Bolaning sotsiumda rivojlanishi mundarija: kirish I. Bob. Ijtimoiy pedagogika predmeti. Bolaning sotsiumda (yaqin muhitda) rivojlanishi
Dinning sosiumda sifatidagi o`rni
Download 130 Kb.
|
BOLANING SOTSIUMDA RIVOJLANISHI
2.2.Dinning sosiumda sifatidagi o`rni
Shunday qilib, rivojlanish jarayonida bola sotsiumda ijtimoiy moslashuvni o’z ichiga oladigan uning sotsializatsiyasi amalga oshirilishi kеrak. Agar bu sodir bo’lmasa, boshqa hol - qarshi moslashuv holi kuzatiladi, unda bolani ijtimoiy qayta tiklash zaruriyati yuzaga kеladi. Ijtimoiy pеdagogika - tadqiqot ob’еkti bo’lib bola, o’rganish mavzusi bo’lib esa bola ijtimoiylashuvi qonuniyatlari hisoblangan pеdagogika fani sohasidir.Ijtimoiy pеdagogika - bolalarning ijtimoiy tarbiyasi va ijtimoiy ta’limi qonuniyatlarini ularning ijtimoiylashuvi jarayonida o’rganadigan pеdagogika fani sohasidir. Bola ijtimoiylashuvi – uni ijtimoiy hayotga tortish jarayonidir. U mazkur jamiyatga xos bo’lgan bilim, qadriyatlar, o’zini tutish namunalari tizimii o’zlashtirishda mujassamlashgan. Bolaning ijtimoiy moslashuvi – uni ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga faol moslashuvi jarayoni, bolaning ijtimoiy muhit bilan o’zaro ta’siri turi. Bolaning ijtimoiy moslasha olmasligi - ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga muvaffaqiyatli moslashishga qarshilik qiladigan undagi ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlarning yo’qolib kеtishi yoki shakllanmasligi jarayoni. Ijtimoiy pedagogikada shaxs — tarbiya ob’ektidir. Shaxs va uning rivojlanishi, shaxsning yoshiga xos hususiyatlari ta’lim va tarbiya jarayoni, muhit va tarbiyaning shaxs rivojlanishidagi ta’siri va boshqalar. Ijtimoiy pedagogika shaxs va jamiyat muammosiga murojat qilgan holda insonning jamiyatdagi munosabatlarini tartibga soladi. Ayrim tang hollarda ayrim oilalarga o‘smirni jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga hayotiy sharoitlarga moslashishiga yordam beradi. Ijtimoiy pedagogika yangi iqtisodiy munosabatlarni oiladagi munosabatlarga va bolalar tarbiyasiga ta’sirini taxlil qiladi. Ijtimoiy pedagogika birinchi navbatda bolalik muammolariga murojat qiladi. Hamda u shaxs tarbiyasi uning ma’naviy axloqiy sifatlarini shakllanishi murakkab vaziyatlarda qo‘llab — quvvatlanishi masalalariga murojat etgan holda bolaga jamiyat hayotiga moslashishiga yordam beradi.Bugun ijtimoiy pedagogika insonni jamiyatdagi o‘rni haqidagi, shaxsning ijtimoiylashtirish haqidagi, hozirgi zamon sharoitida bolalik qiyinchiliklari haqidagi bilimlar majmuidir. Ijtimoiy pedagog amaliyoti bolaga (o‘smirga) jamiyatda ijtimoiy — ma’naviy muvozanatni saqlashga, yangi munosabatlarni yaratishga yo‘naltirilgan.Ijtimoiy pedagogika o‘z oldiga qanday asosiy maqsadlarni qo‘yayotganini yuqoridagi fikrlardan bilib olsa bo‘ladi. Shuning uchun ijtimoiy pedagogika ijtimoiy falsafa singari boshqa fanlar: psixologiya, fiziologiya, anatomiya, mantiq, tibbiyot, iqtisodiyot bilan uzviy aloqada bo‘lmay turib faoliyat yurita olmaydi. Ijtimoiy pedagogika ilmiy fan sifatida o‘zining ob’ekti deb inson va sotsiumning o‘zaro ta’siri (turlicha ko‘rinish va hollarda) hisoblanadi, ya’ni xodisa va jarayonlarning o‘ta yaxlitligi amaliy ijtimoiy — pedagogik faoliyat uchun manba va o‘zgartirish soxasi bo‘lib qoladi. Ijtimoiy pedagogika ilmiy fanning predmeti bo‘lib bu xolat shaxs va sotsium o‘zaro ta’sirining umumiy va pedagogik qonuniyatlari hisoblanadi. Aynan mana shu tomoni uni boshqa pedagogik fanlarda farqini ko‘rsatadi va unga o‘zaro bog’liqlik va oshkoralik harakterini kasb etadi.Ushbu fan maqsadi — inson va sotsium o‘zaro ta’siriga ilmiy pedagogik asos bo‘lish, amaliyot ishlar darajasida bu o‘zaro ta’sirini har tomonlama uyg‘un bo‘lishi uchun ijtimoiy.—pedagogik faoliyatni ilmiy asosini sifat va samaradorligini yuqori ko‘tarish. Ushbu maqsadga erishish ilmiy fan sifatida ijtimoiy — pedagogika vazifasi orqali hal etiladi. Bular bilim (tadqiqot) variantlari tavsiya beruvchi, ta’limiy, o‘zaro bog‘lovchi vazifalaridir. Ijtimoiy pedagogika ilmiy fanining vazifalari 3 guruhga bo‘lingan: Birinchi (Nazariy – amaliy) guruh — ijtimoiy pedagogika faoliyatini tadqiq etish bilan bog‘liq sotsium rivojlanishi qonuniyatlari, undagi munosabatlar, sub’ektlar va institutlarning ijtimoiy ishlari; ijtimoiy pedagogik faoliyatining turli ko‘rinishlar va tiplarda, ular taxlilining turlicha darajalarda ziddiyatlarni izlab topish, ularni hal etish tendensiyalarini aniqlash; ijtimoiy sohadagi mutahassis faoliyatining prinsiplari, mazmuni, usullari metodlari va shakllarini ishlab chiqish; ijtimoiy institutlarning yuzaga keltirishning tashkiliy asoslari; faoliyat ko‘rsatish, chet mamlakatlar hodimlari, tashkilotlari va institutlarini ijtimoiy pedagogik faoliyatini tahlil etish va tajribalarini baholash bilan bog‘liqdir. 2. Ikkinchi guruh - vazifalari hususiy (shaxsiy) metodologik, nazariy va ilmiy metodik asosini shakllantirish maqsadiga ega; ijtimoiy — pedagogik ilmiy yo‘nalish mazmunini tanlab olish, ilmiy bilimlar sohasi sifatida ijtimoiy pedagogikani mantiqiy, ilmiy fanni jamlash. 3. Uchunchi guruh - vazifalari ijtimoiy sohada kadrlarni tayyorlash uchun ta’lim kopleksini nazariy asosi bilan ya’ni ijtimoiy xodimlar, ijtimoiy pedagog, ijtimoiy yuristlar tayyorlash bilan bog‘liq. Bu ijtimoiy pedagogikaning uchunchi sifat ko‘rsatkichi bilan belgilanadi. Ijtimoiy pedagogika boshqa gumanitar fanlar va ilmiy — yo‘nalishlar bilan mustahkam bog‘liq. Jumladan, u ijtimoiy falsafa, ijitimoiy siyosatshunoslik, ijtimoiy psixologik, ijtimoiy huquq, ijtimoiy informatika va statistika; shuningdek boshqarish nazariyasi, ijtimoiy meditsina va boshqalar bilan bog‘liqligi ham mavjud. Ijtimoiy pedagogika ma’lum darajada (o‘z tabiatiga ko‘ra) fanlararo ilmiy fan hisoblanadi, fanda ham va jamiyatda ham o‘zining ochiqcha harakteri bilan ajralib turadi. Ijtimoiy pedagogikaning umumiy fanlar tizimida inson va jamiyat to‘g‘risidagi fan sifatidagi o‘rnini aniqlab uning boshqa fanlar bilan aloqasini hisobga olish uning metodologik asosiini aniqlash imkonini beradi. Ijtimoiy pedagogika O`zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham uzoq va chuqur an'analarga ega. Shunga qaramay sobiq sovet tuzumi davrida ijtimoiy pedagogika yutuqlari e'tiborga olinmadi. Mana shuning uchun ham ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida faqat ijtimoiy- pedagogik mutaxassislar davlat va jamoat organlari boshqarmalarinigina emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, shuningdek ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ilmiy-tadqiqot bazasini ham o`z ichiga oladi. Ijtimoiy pedagogikani rivojlantirish va mazkur yo`nalishda mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ijtimoiy pedagogika yaqin kelajakda o`qituvchi yoki tibbiy xodim singari ommaviy kasbga aylanadi, chunki ayrim odamning ijtimoiy kasalligini oldini olish va ma'naviy-axloqiy og`ishini davolash «ijtimoiy epidemiya»ga qarshi kurashga nisbatan ancha osondir. Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan va juda murakkab jarayon. Bir tomondan har qanday jamiyat o`z rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy me'yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o`rganib mazkur jamiyatda yashash, uning to`laqonli a'zosi bo`lish imkoniga ega bo`ladi. Uning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq tarzda ta'sir ko`rsatadi, uni ta'lim va tarbiya doirasida amalgi oshiradi. Ikkinchi tomondan, uning shakllanishiga turli g`oyalar, ijtimoiy muhit ta'sir kqrsatadi. Uning uchun bunday yo`nalishlar, stixiyali ta'sirlar yig`indisi har doim ham milliy mustaqillik manfaatlariga javob bermaydi. Jamiyat o`z tuzilishiga yega turli xil o`zaro bir-biriga bog`liq va bir-biriga ta'sir etadigan davlvt jamoat institutlariga ega bo`lib, ular ijtimoiy hayotni tashkil etish va boshqarish shakllarini anglatadi. Odamlar bu ijtimoiy normalar ijtimoiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o`rganadilar. Ammo turli xil ijtimoiy institutlarning g`oyaviy tarbiyadagi roli bir xil emas. Ulardan biri bolaning rivojlanishi va ijtimoiy tiklanishi uchun ularga tabiiy ta'sir ko`rsatsa, boshqasi shaxsning shakllanishi uchun maqsadga muvofiq vazifani bajaradi. Bular ijtimoiylashtirish institutlari nomini olib, ularning arkibiga oila, ta'lim, madaniyat va din kabilar kiradi. Oila ijtimoiy pedagogikaning asosiy instituti , oila vositasida odam asosiy ijtimoiy bilimlarni o`rganadi, axloqiy maxorat va malakaga ega bo`ladi, xayoti uchun zarur bo`lgan ma'lum qadriyat va makurani egallaydi. Bolalarning muvaffaqqiyatli ijtimoiylashtirish uchun muhim ahamiyatga yega bo`lgan yana bir institut-ta'lim muassasasidir. Odam uzluksiz ta'lim orqali jamiyatda tarkib topgan qadriyatlar, boyliklar bilan munosabatda bo`ladi. Odam bilim olish jarayonida faqat aqliy jihatdan rivojlanib qolmay, jamiyat hayotiga moslashadi. Ijtimoiy pedagogika- bu pedagogik fanlarning muhim yo`nalishlaridan biri bo`lib, uning tadqiqot ob'ekti shaxs bo`lib, u aniq manzilga ega. Ya'ni ijtimoiy pedagogikaning ob'ekti jamiyatdagi barcha shaxslar emas, balki ijtimoiy qayotda adashgan, odob-axloq me'yorlaridan oqishgan, ijtimoiy pedagogik yordamga muxtoj shaxslar, shuningdek jamiyat a'zolarining ongini tarbiyalashdan iboratdir. Ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa-bolaning ijtimoiylashuvi jarayonidir. Ijtimoiy pedagogika-bu shaxslarning ijtimoiylashuvi qamda ularga ijtimoiy ta'lim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini o`rganuvchi pedagogika fani tarmoqidir. Shaxsning ijtimoiylashuvi esa - bu ma'lum jamiyatga mos bilimlar, qadriyatlar, me'yorlar, hatti-harakatlar tizimidan iborat ijtimoiy hayotga kirisha borish jarayonidir. Download 130 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling