Bolaning ijtimoiy rivojlanishida nutiq egalashning axamiyati


Download 86 Kb.
bet3/9
Sana21.04.2023
Hajmi86 Kb.
#1368250
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BOLANING IJTIMOIY RIVOJLANISHIDA NUTIQ EGALASHNING AXAMIYATI

Kutilayotgan natijalar:
Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasi shakllanadi.
Gapirayotganda so‘zlarni bir-biriga bog‘lab, jumlalar tuzishga o‘rganadilar.
Tovushga xos xususiyatlarni bilib oladilar.
Kerakli jihozlar:
Mavzuga oid rasmlar.
Stol, stul, rangli qj-jz va qalamlar, o‘yin ishtirokchilari. Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi: Bolalar, hozir biz uchun qadrdon bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasasi haqida suhbatlashamiz. Biz maktabgacha ta’lim muassasasini sevamiz. U bizning ikkinchi uyimiz. Siz maktabga borganingizda o‘qituvchingiz maktabgacha ta’lim muassasasi haqida so‘rab qolishi mumkin.
Tarbiyachi: Maktabgacha ta’lim muassasasi haqida suhbatlashib oldik. Endi kim shu mavzuda hikoya tuzib beradi? (Tarbiyachi namunaviy hikoya berishi mumkin).
Maktabgacha ta’lim muassasasi Olmazor ko‘chasida joylashgan. Ikki qavatli. Birinchi qavatida oshxona, hamshira, mudira xonalari bor. Shu qavatda muzey xonasi ham bor. Musavvirlar kiraverishini o‘zbek xalq ertaklaridan lavhalar bilan bezatishgan. Biz maktabgacha ta’lim muassasasini sevamiz (5-6 ta bolalar hikoyalari tinglanadi).
Tarbiyachi: Men hikoyalaringizni eshitib, maktabgacha ta’lim muassasasingizni qanchalik yaxshi ko‘rishingizni bilib oldim. Hozir «Maktabgacha ta’lim muassasasi» jumlasini men chaqirgan bola aytadi.
Qolgan bolalar aytilgan gap qaysi kayfiyatda aytilganini aniqlaydilar (Bolalar jumlani xafa, xursand kabi holatda-kayfiyatda aytishlari mumkin).


Monologik nutqni shakllantirishning nazariy asoslari.
Monologik nutq bir kishining boshqalarga qaratilgan nutqi hisoblanadi va hikoya qilish, xabar berish, o‘qigani yoki eshitganini qayta so‘zllab berish, o‘zi savol berib, o‘zi javob berish shaklida namoyon bo‘ladi.
Bolalarga keng yoyilgan fikr tuzishni o‘qitishda tarbiyachi ularda matn tuzilmasi (boshi, o‘rtasi, ohiri) haqidagi eng oddiy bilimlarni, gap bilan fikrning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalar haqidagi tasavvurni shakllantirishi zarur. Aynan ushbu ko‘rsatkich (gaplar o‘rtasidagi aloqa vositasi) nutqiy fikrning ravonligini shakllantirishning muhim shartlaridan biri sifatida ishtirok etadi.
Har qanday tugallangan fikrda iboralarni bog‘lashning keng tarqalgan variantlari mavjud bo‘ladi. Gaplarni bog‘lashning eng keng tarqalgan usuli – bu zanjirli aloqadir. Olmosh, leksik takrorlash, sinonimik jihatdan o‘rin almashish mazkur aloqaning asosiy vositalari hisoblanadi. Zanjirli aloqa nutqni yanada moslashuvchan va rang-barang qiladi, chunki bola bu usulni egallar ekan, bir so‘zni qayta takrorlashdan qochadi.
Pedagog bolalarga gaplarni parallel ravishda bog‘lashni o‘rgatishi zarur, bunda gaplar bir-biriga ulanmaydi, balki taqqoslanadi yoki hatto qarama-qarshi qo‘yiladi (Kuchli shamol esardi. Quyon iniga yashirinib oldi).
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga ravon matnlar tuzishni o‘rgatishda ularda mavzuni va aytilgan so‘zning asosiy fikrini ochib berish, matnga sarlavha qo‘yish qobiliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish zarur.
Ravon fikrni tashkil etishda intonatsiya katta rol o‘ynaydi, shuning uchun ayrim gaplar intonatsiyasidan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, umuman, matnning tarkibiy birligi va mazmunan tugallanganligini qayd etishga yordam beradi.
Kattalar bilan bolalarning birgalikdagi so‘z ijodkorligi monologik nutqni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblanadi. Endigina besh yoshga to‘lgan bolalar tanish ertaklarni hikoya qilib berish, voqealar to‘qish, shaxsiy tajribasidan so‘zlab berishga qiziqishni namoyon qiladilar. Katta yoshli kishi yo‘naltiruvchi va aniqlashtiruvchi savollarni berish, o‘yin vaziyatlarini yaratish orqali bola tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi darkor. Pedagogning sekingina hikoya mazmunini, rejasini, voqealarning ehtimoliy rivojini, so‘z shaklini aytib qo‘yishi birgalikdagi so‘z ijodkorligida muhim ahamiyatga egadir.

Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling