Boloniya uch davriy tizimi Boloniya jarayonining asosiy yo‘nalishlaridan biri oliy ta’limning ketma-ket keladigan uch davri, ya’ni, birinchi, ikkinchi va uchinchi davrdagi uch daraja – bakalavr, magistr va doktor darajasiga ega bo'lish imkonini beradi. Bakalavriat va magistratura dasturi uchun umumiy model ishlab chiqilgan. • Kreditlar o‘tkazishning yevropacha tizimi (ECTS) ECTS talabalarga oliy ta’im muassasasida muvaffaqiyatli o‘zlashtirilgan kurslar uchun kreditlar yig‘ish imkoniyatini beradi. Tizim natijalar va o'quv jarayoni shaffofligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ta’lim davrini tan olishga hissa qo‘shadi. Amaliyotda bu tizim dastur/kurslar faoliyati bilan bog‘liq holatlarni qiyoslashni yengillashtiradi va tushunishni ta’minlaydi. Amaliyotda 60 kredit bir rasmiy o`quv yili uchun yuklama hisoblanadi hamda u ta’lim natijalariga mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |