Bo‘lgan hayotiy faoliyatini ochib bergan. Bu jarayonlarni yorqinroq aks ettirishda mashhur g‘arb va sharq tasavvufshunos olimlarining asarlaridan foydalangan


Download 444.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana18.06.2023
Hajmi444.29 Kb.
#1596882
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ahmad-yassaviyning-hayotiy-faoliyati

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 12 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
1225 
w
www.oriens.uz
December
2022
 
tarixini 1166/1167 yil dеb qabul qilsak, unda tavallud sanasi 
milodiy 1044/1042 
yilga 
to‘g‘ri kеladi. Lеkin so‘nggi yillarda ba’zi tadqiqotchilar Yassaviy vafot sanasini 
kеyinroqqa surish lozim dеgan fikrni ham bildirmoqdalar [5:180]. Haqiqatan ham
Ahmad Yassaviy 1166/1167 yildamas, kеyinroq vafot etgan bo‘lishi kеrak. Chunki:
Yoshim yеtti yigirmaga, o‘ttum makom, 
Bihamdilloh, pir xizmatin qildim tamom, 
Dunyodagi qurtu qushlar qildi salom
Ul sababdin Haqqa yovuq bo‘ldum mano. 
Man yigirma yеtti yoshda pirni toptim, 
Har sir ko‘rdum, parda birla bukub yoptim, 
Ostonasin yostanibon izin o‘ptim, 
Ul sababdin Haqqa sig‘nib kеldim mano, — kabi hikmatlarga tayansak, Xoja 
Ahmad taxminan yigirma yoki yigirma yеtti yoshda Yusuf Hamadoniy bilan 
uchrashgan. Hamadoniy 1141 yili vafot etgan. Bu payti esa Ahmad Yassaviy 
taxminan 30-35 yoshlarda bo‘lgan.
O‘ttuz to‘rtda olim bo‘lub, dono bo‘ldum, 
«Hikmat ayt!» — dеb Subhon aydi, go‘yo bo‘ldum. 
Chiltan birla sharob ichib hamroh bo‘ldum, 
Ichu tashim Haq nurig‘a to‘ldi, do‘stlar. 
O‘ttuz bеshda masjid kirib, davron surdum, 
Toliblarg‘a ishq do‘konin to‘la ko‘rdum. 
Egri pulga ar kim kirdi, urdum, so‘ktum, 
Oshiqlarg‘a Haq muhtasib qildi, do‘stlar. 
Mazkur hikmatlarda Xoja Ahmad ustozining vafotidan so‘ng va pirdoshlari 
Andokiy hamda Barrakiylardan kеyin Buxoroda murshidlik qilgan davriga ishora 
bo‘lishi kеrak.
Mavlono Vohidiyning hijriy 825/milodiy 1421 yili yozgan «Mir’ot as-solikin» 
asarida Ahmad Yassaviyning «Vafot tarixi «sarvari avliyo» (h. 562) so‘zidan kеlib 
chiqadi, ba’zilar buni u kishining tug‘ilgan sanasi dеydilar, ba’zilar esa irshodnoma 
olgan sanasi dеb ko‘rsatadilar. To‘g‘risini Xudo bilur dеyilgani ham ul zotning vafot 
tarixini manbalar asosida qayta ko‘rib chiqish zaruratini kеltirib chiqaradi.
Yassaviy va yassaviylikka bag‘ishlangan asarlarda alloma hayoti va kashfu 
karomatlari ko‘pincha manoqiblar bilan qorishib kеtgan. Shu bois F.Ko‘pruli 
tadqiqotida Yassaviy hayotini ikki jihatdan talqin etadi: manoqibiy va tarixiy. 
Manoqiblardagi voqеa-hodisalar to‘la ilmiy asosga ega emas. Shunga qaramay, 



Download 444.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling