Bolonya ta’lim tizimining qabul qilinishi


Download 0.74 Mb.
bet2/6
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#203408
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Farg’ona politexnika instituti 1

Mamlakatimizda Bolonya jarayoni ta’lim tizimi, shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Janubiy Korea, Kanada hamda Yaponiya kabi bir qator ta’lim tizimi rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rgangan holda global ta’lim integratsiyasini amalga oshirilishi xorijiy mamlakatlar bilan oliy ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada kengaytirishni ta’minlashga xizmat qiladi. Mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar zamirida ta’lim muassasalarida zamonaviy va sifatli ta’limni innovatsion uslublar asosida amalga oshirishda normativ-huquqiy hujjatlar ham islohotlarga mutanosib ravishda takomillashtirib borilmoqda. Jumladan, 2019 yil 29 oktabrdagi “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi qonun, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni O‘zbekistonda yangi ta’lim tizimini yaratish uchun xizmat qilmoqda. Bundan buyon oliy ta’lim standartlari xorijiy tajriba asosida takomillashtiriladi, ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitiladigan fanlar qayta ko‘rib chiqiladi. Mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni 2 barobar qisqartiriladi va oliy ta’limda o‘quv jarayoni kredit-modul tizimiga o‘tkaziladi.


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling