bo‘lim. 1-20-savollar: O‘qib tushunish boʻlim. 21-40-savollar: Adabiyot


Download 169 Kb.
bet1/14
Sana25.04.2023
Hajmi169 Kb.
#1396934
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
milliy sertifikat 3 kitob


TEST TOPSHIRIQLARI KITOBI
Test-savollari kitobi 3 boʻlimdan iborat:
1 – BO‘LIM. 1-20-savollar: O‘qib tushunish
2 - BOʻLIM. 21-40-savollar: Adabiyot
3 - BOʻLIM. 41-52-savollar: Yozma savodxonlik
Umumiy vaqt: 3 soat
Guruh nazoratchilarining koʻrsatmasiga amal qiling!
Test jarayoni tugaganidan soʻng test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasini guruh nazoratchilariga topshiring!
Imtihon xonasidan test materiallarini olib chiqib ketish taqiqlanadi!
1-BOʻLIM. OʻQIB TUSHUNISH
Ushbu boʻlim 2 qismdan iborat:
1-qism: 1-10-savollar
2-qism: 11-20-savollar
Tavsiya etilgan umumiy vaqt: 1 soat
Ushbu test topshiriqlari kitobidan qoralama sifatida foydalanish mumkin.
Belgilangan vaqt ichida javoblar varag‘iga javoblaringizni koʻchiring.
Javoblar varag‘iga javoblaringizni koʻchirish uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Eyfel minorasi
Eyfel minorasi — Fransiya timsoli sifatida dunyoga tanilgan, Parijning eng taniqli meʼmorchilik namunasi boʻlib, oʻz konstruktori Gustave Eyfel sharafiga nomlangan va yiliga 5,5 million kishi tashrif buyuruvchi turizmning mashxur obyektidir.
Parij ramzi hisoblanadigan Eyfel minorasi 1887-yilning yanvar oyida qurila boshlagan bo‘lsa, 1889-yil 30-martida yakunlangan. Minora qurilishiga ko‘plab fransuzlar qarshilik ko‘rsatishgan. Ular 300 metrlik "temir majruh" shahar ko‘rkini buzib turadi deb hisoblashgan.
Minora 1889-yildagi Umumjahon koʻrgazmasi uchun qurilgan. Moris Koshlen va Emiel Nugye tomonidan namoyish etilgan chizmalar koʻrgazmaga tayyorgarliklar eʼlon qilingan musobaqada birinchi sovrinni qoʻlga kiritgan. Eyfel zavq-u shavq bilan : „Fransiya 300 metrlik flagshtok joylashgan yagona mamlakat boʻladi“, deb aytgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra 300 yozuvchi va rassomlar munitsipalitet nomiga konstruktsiyani "foydasiz va ko‘rimsiz" ta’riflab raddiyalar yozganlar.
Ulkanbunyodkorlik ishlarida 300 nafar ishchi kuchidan foydalanilgan.
Shakllarning har biri aniq, xavfsiz va chidamli bo‘lishi uchun 12 mingta metall detallar ishlatildi.
Inshootni tiklash va boshqa xizmatlar uchun 7,8 million frank sarflangan.
Minora mashhur arxitektor Gustavo Eyfelning nomiga shunday nomlangan.
Eyfel yon ko‘prigi qarshisidagi Mars maydonida qad tiklagan.
Minoraga o‘rnatilgan dastlabki ikki lift gidravik nasoslar yordamida ishlatilgandi. Ammo ulardan qish faslida foydalanib bo‘lmas edi.
Liftga chiqishdan qo‘rqadiganlar 1792 ta zinadan hatlab minoraga chiqishlari mumkin.
Eyfelning xavfsizligidan xavotirlanmasa ham bo‘ladi. U eng kuchli bo‘ron (180 km/soat)turgan taqdirda ham 18 santimetrgacha tebranishi mumkin xolos. 
Bino foydalanish uchun topshirilgandan boshlab 6 oy ichida 2 million tomoshabinni o‘ziga jalb qilgan.

Dastlab Eyfel bilan tuzilgan shartnomada minora 20 yil qad rostlab turishi, keyin esa buzib tashlanishi ko‘zda tutilgan edi.


Binoning balandligi 324 metr, og‘irligi esa 10100 tonnani tashkil qiladi.
Eyfel minorasi, A.G. Eyfel loyihasi boʻyicha Parijda qurilgan metall minora. 19-asr texnikasi yutugʻi ramzi sifatida Jahon koʻrgazmasi (1889) uchun qurilgan. 1931 yilgacha dunyoning eng baland va ogʻir inshooti hisoblangan (balandligi 300 m ga yaqin, massasi 9 ming tonna, shundan 7,3 ming tonnasi metall konstruksiyalar). Minoraning quyi qismi kvadrat piramida shaklida, uchida pavilon va mayoq bor, tepasida.diametri 1,7 m li maydoncha qurilgan. Radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarning muhim markazi hisoblanadi. Eyfel minorasini qurishda metall konstruksiyalarni montaj qilishning oʻsha davr uchun eng ilgʻor hisoblangan usullari qoʻllangan. Eyfel minorasi Parij aholisi va sayyohlar uchun eng qiziqarli koʻngilochar maskan hisoblanadi.
Inshoot ajoyib va tezkor omad oldi. 6 oylik koʻrgazma jarayonida „temir leydi“ni koʻrgani 2 milliondan ortiq kishi tashrif buyurdi. Yil oxiriga kelib, qurilish uchun ketgan xarajatlarning 3/4 qismi qoplandi. Maʼlum boʻlishicha, 300 yozuvchi va rassomlar munitsipalitet nomiga konstruksiyani „foydasiz va koʻrimsiz“ taʼriflab raddiyalar yozganlar.
Shuningdek, Minora Yen koʻprigi qarshisidagi Mars maydonida qad tiklagan.
Qurilish ishlari 300 ishchi bilan 2 yil — 1887-yilning yanvar oyidan 1889-yilning mart oyigacha boʻlgan oraliqda bajarilgan. Bunday rekord natijalarga 12 000 dan ortiq metal detallarning oʻlchamlari aniq koʻrsatilgan yuqori sifatli chizmalar asosida erishilgan. 2,5 mln dan ortiq mixparchinlardan foydalanilgan. Minoraning balandligi (uning yuqorisidagi 22 metr uzunlikdagi televizion antenna kiritilmagan holda) 300 metrni tashkil etadi. Minora oʻsha davrning eng baland binolari Xeops piramidasi 137 m dan deyarli 2 barobar baland edi.
Metall konstruksiyalar ogʻirligi — 7 300 t ni tashkil etadi (umumiy ogʻirligi esa 10 100 t). Poydevor beton asosdan iborat. Kuchli shamol vaqtida minora chayqalishi 15 sm dan oshmaydi. Minora 1889 yildagi koʻrgazmada Parij timsoli sifatida qurilgan va Parijga kirish arkasi sifatida foydalanilgan.
Pastki qavat oʻzida 57,63 m arkali ravoqni tutashtiruvchi 4 ustunni ifodalagan piramidani namoyish etadi; qubbada Eyfel minorasini birinchi platformasi joylashgan. Bu platformadan ham ikkinchi 115,73 m arkali ravoqni tutashtiruvchi 4 ustunni ifodalagan piramida-minora koʻtarilgan. Toʻrt ustun piramida holatida pogʻonama-pogʻona yaqinlashib, 190 metrlik piramida shaklini beruvchi ustunni ifodalagan; uchinchi platformada 300 m balandlikdagi maydonda gumbazli mayoq mavjud. Minoraga 1792 pogʻonadan iborat zinalar va lift olib chiqadi.
Liftga 30kishi sig‘adi. Minoraga navbatsiz kirish faqat internet orqali oldindan buking qilganlarga nasib etadi. Birinchi qavatda restoranlar joylashgan. Minora "toji"da aylanma zinapoyalar bilan yuqoriga ko‘tarilsangiz, arxitektor Eyfelning maxsus kabinetini ko‘rasiz. Eyfel sharafiga minoraning chap oyog‘i ostida haykal o‘rnatilgan
Minora kunduz kuni o‘z rangida: uzoqdan qop-qora, yaqinlashgan saringiz, shunchaki eskirgan temirlar majmuasi.
Tunda oltindek sap-sariq yonadi. Vaqti-vaqti bilan chiroqlar butun minora bo‘ylab raqsga tushadi. Lift birinchi, ikkinchi qavatlar va minora uchigacha ko‘tariladi. Chipta narxi ham shunga qarab belgilanadi. Parijni Eyfelning yuqorisidan tomosha qilmoqchi bo‘lsangiz 16 yevro to‘laysiz.

Download 169 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling