Boʻlib, aholisi boʻyicha Markaziy Osiyodagi


Download 0.82 Mb.
bet11/18
Sana19.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1214151
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Toshkent

Yakkasaroy tumani


Yakkasaroy tumani — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1936-yil Frunze tumani nomi bilan tashkil qilingan. 1992-yil maydan Toshkent deb ataldi. Tuman Toshkentning janubiy va qisman markaziy kismida joylashgan. Shimolida Oʻzbekiston koʻchasidan janubida Urta Osiyo temir yoʻl liniyasigacha choʻzilgan. Maydoni 1,39 ming ga, shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan hududi 0,144 ming ga. Aholisi 112,3 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 156. Asosiy magistrallari: Bobur, Usmon Nosir, Nukus, Uzbekistan, Shota Rustaveli, Afrosiyob koʻchalari. 17 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 24 sanoat korxonasi va 32 qurilish tashkiloti joylashgan. 3 avtotransport korxonasi, yuk ortishtushirish temir yoʻl styasi, avtovokzal ishlab turibdi. Yirik sanoat korxonalaridan „Toshtoʻqimachi“ kombinati, „Toshkent yogʻochni qayta ishlash zavodi“, Temirbeton mahsulotlari zavodi, „Agama“ korxonasi, poyabzal, Sanoatindustriya birlashmalari va boshqa faoliyat koʻrsatadi. 26 ilmiy tadqiqot instituta, loyihalash tashkilotlari va konstruktorlik byurosi, 4 oliy oʻkuv yurti (Nizomiy nomidagi Pedagogika universiteti, Toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Mannon Uygʻur nomidagi Sanʼat instituti, Toshkent Xoreografiya oliy maktabi), 6 ta kasbhunar kolleji va litseylar, 19 umumiy taʼlim, 2 sport, 2 musiqa maktablari, 8 kutubxona mavjud. Tuman aholisi salomatligi muhofazasini 14 davolash muassasasi va 5 ta oilaviy shifoxona taʼminlaydi. „Toʻqimachi“ stadioni, 4 suzish havzasi, 29 sport zali, 89 korxona va muassasalarga qarashli sport maydonchalari, 2 megʻmonxona, 1 kinoteatr, 9 kutubxona, Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogi, Respublika Baynalminal madaniyat markazi, qoʻgʻirchoq teatri, Amaliy sanʼat muzeyi, Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasining koʻrgazmalar zali mavjud. Aholiga 97 oziq-ovqat, 60 sanoat mollari doʻkoni, 188 umumiy ovqatlanish korxonasi, 129 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, „Askiya“ dehqon bozori xizmat koʻrsatadi.
Tumandagi koʻp qavatli binolar asosan, „Boshliq“, „Qushbegi“ turar joy massivlari va yirik magisgrallar boʻylab joylashgan.


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling