Bolaning shamollashini 2 kun davomida tuzatib yuborish
V. Bemor bolaga beriladigan oziq ovqatlar
Download 0.61 Mb.
|
2 kunda bola shamollashini tuzatib yuborish
V. Bemor bolaga beriladigan oziq ovqatlar
Romashka damlamasi - asosan mayda kukun holidagini ishlataman. Paketikdagi yaxshi chiqmaydi mazasidan ham bilsa bo’ladi. Romashka gullari kukunini choyni rangi kabi holatda damlanadi. Unga 1 piyolasiga bir dona gramidin tabletkasi(myatniysi emas) yoki novvotni nim tatir holatda ozgin solib, kun davomida oz-ozdan ichkizaman. Yanada yaxshiroq bo’lishi uchun 1 litrli termizga 3 osh qoshiq romashka kukuni, damlama bolaga sovuq kelmasligi uchun yong’oqdek novvot, tomoq qichishishini pasaytirish va shamollashga qarshi krapiva o’ti paketigi 2 dona, maza berishi uchun 4 dona o’rik qoqi yoki 6 dona shipovnik, immunitet uchun 2 chimdim zanjabil solib, 5 daqiqadan so’ng dika bilan suzib ayrim piyoladan kun davomida ichkizish mumkin. Sut – issiq sut tomog;ni yiringlatib qo’yadi. Sutni sovishi qiyin tepasi sovigani bilan idish tubi issiq bo’ladi. Bolaga beryotganda ehtiyot bo’lish kerak. Agar sutga olmurut qoqi yoki anjir qoqi solib qaynatilsa isitmani tushiradi, yo’talni davolaydi, tomoq shishini qaytarishga yordam beradi. Qaynatma mastava – shamollaganda, ishtaha yo’qolganda ayniqsa bolalar va qariyalarga eng darmondori ovqat. Agar go’shtni chopqidan o’tkazib yumoloqchalar qilib tayyorlansa yanada foydali va mazali bo’ladi. Suvi tiniq yog’siz, guruchi o’ta ezilib ketmagan bo’lishi kerak. Suzma – qattiqni zardob suvidan yaxshilab suzib olinadi. Ozgina tuz qo’shib aralashtirib beriladi. Bolani ishtahasini ochadi, orqasidan ovqat bersangiz yeb oladi. 1 kunda yarim piyoladan 3 mahal berish mumkin, agar ko’ngli tortsa albatta. Suzma isitma tushishida grip alomatlarining yengillashiga yordam beradi. Anor po’chog’ining suvi – Agar farzandimning isitmasi tushmasa yoki ich ketishi to’xtamasa yarim piyola qaynoq suvga tirnoqdek keladigan quritilgan anor po’chog’ini solaman. 3-5 daqiqadan so’ng salgina sariq rangi chiqadi. Anor po’chogini darrov olib tashlab suvini ichkizaman. 5 kun davomida bolnitsada ham tushmagan isitmasi tushdi va qaytib isistma chiqmagan. Anjir qoqining damlamasi – qora choy rangida damlanadi. Isitma tushirish, shamollash va yo’talni davilashda yordam beradi. Ozgina novvot qo’shi ichiladi. Go’sht – diametri 4-5 sm kattalikda, yupqa to’gralgan go’shtni olib 2 tomoni to’qmoqlanadi yoki oddiy pichoq bilan urib yumshatiladi. Quruq qizdirilgan qozonga solib ozgina tuz sepib, past olovda pishiriladi. Ikkala tomoni ham qizarib qovurilgunicha. Mutlaqo yog’siz bo’liishi kerak. Qopqoq yopib pishirilsa ichigacha issiq o’tib yumshoq pishadi. Tuzini yaxshiroq solish kerak. Bola shamollaganda yoki diareya bo’lganda foyda beradi, ishtaxasini ochadi, quvvatlantiradi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling