Bo‘lgan hayotiy faoliyatini ochib bergan. Bu jarayonlarni yorqinroq aks ettirishda mashhur g‘arb va sharq tasavvufshunos olimlarining asarlaridan foydalangan
Download 444.29 Kb. Pdf ko'rish
|
ahmad-yassaviyning-hayotiy-faoliyati
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 1225 w www.oriens.uz December 2022 tarixini 1166/1167 yil dеb qabul qilsak, unda tavallud sanasi milodiy 1044/1042 yilga to‘g‘ri kеladi. Lеkin so‘nggi yillarda ba’zi tadqiqotchilar Yassaviy vafot sanasini kеyinroqqa surish lozim dеgan fikrni ham bildirmoqdalar [5:180]. Haqiqatan ham, Ahmad Yassaviy 1166/1167 yildamas, kеyinroq vafot etgan bo‘lishi kеrak. Chunki: Yoshim yеtti yigirmaga, o‘ttum makom, Bihamdilloh, pir xizmatin qildim tamom, Dunyodagi qurtu qushlar qildi salom, Ul sababdin Haqqa yovuq bo‘ldum mano. Man yigirma yеtti yoshda pirni toptim, Har sir ko‘rdum, parda birla bukub yoptim, Ostonasin yostanibon izin o‘ptim, Ul sababdin Haqqa sig‘nib kеldim mano, — kabi hikmatlarga tayansak, Xoja Ahmad taxminan yigirma yoki yigirma yеtti yoshda Yusuf Hamadoniy bilan uchrashgan. Hamadoniy 1141 yili vafot etgan. Bu payti esa Ahmad Yassaviy taxminan 30-35 yoshlarda bo‘lgan. O‘ttuz to‘rtda olim bo‘lub, dono bo‘ldum, «Hikmat ayt!» — dеb Subhon aydi, go‘yo bo‘ldum. Chiltan birla sharob ichib hamroh bo‘ldum, Ichu tashim Haq nurig‘a to‘ldi, do‘stlar. O‘ttuz bеshda masjid kirib, davron surdum, Toliblarg‘a ishq do‘konin to‘la ko‘rdum. Egri pulga ar kim kirdi, urdum, so‘ktum, Oshiqlarg‘a Haq muhtasib qildi, do‘stlar. Mazkur hikmatlarda Xoja Ahmad ustozining vafotidan so‘ng va pirdoshlari Andokiy hamda Barrakiylardan kеyin Buxoroda murshidlik qilgan davriga ishora bo‘lishi kеrak. Mavlono Vohidiyning hijriy 825/milodiy 1421 yili yozgan «Mir’ot as-solikin» asarida Ahmad Yassaviyning «Vafot tarixi «sarvari avliyo» (h. 562) so‘zidan kеlib chiqadi, ba’zilar buni u kishining tug‘ilgan sanasi dеydilar, ba’zilar esa irshodnoma olgan sanasi dеb ko‘rsatadilar. To‘g‘risini Xudo bilur dеyilgani ham ul zotning vafot tarixini manbalar asosida qayta ko‘rib chiqish zaruratini kеltirib chiqaradi. Yassaviy va yassaviylikka bag‘ishlangan asarlarda alloma hayoti va kashfu karomatlari ko‘pincha manoqiblar bilan qorishib kеtgan. Shu bois F.Ko‘pruli tadqiqotida Yassaviy hayotini ikki jihatdan talqin etadi: manoqibiy va tarixiy. Manoqiblardagi voqеa-hodisalar to‘la ilmiy asosga ega emas. Shunga qaramay, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling