Ro’yxatga olindi
Download 45.5 Kb.
|
namunaviy dastur-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matematik fizika usullari fanidan DASTUR
- Toshkent - 2006 3. Matematik fizika usullari fanidan namunaviy o’quv dastur 3.1. Kirish.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi “Ro’yxatga olindi” “Tasdiqlandi” № 5460100-3.11 O’zRO O’MT № 186 . “22” avgust 2006 y “20” avgust 2006 y Matematik fizika usullari fanidan DASTUR 400 000 – Fan bilim sohasi 5460100 – Matematika, 5440100 – Fizika, 5440200 – Mexanika, 5440300 – Astronomiya, 5460200 –Statistika, 5480100 – Amaliy matematika va informatika, 5521200 – Informatika va axborot texnologiyalari, 5440900 – Radiaktiv preparatlar, 5523100 – Lazer texnikasi va lazer texnologiyalari bakalavr yo’nalishlari uchun Toshkent - 2006 3. Matematik fizika usullari fanidan namunaviy o’quv dastur 3.1. Kirish. Matematik fizika fani fizik jarayonlarni tadqiq etishning matematik modellarini qurish va shu jarayonni matemati model yechimi orqali bir qiymatli aniqlash masalalari bilan shug’ullanadi. Ushbu fan differensial tenglamalar kursining uzviy davomi bo’lib, uning asosiy ob’ekti xususiy hosilali differensial tenglamalr hisoblanadi. Matamatik fizikaning asosiy maqsadi turli fizik jarayonlarni o’rganishni matematik masalalrga keltrish va ular orqali qaralayotgan jarayonni tavsiflashdan iboratdir. Bunday jarayonlarga gidrodinamika masalalari, kvant mexanikasi, elektrodinamika, astrofizik jarayonlar, elastriklik nazariyasi kabi sohalarning muhim masalalari taaluqlidir. Bu sohadagi masalalrni tadqiq etishning matematik usullari qaralayotgan jarayon bilan uzviy bog’liq. Jumladan kuzatilayotgan jarayonning boshlang’ich va oxirgi holatlari bir –biridan tubdan farq qilib, ularni o’rganish turli matematik usullarni tatbiq etishni talab qiladi. Aytish joizki hozirgi vaqtda Yer osti boyliklari, neft va gaz qazilmalari, turli qatlamlarni tdqiq etish, astranomik jarayonlarni tadqiq etish ushbu fan usullariga tayaniladi. Ushbu majmuada zamonaviy matematik fizikaning asosiy ob’ekti hisoblangan ko’p o’zgaruvchili funksiyalarga nisbatan xususiy hosilali differensial tenglamalar, ularning klassifikatsiyasi, kanonik shakllari, turli fizik jarayonlar: to’lqin, isssiqlik, diffuziya, nurlanish, energiya oqimi, statsionar jarayonlar tenglamalari, chegaraviy va boshlang’ich masalalarning qo’yilishi va ularning fizik mohiyati, ularda yechimning mavjudlik, yagonalik va turg’unlik masalalrini hal qilish usullari bayon qilinadi. Keltirilgan usullar amaliy misollarni namunaviy yechish orqali mustahkamlangan. Download 45.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling