Bo`lib o`tgan voqeani o`rganing, qilmishni yuridik tahlil eting
Download 53 Kb.
|
jk 3...a
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo`lib o`tgan voqeani o`rganing, qilmishni yuridik tahlil eting (ob’ekt, ob’ektiv tomon, sub’ekt va sub’ektiv tomonlarini aniqlang).
3-Kazus 2018 yil 3 fevral kuni Yorqinov o`z uyi yaqinida Botirov tomonidan qattiq do`pposlanadi. Shunday keyin Yorqinov uyiga kirib, oshxona pichog`ini olib chiqadi va ko`chada turgan Botirovning orqasidan sezdirmasdan borib, unga bir nechta marotaba pichoqni tiqadi. Buning natijasida Botirov vafot etadi. Tergovchi Yorqinovning harakatini “aybdorga ayon bo`lgan ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o`ldirish” deb baholab, qilmishni Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan kvalifikasiya qiladi. Lekin Yorqinovning advokati mazkur holatni kuchli ruhiy hayajonlanish holatida sodir etilgan, deb hisoblab, qilmishni Jinoyat kodeksi 98-moddasi, ya’ni kuchli ruhiy hayajonlanish holatida odam o`ldirish deb topishni so`raydi. Sudya Yorqinovning qilmishini o`ta shafqatsizlik bilan odam o`ldirish deb hisoblab, hukm chiqaradi. Lekin ayrim asoslarga ko`ra yuqori instansiya sudi birinchi instansiya sudining hukmini bekor qiladi. Bo`lib o`tgan voqeani o`rganing, qilmishni yuridik tahlil eting (ob’ekt, ob’ektiv tomon, sub’ekt va sub’ektiv tomonlarini aniqlang). Jinoyat kodeksi hamda tegishli Oliy sud Plenumi qaroriga asoslanib, tergovchi, advokat hamda sud tomonidan qilmishga berilgan huquqiy baholarning har birini muhokama qiling va unga nisbatan o`z fikringizni bayon eting. 1-Kazus
Yuqoridagi holat bo’yicha ,vaziyatga huquqiy baho beradigan bo’lsak. Biz ushbu holatni aniqlashtirib olishimiz lozim hisoblanadi. Yorqinov 2018–yili 3-fevral kuni Botirov tomonidan qattiq do’pposlanganligi aytilmoqda. Shu holatdan so’ng, Yorqinov uyiga kirib oshxona pichog’i yordamida Botirovni orqasidan sezdirmasdan borib, bir necha marotaba pichoqlanganligi keltirilmoqda. Tergovchi aybdorga ayon bo’lmagan holda odam o’ldirish deb, Jinoyat kodeksining 97-modda 2- qism “V” bandini keltirib o’tyapti. Ammo, Yorqinovning advakati esa, 98-modda, ya’ni kuchli ruhiy hayojonlanish oqibatida odam o’ldirish deb baholamoqda. Tergovchi 97-modda 2- qisim “V” bandini keltirib o’tmoqda. Shu jumladan, yuqoridagi holat bo’yicha yuridik tahlil qiladigan bo’lsak. Agarda qasddan odam o’ldirish deb baholaydigan bo’lsak, tajovuzning obyekti o’zga shaxsning hayoti hisoblanadi. Obyektiv tomoni esa harakat orqali sodir etilmoqda, subekti esa 14 yoshga yetgan, aqli raso jismoniy shaxs hisoblanadi. Subektiv tomoni esa qasddan ham yoki extiyotsizlik bo’lishi mumkin. Bu holatda vaziyatni aniqlashtirib olganimizdan so’ng qasd yoki extiyotsizligini keltirib o’tamiz. Tergovchining harakatiga baho beradigan bo’lsak, nima uchun tergovchi bu vaziyatda 97-modda 2 –qism “V” bandi bilan kvalifikatsiya qilmoqda, 97-modda “V” bandi bo’yicha shu o’rinda Oliy sud plenumining ham qarorlariga to’xtalib o’tib ketishimiz maqsaga muvofiq hisoblanadi. Oliy sud plenumining qaroriga ko’ra, aybdorning harakatlarini JK 97-moddasi ikkinchi qismining «v» bandi bilan kvalifikatsiya qilishda, ojiz ahvol, deb jabrlanuvchining fiziologik, jismoniy yoki ruhiy jihatdan (jismoniy nuqsonlari, ruhiyati buzilganligi, juda yosh yoki keksaligi, qattiq og`riq yoki behush holatda yoxud uyquda bo`lganligi, alkogol, giyohvandlik vositasi yoki psixotrop modda ta’sirida og`ir darajada mastligi tufayli) o`zini himoya qilishga, aybdorga faol qarshilik ko`rsatishga qodir emaslik yoki o`ziga nisbatan sodir etilayotgan harakatlarning xususiyati va mohiyatini tushuna olmaslik yoxud o`z harakatlarini boshqara olmaslik holati tushunilishi kerak. Bunda aybdor jabrlanuvchi ojiz ahvolda ekanligini anglagan bo`lishi shart. Jabrlanuvchining alkogolli ichimlik, giyohvandlik vositasi yoki psixotrop modda ta’sirida atrofdagi vaziyatni anglay olmaydigan darajada mastligi, uning ojiz ahvolda bo`lgan, deb tan olinishiga asos bo`lishi mumkin. Bunda jabrlanuvchini kim bu ahvolga solganligi ahamiyatga ega emas. 1 Advakatning harakatiga baho beradigan bo’lsak, Botirov Yorqinovni qattiq do’pposlashi va bu holatdan so’ng Yorqinov uyiga kirib oshxona pichog’i yordamida Botirovni sezdirmasdan o’ldirganligi va bu holat 98-modda kuchli ruhiy hayajonlanish oqibatida qasddan odam o’ldirish deya baholanmoqda. Shuni aytib o’tishimiz kerakki, jabrlanuvchi tomonidan qilingan g’ayriqonuniy zo’rlik yoki og’ir haqorat, shuningdek, uning boshqa g’ayriqonuniy harakatlari tufayli to’satdan yuz beradigan, kuchli ruhiy hayojanlashish oqibatida qasddan odam o’ldirish. Jinoyat kodeksining sharhida keltirilishiga ko’ra, ruhiy hayojanlashish oqibatida qasddan odam o’ldirish- bu fiziologik affekt holatida odam o’ldirishdir, fiziologik affekt to’satdan yuzaga keladigan, ruhiy hayajonlanish qisqa muddatli, lekin shijoat bilan kechadigan emmatsional munosabat. Qisqa muddatli, to’satdan yuzaga keladigan g’azab, ayni mahalda favqulodda kuchli shijoatli kechinma g’azabga aylanadigan qahr, g’azabga aylanadigan qo’rquv, tushkunlikka soladigan siqilish buning natijasida aybdor o’z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatini va ularni boshqara olish qobiliyatini bir muncha fursat yo’qatadi. Fiziologik affekt holatida shaxs o’zining harakatlari uchun javob bera oladi, nima qilayotganligini tushunadi, biroq o’z harakatlarini boshqara olish qobiliyatini ancha yo’qotadi. Shaxs bu holatni butunlay yo’qotsa, patalagik affekt holatida bo’ladi. Bu shaxsni aqlinoraso deb topish uchun dastlabki shart-sharoitni vujudga keltiradi. Qotillik fiziologik affekt holatidagi masalani hal etishda komlekt psixatrik ekspertizasini tayinlash zarur, odam o’ldirish kuchli ruhiy hayajonlanish holatida sodir etilgan deb topish uchun ikki jihat asos bo’la oladi. Birinchidan, jabrlanuchi tomonidan sodir etilgan g’ayriqonuniy zo’rlik va og’ir haqorat. Ikkinchidan, aybdor shaxs odam o’ldirish paytida kuchli ruhiy hayajonlanish holatida bo’lganligi, ushbu vaziyatlardan biri bo’lmaganida qotillik kuchli ruhiy hayojanlanish holatida deb kvalifikatsiya qilinmaydi. Ruhiy hayojanlanishning to’satdan yuzaga kelishi, affektning fiziologik xususiyatidir. Bunda, ruhiyatning xotirjam vaziyatida jabrlanuvchining noqonuniy zo’ravonligi yoki, og’ir haqorati, yoxud huquqqa xilof boshqa harakatlariga javob tariqasida emmotsianal portlashga o’tiladi. Fiziologik affekt yuzaga kelishi bilan aybdorning jabrlanuvchi o’rtasida harakatlari o’rtasida amalda vaqt jihatdan uzulish bo’lmasligi lozim. Jabrlanuchi tomonida huquqqa xilof zo’rlik jismoniy yoki ruhiy bo’lishi mumkin. Bu zo’rlik bevosita aybdorga yoki uning qarindoshlariga yaqin kishilariga yoxud begonalarga nisbatan qo’llanilgan bo’lishi mumkin. Og’irlik darajasi har xil bo’lgan tanjaroxati, kaltaklash jabraluvchining qarindoshlarini, yaqin kishilarini o’ldirish ularning nomusiga tegish va boshqacha ta’sir o’tkazish jismoniy zo’rliksh ishlatish deya baholanadi. Ruhiy zo’rlik ishlatish deganda, jabrlanuvchiga jismoniy zo’rlik ishlatish, unung mol mulkini nobud qilish, jabrlanuvchi sir saqlamoqchi bo’lgan sirlarni oshkor etish bilan tahdid solish vahokozalarni tushunish zarur. Kuchli ruhiy hayajonlanish oqibatida odam o’dirish uchun fiziologik affektni keltirib chiqargan, jismoniy yoki ruhiy zo’rlik huquqga xilof, ya’ni jinoiy bo’lishi lozim, hokimiyat yoki jamoatchilik vakillari tomonidan qonunda nazarda tutilgan asoslar bo’lsa va qonunda belgilangan tartibda zo’rlik ishlatilishi jabrlanuvchi tomonidan o’limga olib kelgan qarshilik ko’rsatish va javob choralarini ko’rish uchun asos bo’lmaydi va shu bois, Jinoyat kodeksi 98-moddasida nazarda tutilgan belgilarga ega bo’lmaydi. Bunday xatti-harakat 97-moddaga binoan, qasddan odam o’ldirish deya kvalifikatsiya qilinishi lozim. Sharhlanayotgan moddada, og’ir haqorat deb, fizialagik affekt holatni keltirib chiqaradigan so’z iboralar ishlatish yoki harakatlar sodir qilish tushuniladi. Masalan, er- xotinlik sadoqatining buzilishi hodisasinining o’zigina er yoki xotin tarafidan og’ir haqorat kabi bahollanmasligi lozim. Biroq er yoki xotin xiyonatini o’z ko’zi bilan ko’rgan holatni fiziologik affekt holatini vujudga keltiradigan og’ir haqorat deb baholash mumkin. Jabrlanuvchining boshqa huquqqa xilof harakatlari deganda aybdor shaxsning va uning yaqinlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari qo’pol ravishda buzilishi. Maslan, mazmunan beodoblik qiliqlari bilan ajralib turadigan bezorilik qiliqlari o’zboshimchaligi, o’zini-o’zi o’ldirish darajasigacha olib borish vahokozolar tushuniladi. Kuchli ruhiy hayajonlanish holati va to’satdan yuzaga keladigan odam o’ldirish qasti faqat huquqqa xilof zo’rlik ishlatilgan og’ir haqorat qilingan yoki boshqa huquqqa xilof bo’lgan shaxslardagina emas, balki mazkur hodisanining guvohi bo’lganlarda ham yuzaga kelishi mumkin. Mazkur shaxslarning jabrlanuchilarning o’limiga olib kelgan holatlar ham 98-moddaga ko’ra kvalifikatsiya qilinishi kerak. Agar kuchli ruhiy hayojanlanish oqibatida o’rtacha o’g’irlikdagi yoki og’ir tan jarohati yetkazilgan bo’lsa va sababiy bog’lanish oqibatida jabrlanuvchining o’limi yuz bersa aybdorning qilmishi 106-modda bo’yicha kvalifikatsiya qilinishi kerak. Ya’ni, aybdor faqat kuchli ruhiy hayajonlanish oqibatidagi harakati uchun javob berishi kerak. Affek holatida extiyotsizlik holatida o’limga sabab bo’lish aybdorning harakatlarini 102- moddasi bo’yicha kvalifikatsiya qilinishiga olib keladi. Biroq jazo tayinlashda, affekt holati jazoni yengillashtiruchi holat sifatida qaraladi. Kuchli ruhiy hayajonlanish oqibatida 97-modda 2-qismida nazarda tutilgan og’irlashtiruvchi holatlar. Masalan, ikki yoki undan ortiq shaxni, homiladorligi ayon bo’lgan ayolni va boshqa shaxslar hayoti uchun xavfli bo’lgan usulda o’ldirish vahokozolar mavjud aniqlangan holda 98-modda bo’yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. Kuchli ruhiy hayajonlanish holati bo’lsa, kuchli ruhiy hayajonlanish oqibatida odam o’ldirishni zaruriy mudofa chegarasidan chetga chiqib qasdan odam o’ldirishda farqlashda ahamiyat beradigan jihati shundaki, kuchli ruhiy hayojanlanish oqibatida qasdan odam o’ldirishda jabrlanuvchining o’limiga himoyalanishga zaruriy mudofa sabab bo’lmaydi2. Biz masalani ikki jihatlama ko’rishimiz mumkin. Jumladan, Yorqinovga nisbatan sud psixologiya psixatriya ekspertizasini tayinlash kerak. Agarda, Yorqinov yuqorida keltirganimizdek yuridik fanlar doktori M.X.Rustambaev fikriga ko’ra, psixologiya-psixatriya ekspertizasi tayinlash zarur. Agarda psixologiya-psixatriya ekspertizasi xulosasiga ko’ra, fuqaro Yorqinov jinoyat sodir etish vaqtida kuchli ruhiy hayajonlanish holatida deb topsa, bu jinoyat Jinoyat kodeksining 98-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Psixologiya-psixatriya ekspertizasi xulosasiga ko’ra, fuqaro Yorqinov jinoyat sodir etish vaqtida kuchli ruhiy hayajonlanish holatida deb topmasa, 13-son Oliy sud plenium qarorining 5-bandida keltirilgani bo’yicha qilmishda Jinoyat kodeksi 97-moddasining ikkinchi qismida ko`rsatib o`tilgan kvalifikasiya belgilari, shuningdek, mazkur Kodeksning 98–101-moddalarida nazarda tutilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar mavjud bo`lmasa, masalan, qotillik bezorilik tuyg`ulari bilan emas, balki, o`zaro janjal yoki urishish natijasida, rashk tufayli, o`ch olish, hasad, adovat, nafrat oqibatida sodir etilgan bo`lsa, qasddan odam o`ldirish jinoyati Jinoyat kodeksi 97- moddasining birinchi qismi bo`yicha kvalifikasiya qilinadi. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, yuqoridagi vaziyat ishtirokchilarni ushbu vaziyat uchun, huquqiy jihatdan yechim sifatida ko’rgan baholari va fikr mulohazalarni o’rganib chiqqan holda o’z fikrimizga tayangan holda shuni aytishimiz mumkinki, Yorqinovga nisbatan Psixologiya-psixatriya ekspertizasi 1 Jinoyat huquqi va Ma’muriy huquqqa oid Oliy sud Plenum qarorlari to’plami, 52-bet 5-bandi. Download 53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling