Boʻlib, aholisi boʻyicha Markaziy Osiyodagi


Download 0.82 Mb.
bet18/18
Sana19.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1214151
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Toshkent

Transporti



Toshkent metropoliteni yoʻnalishlar sxemasi
Toshkent Oʻrta Osiyodagi eng yirik transport chorrahasi, aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Shaharda temir yoʻl vokzali, 2 aeroport, avtovokzal, 5 avtostansiya ishlaydi. Toshkent shimoliy vokzali yerdan Toshkent — Orenburg — Moskva, Toshkent — Turkmanboshi, Toshkent — Namangan — Andijon va boshqa temir yoʻl oʻtgan. Toshkent — Yangiyoʻl, Toshkent — Xoʻjand, Toshkent — Samarkand, Toshkent — Guliston yoʻnalishida elektr poyezdlari qatnaydi. Toshkentdan MDH dan tashqari London, Frankfurt Mayn, TelAviv, Jidda, Dehli, Karachi, Istanbul, Bangkok, Pekin, NyuYork, Amsterdam, Sharja (BAA), KualaLumpur, Tehron shaharlariga muntazam havo yoʻllari, Halab, Tokio, Seul, Osiyo va Yevropaning koʻpgina shaharlariga charter yoʻlovchilar tashuvchi reyslar oʻtgan.
Shahardan bir necha muhim avtomobil yoʻli boshlanadi, ularning eng yirigi — Katta Oʻzbekiston traktoʻ. Toshkent halqa avtomobil yoʻli mavjud. Shahar yoʻlovchilar ichki qatnovi metropoliten, trolleybus, avtobus, tramvay, taksi orqali amalga oshiriladi.

Maorifi va madaniyati


2003/04 oʻquv yilida Toshkentda 362 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 378,9 ming oʻquvchi, 11 gimnaziyada 17,1 ming oʻquvchi, 23 akademik litseyda 9,3 ming oʻquvchi, 30 musiqa va 25 sport maktabida 19,2 ming oʻquvchi taʼlim oldi. Toshkentda 30 oliy oʻquv yurti (jumladan, Oʻzbekiston milliy universiteti, I va II Toshkent Tibbiyot institutlari, Pedagogika universiteti, Iqtisodiyot universiteti, Islom universiteti, Texnika universiteti va boshqalar) boʻlib, ularda 107,8 ming talaba taʼlim oldi (2004). Toshkentda 1998 — 2003-yillarda 47 kasbhunar kolleji va akademik litseylari binolari ishga tushirildi. Ular zamonaviy dastgoh va texnika bilan jihozlandi. Shaharda 31 kasbhunar kollejida 29,1 ming oʻquvchi oʻqiydi.
Toshkentda 16 muzey (Oʻzbekiston davlat sanʼat, Adabiyot, Oʻzbekiston kino sanʼati, Oʻzbekiston sogliqni saqlash, Antiqa va zargarlik buyumlari va boshqa muzeylar) boʻlib, ularda 800 mingga yaqin eksponat qoʻyilgan, 166 jamoat kutubxonasi (13,8 mln. nusxa asar), 9 madaniyat saroyi, 65 madaniyat uyi bor.
Toshkentda 13 teatr (Oʻzbek milliy teatri, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek davlat akademik opera va balet katta teatri, Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat musiqali teatri, Abror Hidoyatov nomidagi yoshlar teatri, Yoʻldosh Oxunboboyev nomidagi Oʻzbek davlat respublika yosh tomoshabinlar teatri, Toshkent davlat rus akademik drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri, Rus davlat respublika yosh tomoshabinlar teatri, operetta teatri va boshqalar) mavjud.
Toshkent sirkida 1940-yildan boshlab mashhur oʻzbek dorbozlari- Toshkanboyevlar sulolasi faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Toshkentda 16 madaniyat va istirohat bogʻi bor. Shulardan biri markaziy, 5 tasi bolalar bogʻi (shulardan biri shahar bogʻi), 10 tasi madaniyat va istirohat bogʻi. Ayniqsa, Alisher Navoiy nomidagi milliy bogʻ, Gʻafur Gʻulom, Furqat, Bobur nomidagi, „Bogʻi eram“, „Akvapark“ bogʻlari mashhur. Undan tashqari dendrapark, botanika bogʻi, hayvonot bogʻi, Gagarin bosh faoliyat koʻrsatadi. Amir Temur xiyoboni va boshqa bor. Toshkentdagi ziyoratgoh joylardan Shayx Zayniddin, Choʻponota, Kaffol Shoshiy, Xoʻja Alambardor maqbaralari mavjud.
Toshkentda 18,6 ming oʻrinli (10 ming kishiga 86,8 oʻrin) 99 kasalxona muassasasida 16,5 ming vrach, 25,2 ming oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. Shaharda 115 poliklinika, 594 dorixona faoliyat koʻrsatadi. Respublika ahamiyatidagi shoshilinch tibbiy yordam, urologiya, koʻz mikroxirurgiyasi, kardiologiya, jarroxlik, onkologiya markazlari Toshkentda joylashgan.
Toshkentda 5 sanatoriy, 19 ta sanatoriy-profilaktoriy, dam olish uyi bor, shulardan, Chinobod sanatoriysi, Tibbiy tiklanish va fizioterapiya ilmiy tadqiqot instituti qoshidagi davolash klinikasi va bolalar statsionari va boshqa faoliyat koʻrsatadi. Toshkent yaqinida Toshkent mineral suvi balneologik kurorti joylashgan.
1994-yilda Toshkentda „Yunusobod“ tennis saroyi qurilib, unda OʻzR Prezidenti sovrini uchun tennis boʻyicha katta xalqaro musobaqalar oʻtkazilmoqda. Shaharda Olimpiada oʻrinbosarlari bilim yurti, „Paxtakor“ sportmashgʻulot birlashmasi, „Qibray“ oʻquvmashgʻulot markazlari, yengil atletika boʻyicha „Yangiobod“ oʻquvmashgʻulot bazasi joylashgan. „Yoshlik“ sport arenasi, „Paxtakor“ markaziy stadioni va boshqa xalqaro sport talablariga javob beradigan sport inshootlardir. Shu bois Toshkentda katta xalqaro sport musobaqalari oʻtkazib turiladi. 1995-yil sentabrda 1Markaziy Osiyo oʻyinlari, 1998-yil noyabda „suv pariyey“ sinxron suzish boʻyicha 1xalqaro turnir, 1999-yil 7-iyunda „Dinamo“ tennis kortida „Tashkent open“ xotinqizlar turniri boʻlib oʻtdi. Oʻzbekistonning „Paxtakor“ futbol jamoasi oʻz stadionida jahon va Osiyoning nufuzli jamoalari bilan uchrashuvlar oʻtkazib kelmoqda. Mashhur oʻzbek kurashi boʻyicha ham Toshkentda xalqaro musobaqalar boʻlib oʻtdi. 2004-yil iyul oyida toshkentlik Rustam Qosimjonovnnng shaxmat boʻyicha jahonning eng kuchli shaxmatchilarini yengib Jahon chempioni unvonini olishi oʻzbek shaxmat sportining buyuk gʻalabasidir. Toshkentda sport mavzusiga bagʻishlangan bir qancha jurnali va gaz.lar chiqadi. Shulardan „Sport“, „Oʻzbekiston futboli“ va boshqalarni aytish mumkin. Oʻzbekistonda sport kadrlarini, asosan, Oʻzbekiston davlat jismonii tarbiya instituti tayyorlaydi. Int qoshida 1993-yildan Oʻzbekiston Olimpiya akademiyasi faoliyat koʻrsatadi.
Toshkentda 19 nomda respublika gazetalari, 2 viloyat gaz. („Toshkent haqiqati“, „Tashkentskaya pravda“), 2 shahar gazeta („Toshkent oqshomi“, „Vecherniy Tashkent“), 44 koʻp tirajli gaz. nashr etiladi. Respublikada nashr etiladigan 67 nomdagi jurnalning 62 tasi Toshkentda chiqadi (qarang Matbuot). Toshkentda 4 ta informatsiya agentligi faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekistondagi nashriyotlarning asosiy qismi Toshkent shahridadir (qarang Noshirlik). Oʻzbekiston radioeshittirishlarida Toshkent radiosi yetakchi oʻrinni egallaydi. Toshkent shahri va viloyat radio tinglovchilari uchun har kuni Toshkent shahar va Toshkent viloyat radioeshittirishi bosh tahririyatida tayyorlangan eshittirishlar beriladi (1971-yildan). Bosh tahririyatda axborot va ijtimoiy siyosiy boʻlimlar bor (qarang Radioeshittirish). Toshkent telestudiyasining Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisi uchun moʻljallangan koʻrsatuvlari bosh tahririyati maxsus koʻrsatuv turkumlarini tayyorlaydi (qarang Televideniye).
Toshkentdagi tarixiy meʼmoriy yodgorliklardan: Koʻkaldosh madrasasi (16-asr), Shayx Zayniddin bobo maqbarasi (13- 14-asrlar), Xoʻja Alambardor maqbarasi (taxminan 10-asr), Abulqosim shayx madrasasi (19-asr), Yunusxon maqbarasi (15-asr oxiri), Shayx Xovandi Tohur maqbarasi (15-asr), Qaldirgʻochbiy maqbarasi (15-asrning 1yarmi) va boshqalar saqlangan.
Adabiyotlar

  • Toshkent [ensiklopediya], T., 1992;

  • Azadayev F., Tashkent vo vtoroy polovine XIXveka, T., 1959;

  • Sokolov Yu. A..Tashkent, tashkentsi i Rossiya, T. 1965;

  • Dobroyemislov A. I., Tashkent v proshlom i nastoyashem. Istoricheskiy ocherk. T., 1912;

  • Bartold V. V., Sochineniya, 3t.; M., 1965;

  • Moʻminova R. G., Filanovich M. I., Tashkent na perekrestke istorii, T., 2001;

  • Oʻrinboyev A., Boʻriyev O., Toshkent Muhammad Solih tavsifida, T., 1983;

  • Beysembiyev T. K., „Taʼrixi Shahruxi“ kak istoricheskiy istochnik, AlmaAta, 1987; Munirov K., Irisov A., Nosirov A., Toshkent tarixida baʼzi siymolar, T., 1983;

  • Sodiqova N. S.,’Buryakov Yu. F., Qadimgi va hozirgi Toshkent, T., 1965;

  • Bulatova V. A., Mankovskaya L., Pamyatniki zodchestva Tashkenta (XIV-XIX), T,, 1983, Muhammadjonov A. R., Qadimgi Toshkent, 2002;

  • Toshkent atlasi, M., 1984.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling