Boʻlib, aholisi boʻyicha Markaziy Osiyodagi


Download 0.82 Mb.
bet14/18
Sana19.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1214151
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Toshkent

Yil

Soni

2018

2 497 900




2019

2 522 800






Yil

Soni

2020

2 571 668





Toshkentning bozor koʻchalaridagi non sotuvchi.
1983-yilda Toshkent shahri aholisi maydoni 256 km2 boʻlgan munitsipalitetda yashovchi 1 902 000 kishini tashkil etar edi. 1991-yilga kelib, Sovet Ittifoqi tarqatilib yuborilgandan soʻng, Toshkentning doimiy aholisi soni 2 136 600 kishini tashkil etdi. Shu yili aholi soni boʻyicha ushbu shahar Sobiq Ittifoq davlatlari orasida toʻrtinchi oʻrinda turgan (Moskva, Kiyev va Sankt-Peterburg shaharlaridan keyin). Hozirga kelib, Toshkent MDH va Boltiqboʻyi mamlakatlarida aholi soni boʻyicha toʻrtinchi oʻrinni egallab turmoqda. 2021-yilga koʻra, Toshkent shahri aholisi 2.7 millionga yaqin kishini tashkil etmoqda.




Aholining oʻsishi

Yil

Aholi

±% y.oʻ.s.

1897

155 673



1950

755 000

+3.02%

1959

911 930

+2.12%

1960

964 000

+5.71%

1970

1 384 509

+3.69%

1979

1 780 002

+2.83%

1980

1 818 000

+2.13%

1983

1 902 000

+1.52%

1989

2 072 459

+1.44%

1990

2 100 000

+1.33%

1991

2 130 200

+1.44%

1995

2 097 400

−0.39%

2000

2 142 300

+0.42%

2001

2 137 900

−0.21%

2002

2 136 600

−0.06%

2003

2 139 200

+0.12%

2004

2 135 400

−0.18%



Yil

Aholi

±% y.oʻ.s.

2005

2 135 700

+0.01%

2006

2 140 600

+0.23%

2007

2 157 100

+0.77%

2008

2 180 000

+1.06%

2009

2 206 300

+1.21%

2010

2 234 300

+1.27%

2011

2 296 500

+2.78%

2012

2 309 300

+0.56%

2013

2 340 900

+1.37%

2014

2 352 900

+0.51%

2015

2 371 300

+0.78%

2016

2 393 200

+0.92%

2017

2 424 100

+1.29%

2018

2 464 900

+1.68%

2019

2 509 900

+1.83%

2020

2 571 700

+2.46%

2021

2 694 400

+4.77%







Tarixiy va arxitektura yodgorliklari




Toshkent teleminorasidan olingan panorama.

Madrasalar


Mustaqillik yillarida Toshkentdagi islom madaniyati obidalarining aksariyati, jumladan, Koʻkaldosh, Abulqosim, ayniqsa, Hazrati Imom mavzeida joylashgan Moʻyi Muborak, Baroqxon madrasalari qayta taʼmirlanib, ilgarigiday mahobatli manzara kashf etdi. Ular bir paytlar minglab talabalarni oʻz bagʻriga olgan gavjum goʻshalar boʻlib, rus istilosi davrida bir muddat kimsasiz, xarobaga ham aylantirildi.
XIX asrda Toshkentda taʼlim-tarbiya sohasi Toshkent-Buxoro, Toshkent-Qoʻqon madaniy-maʼnaviy aloqalar tizimida rivojlanib borgan. Bu jarayonda Toshkent madrasalari va mudarrislarining oʻrni katta boʻlgani tabiiy.
Turkiston general-gubernatorligi Maorif boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 1890—1893-yillarda gubernatorlikda jami 214ta madrasa boʻlib, shundan 21tasi Toshkentda joylashgan edi. Chorizm istilosining dastlabki yillarida madrasalarda taʼlim va oʻqitish ishlari anʼanaviy qoidalar asosida olib borilgan boʻlsa, keyinchalik ularning faoliyatini nazorat qilish va oʻquv ishlarini tartibga solishni oʻlka maorif boshqarmasi oʻz qoʻliga olgan. Bu paytda Toshkent madrasalaridan Abulqosimxon madrasasida 120, Xoja Ahror madrasasida 80, Beklarbegi madrasasida 150, Koʻkaldosh madrasasida 80, Sharifboy madrasasida 20, Shukurxon madrasasida 20 nafar talaba oʻqigan. Lekin oldingidek, aksariyat talabalar Toshkent madrasalari bilan qanoatlanmay, Buxoro, Samarqand, Qoʻqon madrasalarida bilimlarini oshirib qaytganlar.
Toshkent madrasalari toʻgʻrisidagi arxiv manbalari, oʻsha davr matbuoti yoki ana shu yillarda Toshkentda boʻlgan rus oʻlkashunoslarining maʼlumotlari, ayniqsa, madrasalar soni borasida har xil xabarlar beradi. Xususan, 1865—1868-yillari Toshkentda boʻlgan A.Xoroshxin „Ocherki Tashkenta“ nomli kundaligidagi maʼlumotda ayrim madrasalarning nomini, vaqf mulklarini keltirib oʻtgan boʻlsa, N. Maev 1876-yili Toshkentda jami 11 ta madrasa mavjudligini taʼkidlaydi. „Turkistanskie vedomosti“ gazetasining 1876-yilgi 48-sonida bosilgan rasmiy maʼlumotda esa 13 ta madrasa tilga olingan.
Biroq XIX asrda Toshkentda yashab ijod etgan muarrix Muhammad Solihxoja esa oʻzining „Tarixi jadidayi Toshkand“ asarida Toshkentdagi 20 ta madrasa toʻgʻrisida birmuncha batafsil maʼlumot berib oʻtgan.
Ular orasida eng qadimiysi — Xoja Ahror jome masjidining shimolida pishiq gʻisht va yoʻnilgan toshdan qurilgan Xoja Ahror madrasasi boʻlib, u yigirmata hujra, bitta darsxona va masjidni oʻz ichiga olgan. U erda Toshkent va boshqa hududlardan tahsil talabida kelgan saksondan ziyod talabalar oʻqishgan.
Shayxontohur dahasidagi madrasalardan yana biri Koʻkaldoshdir. Muhammad Solihxojaning yozishicha, bu madrasa Baroqxonning oʻgʻli Darvishxon tomonidan bunyod etilgan. 1735-yil Ufada boʻlgan toshkentlik savdogar N. Alimov maʼlumotlariga koʻra, XVIII asr oxiriga kelib, madrasa karvonsaroyga aylantirilgan. Toshkent tarixi tadqiqotchilaridan A. Dobrosmislov Koʻkaldosh madrasasi dastlab uch qavatli, oʻttiz sakkizta hujrali boʻlganini taʼkidlaydi. Keyinchalik madrasaning faqat bir qavati saqlanib qolgan. Muhammad Solihxoja Koʻkaldosh madrasasi 1868 va 1886-yillarda Toshkentda yuz bergan zilzilalardan qattiq zarar koʻrganini yozadi.
Shuningdek, XIX asrning 30-yillarida Muhammad Alixon buyrugʻi bilan bunyod etilgan Azimota madrasasi ham Chorsu yaqinida boʻlgan. Lekin bu madrasa haqida maʼlumotlar juda kam.
„Tarixi jadidayi Toshkand“ asarida batafsil tavsiflangan va eng koʻp tilga olingan madrasa Eshonquli dodxoh madrasasidir. Bu madrasa 1256 (1838) yili Toshkent hokimi Lashkar Beklarkegining oʻgʻli Eshonquli dodxoh tomonidan qurdirilgan boʻlib, Yunusxon madrasasining janubi-sharqida joylashgan va katta koʻchaga tutash boʻlgan. U erda 1920-yil Vaqf shoʻʼbasi qaramogʻidagi madrasada Murodxoʻja Solihxoʻja oʻgʻli isloh qilingan diniy va dunyoviy darslar tashkil etadi. Xarobaga aylangan Eshonquli dodxoh madrasasining oxirgi qoldiqlari 1964-yilda surib, tekislab tashlangan.
Muhammad Solihxoja 1274 (1857) yili Toshkent hokimi Ahmad qushbegi (1856—1857) tomonidan Qaffol Shoshiy maqbarasi janubida Moʻyi Muborak madrasasi qurilganini yozadi. Tarixchi oʻsha davrlarda madrasa oʻrnini aholi Xoja Ahror tugʻilgan joy deb tushungani bois „Xoja Ahror maydoni“ deb ataganini taʼkidlaydi. Asarda keltirilishicha, madrasaning alohida bir gumbazi boʻlib, unda Paygʻambarimiz (alayhissalom)ning soch tolalari — moʻyi muborak saqlangan.
Yuqorida tilga olinganlardan Koʻkaldosh madrasasi bugungi kunda ham oʻz faoliyatini davom ettirib, koʻplab talabalar taʼlim oladigan dargoh sifatida ishlab turibdi. Qolganlari esa, yurtimizning yorqin maʼnaviy qiyofasini oʻzida aks ettiruvchi muborak tarixiy obidalar qatorida munosib oʻrin egallab kelmoqda.

Koʻkaldosh madrasasi

Kaffol-Shoshi maqbarasi

  • Koʻkаldоsh mаdrаsаsi (XIV аsr)

  • Kаffоl-Shоshi mаqbаrаsi (XV аsr)

  • Hаzrаti Imоm аrхitеkturа аnsаmbli (XVI аsr)

  • Аbul Qоsim mаdrаsаsi (XIX аsr)

  • Bаrаkхоn mаdrаsаsi (XVI аsr)

  • Jumа mаsjidi (XIX аsr)

  • Аmir Tеmur muzеyi

  • Аmir Tеmur xiyoboni

  • Mustаqillik mаydоni

  • Istiqlol mаydоni

  • Jаsоrаt mоnumеnti

  • Hаsti Imоm mаydоni

  • Tillа Shаyх mаsjidi

  • Xаdrа mаydоni

  • Toʻle bi maqbarasi

  • Soʻfi Оtа mаqbаrаsi

  • Toshkent teleminorasi

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling