Boʻlib, aholisi boʻyicha Markaziy Osiyodagi


Download 0.82 Mb.
bet17/18
Sana19.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1214151
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Toshkent

Zamonaviy inshoatlar


Ikkinchi jahon urushigacha boʻlgan davrda Toshkentda bir qancha sanoat korxonasi — tikuvchilik, tamaki, poyabzal fabrikalari, toʻqimachilik kombinati, metallsozlik, mashinasozlik zavodlari va boshqa qurildi. Boʻzsuv, Qodiriya, Boʻrijar GESlari bunyod qilindi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Toshkent sanoati butunlay frontga xizmat qildirildi. Sanoat 1943-yilda 1940-yildagiga nisbatan 3 barobar koʻp mahsulot berdi. Urush yillarida nemislar okkupatsiya qilgan viloyatlardan evakuatsiya qilingan 300 ming kishi, shu jumladan, 200 mingga yaqin bola Toshkentga joylashtirildi. 1930—1940-yillarda Toshkentda asosan, qishloq xoʻjaligi.ni texnika bilan taʼminlashga qaratilgan ogʻir sanoat tarmoklari tez surʼatlar bilan rivojlantirildi. Yirik sanoat korxonalari — „Uzbekqishloqmash“, ekskavator zavodi, „Toshtekstilmash“, „Toshpaxtamash“, „Toshkentkabel“, yogʻmoy kombinati, karborund zavodi, mashinasozlik, elektr lampa va elektr mexanika zavodlari, yirik panelli uysozlik kombinati va boshqa kurildi.
1966-yil 26-aprelda Toshkentda yuz bergan zilzila natijasida shahar jiddiy shikastlandi. Zilzila oqibatlari qisqa muddat (3,5 yil)da tugatildi (qarang Toshkent zilzilasi). Shahar qiyofasi butunlay oʻzgardi. Toshkent hududi atrofga bogʻ va ekinzorlar hisobiga tez oʻsdi, koʻplab turar joy massivlari, jamoat binolari, metropoliten qurildi. 1983-yilda shaharning 2000-yillik toʻyi oʻtkazildi.

Mustaqillik davrida


Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Toshkentda Oʻzbekistonning boshqa viloyat va shaharlarida boʻlgani kabi boshqaruvning tarixiymilliy shakli — hokimlik oʻrnatildi. 1991-yil 18-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining „Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti — Toshkent shahri maqomi va davlat hokimiyati organlari toʻgʻrisida“gi qaroriga muvofiq Toshkentda hokim lavozimi joriy etildi. Toshkent shahar hokimi Prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda Xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiklanadi. Shahardagi tumanlarning hokimlari shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi xamda xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiklanadi. Toshkent 2000-yillikdan ortiq tarixga ega. Bu davr ichida u mudofaa devori bilan oʻralgan qalʼadan jahondagi yirik shaharlardan biri, Oʻzbekiston Respublikasining poytaxtigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. Asrlar davomida shahar oʻzining tinch hayotidagi muhim voqealarni va suronli jangu jadallarni,. yuksalish va inqiroz davrlarini boshidan kechirdi. Necha bor shahar vayron boʻlib, qayta qad koʻtardi. Kds. oʻrnidan necha bor siljib, nomi xam bir necha marta oʻzgardi. Xoja Ahror Valiy, Shayx Umar Bogʻistoniy, Abu Bakr Shoshiy, Abu Sulaymon Banokatiy, Hofiz Koʻhakiy kabi butok allomalar shu hudjda yashab, ijod etganlar.
Toshkentning uzoq oʻtmishi va u qad koʻtargan qadimgi Choch yoki Shosh viloyati haqidagi maʼlumotlar yozma manbalarda xilmaxil hamda uzuqyuluq tarzda aks etgan. Zardushtiylarning qadimgi muqaddas kitobi Aeecmona Sirdaryo havzasidagi mamlakat „Turon“, aholisi esa „tur“lar deb yuritilgan. Bu oʻlkada tur qavmlari urugʻ va qabila oqsoqollarining diniy va siyosiy qarorgohi — Qangʻxa (Qangʻa) shahri borligi tilga olinadi.
1991-yil 31-avgustda Toshkentda Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilindi. Hozirgi Toshkent Oʻzbekiston Respublikasining siyosiy markazi hamdir. Bu yerda Oʻzbekiston Prezidentining qarorgohi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, ijtimoiy harakat va partiyalarning va boshqa jamoat tashkilotlarining markazlari, chet el elchixonalari, BMT ga qarashli tashkilotlar vakolatxonalari joylashgan. Toshkent chet ellardagi birodarlashgan shaharlar bilan doʻstona aloqalarni rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshmoqda, Toshkent bir qancha xorijiy shaharlar bilan birodarlashgan.
Toshkentning eng muhim xususiyatlari shahar gerbi (ramzi)da aks etgan. U uzok, tarixga ega. Ilk oʻrta asrlardayoq Toshkentning oʻziga xos ramzi yuzaga kelgan. 8-asrda Choch (Shosh) shahrining nishoni qoplon (togʻ barsi) boʻlgan. Buni 8-asr birinchi yarmida hukmdorlik qilgan Yabgʻu Tarnovcha nomi bilan zarb qilingan tangalarning old tomonida krplon, orqasida esa qangʻarlarning ayri tam/ali va sugʻd yozuvida „Tarnovcha“ deb bitilgan muhri tasvirida koʻrish mumkin. Toshkent hukmdorlari koʻpincha oʻz valiaxdlariga ham togʻning eng kuchli va epchil jonzodiga qiyosan Elbarsxon, Belbarsxon kabi ism qoʻyganlar. Toshkentning Oʻzbekiston mustaqilligi davridagi gerbi 1996-yilda tasdiqlangan, 2003-yilda gerb tasviriga qisman oʻzgartirishlar kiritilgan (519betdagi rayemga q.).
Toshkentda jahon mamlakatlari, BMT tashkilotlari va Markaziy Osiyo davlatlarining turli muhim mavzulardagi seminar, simpozium va qurultoylari oʻtkazib turiladi. 1998-yilda YUNESKO tashkiloti Ijroiya Kengashining 155-sessiyasi, 1999-yil 19-20-iyulda Afgʻoniston muammosini hal etish boʻyicha 6Q2 guruhining BMT homiyligidagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda tarixiy Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. 2000-yil sentabrda YUNESKO xrmiyligida „Dinlararo dialog va dunyo madaniyati“ mavzuidagi xalqaro konfess, 2003-yil 14-mayda „Interkontinental“ mehmonxonasida „Markaziy Osiyo 20asrda: hamkorlik, sheriklik va muloqot“ mavzuida xalqaro konferensiya, 2004-yil iyun oyida Shanxay hamkorligi tashkilotining konferensiyasi oʻtkazildi. Toshkentda mustaqillik sharofatidan kelib chiqib ham iqtisodiyot, ham maʼnaviyat sohasida tub islohotlar qilina boshladi. Iqtisodiyot sohasida bozor munosabatlariga oʻtilishi talablari asosida biznes, ishbilarmonlikni, xorijiy sarmoyalar kiritishni ragʻbatlantirish, yangi bankkredit sistemasini barpo etish, mulkni xususiylashtirishga doir bir qancha amaliy tadbirlar koʻrildi. Shaharda xorijiy mamlakatlar ishbilarmonlari bilan hamkorlikda qoʻshma korxonalar, firmalar ochish rivoj topa boshladi.
Shahar qiyofasiga sharqona tus berilishiga ahamiyat berildi. 1991-yil 1-sentabrda Toshkentdagi Markaziy maydonni Mustaqillik maydoni deb atash haqida Oʻzbekiston Prezidenti farmoni eʼlon qilindi. Koʻchalar, maydonlar, tashkilotlar, tumanlar qayta nomlana boshladi. Shahar markazidagi eng katta xiyobon Amir Temur nomi bilan atalib, Sohibqironga haykal oʻrnatildi va temuriylar davri tarixi davlat muzeyi qurildi. Shaharning olimlar yashaydigan dahasidagi maydonlardan biriga Mirzo Ulugʻbekka haykal qoʻyildi va hokazo.
Toshkentni obodonlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Shaharga kerak boʻlmagan, uning tabiiy muhitini buzadigan korxonalar, tashkilotlar yopildi yoki shahardan tashqariga koʻchirildi. Toshkentning Eski shagʻar qismida joyning oʻziga xos xususiyatlarini eʼtiborga olib, asosan, 1995-yildan butun infrastrukturani kompleks rivojlantirishga kirishildi. Mahallalararo aloqalarni saqlab qolib, shaharning tarixan tarkib topgan qismini tubdan taʼmirlash va obodonlashtirish yoʻlida katta ishlar kilindi. Jumladan, Eski shaharning Krrasaroy, Sagʻbon, Bobojonov, Forobiy koʻchalari kengaytirilib, kayta ochildi. Bu koʻchalarda transport qatnovi yaxshilandi. Fargʻona yoʻli, shuningdek, Toshkentni Qozogʻiston bilan bogʻlovchi Keles koʻprigi va boshqa qayta qurildi. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Islom universiteti, „Turkiston“ saroyi, Respublika Birja markazi, „Tata“ („Quality“) mehmonxonasi, „Toshkentlend“ istirohat bogʻi va boshqa inshootlar foydalanishga topshirildi. „Olay“, „Eski joʻva“, „Farhod“, „Beshyogʻoch“, „Mirobod“, „Asaka“, „Otchopar“, „Parkent“, „Koʻkcha“ bozorlari deyarli qayta qurildi. Toshkent metrosining Yunusobod yoʻnalishi ishga tushirildi. Toshkentdagi bir qancha xashamatli binolar, Oʻzbekiston milliy bogʻi, Yapon bogʻi, Gʻafur Gʻulom nomidagi bogʻ, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Xalqaro biznes markazi, Temuriylar tarixi Davlat muzeyi, „Interkontinental Toshkent“, „Le Meridian otel Tashkent Palace“, „RadissonSAS Tashkent“ mehmonxonalari, „Yunusobod“, „JAR“, „Golfklub“ sport majmualari, eng yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan Oʻzbekiston milliy banki sport majmuasi, shaharning bir qancha joylarida qurilgan koʻpriklar va kichik halqa yoʻli, „Shahidlar xotirasi“ majmui, „Xotira“ maydoni, Oʻzbekiston tasviriy sanʼati galereyasi va boshqa Oʻzbekiston poytaxtining taraqqiy qilish bosh rejasining eng koʻzga koʻringan bosqichlari xolos. Bu oʻzgarish va qurilishlarning muallifi va tashabbuskori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovdir.
Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida „Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini qoʻllabquvvatlash haqida“gi farmoni (1998) va qonuni (1999), „Obod mahalla yili“ dasturi (2003) asosida T. mahallalari oʻz huquqiy maqomiga ega boʻldi. Ularning faoliyat doirasi kengaydi. Mahallalar yuridik shaxs sifatida oʻz mulkiga, moliyaviy byudjetiga bankdagi hisob raqami — jamgʻarmasiga ega boʻldi, rahbariyat (rais, kotib)ning nufuzi ortdi, vazifalari aniq belgilandi. Mahallalar oʻz hududlarida savdo va maishiy xizmatni, sanitariya va ekologik holatlarni yaxshilash, toʻlovlar sistemasida ishtirok etib, mahalla va aholi ahvolini yaxshilashga koʻmaklashish kabilarda faol qatnashish imkoniga ega boʻldilar.
Shaharda 493 fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organi — fuqarolar yigʻini (mahalla qoʻmitasi) ishlaydi (yana qarang Mahama).
Toshkent — Respublikaning eng yirik sanoat markazi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan mahsulotning 30 % ga yaqini poytaxt hissasiga toʻgʻri keladi. Shahar sanoatida 14 tarmoqqa mansub 300 dan ziyod asosiy korxonalar ishlab turibdi. Sanoat ishlab chiqarish. tarkibida elektr energetikasi, mashinasozlik va samolyotsozlik, metallga ishlov berish, binokorlik materiallari, yengil va oziqovqat sanoati kabi tarmoklar salmoqdi oʻrinni egallaydi. T. toʻqimachilik kombinatida ip gazlama mahsulotining asosiy qismi ishlab chiqariladi. Aviatsiya ishlab chiqarish. birlashmasi, Toshkent traktor zavodi, „Algoritm“, „Zenit“ ishlab chiqarish birlashmalari, elektronika zavodi, „Tong“, „Malika“, „Yulduz“ tikuvchilik fabrikalari, binokorlik korxonalarining keng tarmogʻi ishlab turibdi. Bu korxonalar oʻz mahsuloti bilan tashki dunyoga chiqmoqda. Aviatsiya ishlab chiqarish. birlashmasining jahon andozalariga javob beradigan „Il76“, „Il114“ samolyotlari ishlab chiqarilmoqda.
Toshkent korxonalari Germaniya, Syangan, Vengriyaga mis simi, bir qancha mamlakatlarga paxta terish mashinalari, Belgiya, Shveysariya, Fransiya, Germaniya, AQSH, Serbiya va Chernogoriyaga paxta tolasi va boshqa mahsulotlarni eksport qiladi. Toshkentda 80 dan ziyod xorijiy mamlakat firma va kompaniyalari bilan birgalikda tashkil etilgan 1423 qoʻshma korxona va firmalar faoliyat koʻrsatmoqda (2004). Jumladan, Turkiyaning „Shayxontohur tekstil“, „Sagʻbontekstil“, Janubiy Koreyaning „UZOmegaTex“, Germaniya va Shveysariyaning „Xobas tapo“, AQShning „Bezak“ qoʻshma korxonalari Toshkent iqtisodiyotini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshmoqsa. 2003-yil nodavlat sektorida sanoat mahsulotlarining hajmi 88,6 % ga yetdi.


















Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling