Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
Tulliy Sitserondir. (eramizdan avvalgi 106 - 43) U Rimdan uzoq bo‘lmagan Arpina
qishlog‘ida tug‘ildi. Uning ota - onasi shahar fuqorosining badavlat suvoriylar tonfasiga mansub kishilar edi. Ular o‘z bolalariga yaxshi bilim berish maqsadida Rimga ko‘chib kelishadi. Dastlabki taxsilini Yunon murabbiylari qo‘lida olgan Sitseron ilk bolaligidayoq Yunon tilini to‘la-to‘kis o‘rgandi. Yirik huquqshunos Kvint Mutsiy Sevola va mashxur notiq Lutsiy Litsiniy Krokdan ta’lim oladi. Notiqlik asoslarini Appoloniy Moloidan, aktyorlik maxoratini Aksiydan, Yunon falsafasini Filon Loriskiydan o‘rganadi. Sitseron Afinaga borib, yirik notiqlardan bu san’at sirlarini mukammal o‘zlashtiradi. Bilimini chuqurlashtiradi. Sitseron "Brut", "Notiq" nomli asarlarida Rim Ritorika tarixi xaqida batafsil fikr yuritib, attikachilarning nazariyalariga tamomila qarshi mulohazalar bilan maydonga chiqdi. Uning ta’kidlashicha xar qanday notiqning ko‘zda to‘tgan asosiy maqsadi tinglovchining zavqini uyg‘otib, ularini o‘ziga moyil qilishdan iboratdir. Notiq sharoitiga qarab mavjud usullarning hammasidan barobar foydalana olishi zarur. Sitseron fikricha, “kimki jo‘n narsalar haqida oddiygina, kundalik voqealar haqida o‘rta darajada, ulug‘ hodisalar haqida esa zavq - shavq, bilan gapirsa, shu odam so‘z san’atining chinakam ustasi bo‘ladi” 1 deydi. Sitseron bo‘lajak notiqning nimalarga e’tibor berishini quyidagi fikrlarda alohida ta’kidlaydi: 1. Notiq o‘z nutqini mavzusini chuqur bilishi va o‘ziga ishonchi mustaxkam bo‘lishi ustivor masaladir. 2. Nutq jarayonidagi fikr - mulohazalar tinglovchiga o‘rinsiz savol tug‘dirmaydigan xolda dalillangan bo‘lishi lozim. 3. Nutqqa tayyorgarlikning boshi etarli material to‘plashdir. 1 Марк Туллий Цицерон. Три трактата об ораторском искусстве. М. «Наука», 1972. С.134 29 4. Nutqda fikr o‘rinli joylashishi, kompozitsiyaga e’tibor muhim rol o‘ynaydi. Uning fikricha, nutq matni talabga javob berarli darajada mantiqli tayyorlanishi lozim. Shunda kutilgan natijaga erishish mumkin. Nutq kompozitsiyasi qurilishida quyidagilar alohida o‘rin tutadi. 1. Kirish 2. Mavzu mohiyatini to‘la qonli ifodalay bilish. 3. Rejani keyingi qismlarini ifodalash. 4. Dalillarni o‘z o‘rnida qo‘llay bilish. 5. Matnning asosiy qismini, mazmunini ocha bilish. 6. Xulosa. 1 Tinglovchilarni toliqtirib ko‘ymaslik uchun nutq davomida ko‘tarniki usulni bir parda pasaytirib, nutq mavzuiga aloqador shaxslar bo‘lsa, ularning goh salbiy, goh ijobiy xarakteristikasini berish, ilgari o‘tgan mashxur zotlar haqidagi biron latifani eslatib ketish, lozim bo‘lganda ba’zi bir xayotiy manzarani, dramatik voqealarni eslash, o‘rniga qarab biroz xikmatli so‘z, maqol Yoki qochiriq gapni qistirib o‘tish - Sitseronning eng sevgan usullaridan edi. Sitseron o‘zining salkam 40 yil davom etgan ijtimoiy va adabiy faoliyati mobaynida turli-tuman mavzularga bag‘ishlab behad ko‘p asarlar yozgan. Ma’lumotlarga qaraganda qadimgi zamonda Sitseronning 150 ga yaqin nutqi nashr etilgan bo‘lsa, bizga qadar shulardan 58 tasi etib kelgan. Bulardan tashqari falsafa mavzularda yozilgan 12 ta asar, notiqlik nazariyasi va tarixiga doir 7 ta risola va 800 ga yaqin maktublari saqlanib qolgan. Attika usuli respublika tizimining qulashi hamda jamiyatda demokratik chiqish erkinligi udumlarining yo’qolishi davrida ustunlikka ega bo‘lgan usulga aylandi. Attika usuli bir maromlilik va asoslarning qiyin masalalariga sodda yo‘l bilan yondashuvi, notiqning xatti - harakati va imo- ishorasi, ifodali o‘qishi bilan farqlanadi. Notiq o‘z nuqtai nazarini auditoriyaga hech qanday etibor bermagan xolda, bepisandlik, xotirjamlik va vazminlik bilan ifodalar edi. Attika usuli uning ashaddiy muxlisi bo‘lgan, imperiyani o‘z qo’liga olgan Yuliy Sezar tufayli rusm bo‘ldi. Antik davrni 1 Марк Туллий Цицерон. Три трактата об ораторском искусстве. М. «Наука», 1972. С.27 30 oxiriga kelib, Ritorika soxasidagi nazariy izlanishlar to‘xtadi. Jamoatda chiqishlar soxasining o‘zi esa cherkov tomonidan qo’lga olindi. Notiqlarning nutqi va’zlarga, erkin munozaralar esa diniy maruzalarning muxokamasi shaklini oldi. O‘rta asrlarga tashakkur aytishning yagona sababi shu ediki, Sxolastlar uyg‘onish davri va undan keyingi davr uchun qadimgi dunyo bilimlarini saqlab qoldilar. Uyg‘onish va yangi davr ritorikaga qiziqishning o‘sishi bilan xarakterlanadi. Biroq bunda yozma ifoda ustunlik qiladi: satira, pamfletlar, mushoxada va x.k. U davrda yangi talimot va konsepsiya darajasida shug‘ullanadiganlar yo‘q xisob edi. Yevropaning katta qismidagi cherkov va soslovniy xukumatning zanjirlari qulashi bilan inqilob jarayonlarining ta’siri ostida jamiyatdagi chiqishlar siyosiy faoliyatning cheksiz atributiga aylandi. Ritorika esa yevropaliklar xayotiga mustaxkam ravshda kirib boradi. XIX asrining o‘rtalariga kelib miting va yig‘ilishlar u bilan birgalikda so‘z ustaligi xatto teatr va adabiyot qatori dunyo madaniyatining bir qismini tashkil qila boshladi. Ritorika va ritorikasining texnikasi esa yirik universitetlarning o‘quv qo‘llanmasiga kiritiladi. Afsuski, Qadimgi Rim qulash kunidan keyingi asrlardagi so‘z ustaligi borasida fan tomonidan to‘plangan katta amaliy tajribaga qaramasdan, Ritorikava ritorika ta’limoti bo‘yicha sezilarli darajada ishlar qilinmagan va ta’lim berish soxasida ham uslubiy ishlar yaratilmagan. Ritorikava ritorikaning nazariy shakllanishining shundayligicha chala ishlanishiga qaramay, oxirgi 200 yillik – shiddatli taraqqiyot davridir. XIX asrning Attika usuli sof xolda faqatgina britaniya Ritorika maktablarida saqlanib qolgan xolos, uning yorqin nomoyondasi konservativ partiyaning rahnamosi Dizraeli edi. Yevropaning quruq qismida Fransuz inqilobi davridan beri osiyo usuli ustunlik qiladi. Bu usulning ko‘zga ko‘ringan notiqlaridan bo‘lgan fransuz sotsialistlari doxiysi Jan Jores edi. Qadimgi davrlardagi o‘zgarishlarga nisbatan jiddiy o‘zgarishlarga uchragan yagona milliy maktab, Shimoliy Amerika maktabi bo‘ldi. Qishloq sherifidan tortib, to mamlakat prezidentigacha – xukumat tarmoqlarining barcha organlar saylov tizimi va kompaniyalar saylovoldi jarayonlarining o‘tkirligi, AQSH axolisida 31 saylovlarda ishtirok etayotgan xar bir nomzodning notiqlik darajasiga nisbatan yuqori talabchanlikni shakillantirdi. Amerikalik notiqlarga axolining turli qatlamlari - etnik (anglo - sakslar, irlandlar, yaxudiylar, italiyaliklar va x.k.) va ijtimoiy (bir tomoidan saylovchilarning asosiy kismini - ya’ni boy bo‘lmagan insonlarni o‘z tomoniga og‘dirishga, ikkinchi tomoidan - saylovoldi kompaniyalar uchun pul topish faqat tadbirkorlarni o‘z ko‘llanmasi bilan qiziqtirish orqali) oraliqda o‘zlarini chiqishlarini qabul qilish jarayonida o‘zaro farqni hisobga olishlariga to‘g‘ri kelardi. Zexn - idrok yashash darajasi, milliy va diniy mansublikdan qat’iy nazar saylovchilar kategoriyalarining barchasini yoqlashga bo‘lgan ehtiyoj, Amerikalik notiqlarda yangi sintetik chiqish uslubini vujudga keltirdi. Unda osiyo usulining jo‘shqinligi va attitsizmning axborotga boyligi birlashadi. Bunga protestant vaz’xonlarining qo‘llaniladigan usuli qushiladi. XIX asrda Fransiya, Italiya, Olmoniya va Avstraliyada burjua demokratik revolyusiyasining g‘alabayondan keyin Ritorika yuksak darajada rivojlandi. Shuning uchun bu davr notiqlik san’atining gullash davri ham deyiladi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling