'amxo'rlik ko'rsatmaslik va o'g'lim yosh deb talabchanlikni kamaytirmaslik asosiga qurilganligi sezilib turibdi. Xuddi aytilgan so'zlarni tasdiqlagandek, tushayotgan odamlar orasidan olti – yetti yoshlar chamasidagi bola avtobusga tiqilib kirdi. U chopib kelib bo'shagan joyga o'tirib oldida, bor ovozi bilan ota – onasini chaqira boshladi. Ota - onasi kelgach , u o'rniga qulayroq joylashib oldi. Tepasiga kelib turgan kishilarga ham joy bo'shatmadi.Bunga ota – onasi ham e'tibor bermay o'tiraverdilar. Xulosa qilib aytganda, yuqorida keltirilgan ikki misol tarbiya negizining ikki oilada ikki hil ekanligini ko'rsatadi https://talimger.org/load/elektron/zhinak/bolalarning_tarbijasida_ota_onaning_roli/34-1-0-15807ta – onalar, farzandlaringizning komil, imonli insonlar bo'lib yetishishida, ularga to'g'ri tarbiya berishda adashmang. Zero, nima eksangiz, shu hosildan baxra olishingiz muqarrar. Ota-onaning bolalari oldidagi burchlari Dunyoga kelishlari sabab bo'lgan bolalarni o'zlari bog'liq jamiyatga va butun insonga foydali bir a'zo etib yetishishlarini maqsad qilish ota-onaning eng muhim burchidir. Shuning uchun bolalarni ular hayot kechiradigan kelajakka tayyorlash maqsadida din va diyonatni o'rganishlariga , badan va rux tarbiyalariga juda katta diqqat va e'tibor berish ota-onaning burchi. Bolaning daromatlarga mos halol topgan puliga yedirib, kiydirib, ularni sevishda, mehribonlikda adolatli bo'lish ota-onaning burchidir. Sevimli payg'ambarimiz : “Bolalaringgizga yaxshi qarang, ularga yaxshi tarbiya bering” - deb buyurganlar. Сhunki ota-ona bolalarining yaxshi tarbiyalangan bo'lishlari uchun ham jamiyat , ham Olloh oldida javobgardirlar. Bolalarning ota-onalari oldidagi burchlari. Bolalarning ota-onalarini so'zlari bilan , ishlari bilan, mollari bilan hurmat qilishlari va xizmat qilishlari, ota-onaga ux (ox) demasligi , ya'ni ularning buyurgan ishlarini charchadim demasdan bajarishlari , xurmatsizlik qilmasliklari, bezdirmasliklari, xafa qilmasliklari din va insonyat oldidagi burchlaridir. Ota-onalariga doimo shirinso'zlik, ochiq chehrali bo'lish, ularning chizgan chizig'idan chiqmaslik, har bir ishda ularning roziligini olish, o'zlaridan , bolalaridan mamnun bo'lishlariga harakat qilish, xizmatlarini o'z ishlaridan ustun qo'yish, vafot etganlaridan so'ng ularni mehr va raxmat bilan eslash avlodlik burchlaridair. Olloh Taolo Qur'oni karimda ota-ona haqini , ularga ko'rsatiladigan hurmat va sevgini quyidagi farmonlar bilan bayon qilgan: ”Parvardigoringiz yolg'iz Uning o'ziga ibodat qilishingizni amr etdi. Agar ularning birovi yoki har ikkisi sening qo'ling ostingda keksalik yoshiga yetsalar , ularga qarab ”uf” tortma, so'zlarini qaytarma . Doimo yaxshi so'z ayt . Ular uchun mehribonlik va xorlik qanotini past tut – xoki sor bo'l va : “Parvardigorim, meni (ular) go'daklik chog'imda tarbiyalab o'stirganidek , sen ham ularga rahm- shafqat qilgin” , deb haqlariga duo qil! Parvardigor dillardagi sirlarni juda yaxshi bilguvchidir. Agar sizlar yaxshi bo'lsangizlar , ota-onalaringiznigng huquqlarini tanib, ularga mehribon bo'linglar. Albatta , Olloh bilmasdan gunohlaringizni mag'firat qilur Ota-onalarimizga ular hayot paytlarida qanday hurmatda bo'lganimiz kabi ular vafot etganlaridan so'ng ham rahm-shafqat va muruvvat bilan eslash , ular uchun doimo yaxshi duo etish , qarzlari bo'lsa uzish , vasiyatlarini bajarish, yaxshi ko'rgan kishilarini , do'stlarini hurmat qilish avlod uchun burchdir. Aka –uka (opa –singil) larning o'zaro burchlari. Tug'ishganlar bir daraxtning shoxlariga o'xshaydi. Bir tomirdan o'sgan , bir xil tarbiya va bir xil oziq bilan oziqlanib ulg'ayganlar. Shuning uchun aka-uka , opa-singil munosabatlari pul, mol- mulk kabi manfaatlar tufayli buzilmasligi lozim. O'z tug'ishganlarining haq- xuquqlarini hurmat qilmaslik - Islom ahloqiga to'g'ri kelmaydi. Tug'ishganlaimizning manfaatlarini o'z manfaatlarimiz bilan teng ko'rish axloqiy burchimizdir. Oilada akalar, opalar ota-ona o'rnidadir. Ularni ham xurmat qilish kerak . Sevimli payg'ambarimiz : “ Akaning ukalari oldidagi huquqlari oatning farzandlari oldidagi huquqi kabidir” deb buyurganlar. Tug'ishganlar xuquqlariga hurmat ko'rsatib, ular bilan yaxshi muomalada bo'lganlar, bebaho tug'ishganlik xaq – xuquqlarini umr bo'yi davom ettirganlar madaniyatli , fazilatli , baxtli insonlardir. Skachat' metodichki (klassnie uroki) dlya uchiteley po raznim predmetam: istoriya, literatura, fizika. Kak provesti urok s uchenikom, vam pomojet gramotno sostavlenniy plan uroka. Zanyatiya po matematike, literature, fizike, informatike, ximii, psixologii. . Dobavit' urok https://talimger.org/load/elektron/zhinak/bolalarning_tarbijasida_ota_onaning_roli/34-1-0-15807 Download 40.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling