Bolaning ijtimoiy rivojlanishida nutiq egalashning axamiyati


Ertak yuzasidan quyidagi savollar berildi


Download 86 Kb.
bet8/9
Sana21.04.2023
Hajmi86 Kb.
#1368250
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BOLANING IJTIMOIY RIVOJLANISHIDA NUTIQ EGALASHNING AXAMIYATI

Ertak yuzasidan quyidagi savollar berildi:

  1. Tulkining uyi quyonning uyidan nimasi bilan farq qiladi?

  2. Nimaga tulki quyonni uyidan haydab chiqardi?

  3. Xo‘roz quyonni qanday qilib qutqardi?

Savollardan ko‘rinib turibdiki, birinchi savol ertakdagi parchani qayta hikoya qilib berishga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi savolimiz ertak bo‘yicha bola o‘z fikrini bildirishga qaratilgan. Uchinchi savolimiz esa, nutqning ifodaviyligini talab etadi.
Rivoyat.
Bir kampirning o‘g‘li bor ekan. Uning xotini va to‘rt yoshli o‘g‘li bor ekan. Nabira buvisini nihoyatda yaxshi ko‘rarkan. Har kuni kelin ovqat pishirib qaynonasiga yog‘och kosa, yog‘och qoshiqda ovqat berar ekan. Nabira buni kuzatib borar va ajablanar edi.
Bir kuni kelin o‘g‘li yog‘ochdan nimadir yasayotganini ko‘rib qolibdi.

    • Nima yasayapsan, bolam? deb so‘rabdi onasi.

    • Siz bilan otamga tovoq yasayapman. Katta bo‘lganimda sizlarga shunda ovqat beraman, debdi o‘g‘il. Kelin o‘z qilmishidan pushaymon bo‘lib, qaynonasiga mehribon bo‘la boshlabdi.

Bir kunday so‘ng har bir bolaga mazkur rivoyat bo‘yicha quyidagi savollar berildi:

      • Kelin qaynonasiga ovqatni nimada berar edi?

      • Kelin o‘g‘li yog‘ochdan nimadir yasayotganini ko‘rib, nima qilayapsan bolam, deb so‘raganda qanday javobni eshitdi? – Keyin nima bo‘ldi?

«Cho‘loq jo‘ja» o‘yini.
Bu o‘yinda bolalar yarim doira shaklida o‘tiradilar. Polga beshta tayoqcha to‘rtta katakli narvon shaklida tashlab qo‘yiladi. Har bir katakchaga bittadan stol qo‘yiladi. Stolga o‘tilgan mavzular bo‘yicha o‘qilgan ertak va rivoyatlardan qisman tasvirlangan rasmlar joylashtiriladi. «Cho‘loq jo‘ja» poldagi bola o‘ynab sinfdan-sinfga sakrab yuradi. Agar u rasmda tasvirlangani bo‘yicha savolga javob bersa, keyingi sinfga ikki oyoqda, agar javob bera olmasa bir oyoqda turib, ya’ni, joyiga borib o‘tiradi. Agar xato qilsa bir oyoqda sakrab boradi.

Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling