Boʻlib, aholisi boʻyicha Markaziy Osiyodagi


Download 0.82 Mb.
bet15/18
Sana19.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1214151
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Toshkent

Tarixi


Toshkent 1917

1860-yil



1913-yil



1940-yil



1965-yil



1967-yil. Toshkent zilzilasi (1966)



1981-yil



2000-yil

Sovet davridagi Toshkent


Toshkent mahallalari haqida aniqroq yozma maʼlumotlar dahalardagi qozilik daftarlarida, 19-asrning 2yarmida esa ruscha nashrlarda qayd etilgan. Shunga koʻra, 1865-yil Toshkentda 140 ta mahalla boʻlgan, aholisi 76 ming kishi. Turkiston oʻlkasi statistikasi yilnomasida (1876) Toshkentda 149 ta mahalla (Shayxontohur dahasida 48 ta, Sebzor dahasida 38 ta, Koʻkcha dahasida 31 ta, Beshyogʻoch dahasida 32 ta) boʻlganligi taʼkidlangan. N. G. Mallitskiy 1927-yil nashr etgan roʻyxatda esa Toshkentda 280 ta mahalla va shahar aholisiga tegishli 171 ta mavze nomi bor (qarang plansxema). Mavzelar, odatda, shaharliklarning shahar tashqarisida joylashgan ekinzorlari va bogʻlaridan iborat boʻlgan; shoʻrolar davrida mavzelar davlat tomonidan musodara qilinib jamoa xoʻjaligiga aylantirilgan.

Poytaxtga aylanishi


1925-yil 17-fevralda Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan Butuno‘zbek Sovetlarining birinchi taʼsis qurultoyida „O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining tashkil topishi to‘g‘risida Deklaratsiya“ qabul qilingan. Respublikaning birinchi poytaxti etib Buxoro shahri tanlangan.
2012-yilda „O‘zbekiston“ nashriyoti tomonidan chop etilgan „O‘zbekiston tarixining muhim sanalari“ nomli kitobdagi maʼlumotlarga koʻra, 1925-yil aprel oyida mamlakat poytaxti Buxoro shahridan Samarqand shahriga ko‘chirilgan. 1930-yilda esa poytaxt Toshkent shahriga koʻchiriladi va 1991-yil 31-avgustga qadar O‘zSSRning, undan soʻng esa O‘zbekiston Respublikasining bosh shahri bo‘lib kelmoqda.
O‘zbekiston poytaxtini Samarqanddan Toshkentga ko‘chirish to‘g‘risidagi telegram’dagi „Old Tashkent“ kanalida eʼlon qilingan tarixiy hujjatda yozilishicha, „O‘zbekiston Ijtimoiy Sho‘ro Jumhuriyati Sho‘rolar Markaziy ijroiya qo‘mitasi“ (o‘sha vaqtdagi oliy hokimiyat organi) tomonidan Toshkentning mamlakatdagi eng yirik iqtisodiy va sanoat markazi sifatidagi ahamiyatini, O‘zbekistonning „bosh paxta rayoni — Farg‘ona vodiysi“ bilan aloqa qilish va unga rahbarlik qilish Toshkentdan qulayroq bo‘lishini, Toshkentda bo‘lgan O‘rta Osiyo idoralari bilan O‘zbekiston hukumat idoralari bir shaharda turib „yaqin ittifoqda bo‘lishini nazarda tutib“ qabul qilingan. Ushbu hujjat mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kirita oladigan o‘sha vaqtdagi oliy hokimiyat organlaridan biri tomonidan o‘zbek tilida va O‘zbekistonda 1929—1940-yillarda amalda bo‘lgan lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek yozuvi (yanalif)da yozilgan. Hujjatga O‘zSSR Sho‘ro Markaziy Ijroqo‘mi raisi bo‘lgan Yoʻldosh Oxunboboyev imzo chekkan.




Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling