Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy - siyosiy nutq
O‘zbek tilida takrorning ikki hil turi mavjud. A) grammatik takror; B) badiiy takror.
Takrorning birinchi turi grammatik ma’no odatda ko‘plik ma’nosini ifodalaydi; mashina-mashina qovun tushurdik. Takrorining ikkinchi turi badiiy takror turli hil ma’nolarni ifodalaydi; Tong Yaqin, tong Yaqin, oppoq tong Yaqin. Yoki Ko‘m ko‘k, ko‘m ko‘k, ko‘m kuk ko‘klam quyoshidan ko‘kargan qirlar ko‘m ko‘k. Fonema grekcha "Pxonema" so‘zidan olingan bo‘lib - nutq tovushi degan manoni anglatadi xar bir tilda fonemalarni ma’lum miqdori mavjud. O‘zbek tilida 31 ta fonema bor. (6 unli 25 ta undosh) Fonemani tovushdan farqlamoq kerak. Fonema so‘zi ma’nosini farqlash uchun xizmat qiluvchi tildir. Sinonim so‘zi grekcha "Sinonimos" so‘zidan olingan bo‘lib bir nomli degan ma’noni anglatadi. Sinonim so‘zlar nutqning ta’sirli bo’lishiga yordam beradi. Shakli xar-qil bo‘lsa ham, ma’nosi bir-biriga Yaqin so‘zlar sinonim so‘zlar deyiladi. Qarama-qarshi manoli so‘zlar antonim so‘zlar deyiladi. Antonim so‘zi grekcha anti (zid, qarama - qarshi) va onim (nom) so‘zlaridan tuzilgandir. Odatda u yoki bu tilning boyligi gapirilganda asosan shu tildagi so‘zlar ko‘zda tutiladi. Tilda so‘z miqdori qancha ko‘p bo‘lsa o‘sha tilni boy til tarzida talqin qilish keng tarqalgan. Bu talqin ma’lum ma’noda tug‘ridir. Chunki tildagi so‘z mikdori til boyligining ta’minlovchi asosiy omillarlan biri bo‘lsa, til boyligi shu bilangina cheklanmaydi. Bu o‘rinda albatta o‘zbek tilining sinonimlarga fraziologizmlarga nihoyatda boy ekanligi ular ma’nolarining shuningdek, umuman o‘zbek tilidagi so‘zlarning ko‘p manolilik darajasi nihoyatda yuqori ekanligi ham hisobga olinadi. 54 Ma’lum xududdagina ishlatilib, faqat shu erda yashovchi kishilarga tushunarli bo‘lgan so‘zlar Shevaga hos so‘zlardir. Yozuvchilar badiiy asarlarida qaxramonlarning qaerlik ekanligini, tilidagi xususiyatlarini ko‘rsatish uchun ularning nutqida ba’zan Shevaga hos ko‘shimcha va so‘zlarni ishlatadilar. O‘zbek tilining maxalliy Shevalari ko‘p. Ba’zan bir tushunchaning o‘zi maxalliy Shevalarda xar-hil so‘z bilan ifodalaniladi. M: Narvon – (Toshkentda) Shoti – (Farg‘onada), Zangi – (O‘rganchda) Nutq mavjud ifoda vositalaridan foydalangan xolda mavjudlikka (xaqiqatga) aylangan fikrdir. Nutq a’zolarining harakati jarayonida paydo bo‘ladi. Ruhiy hodisa bo‘lgan tilning ifoda vositalari nutq ixtiyoriga o‘tgach xaqiqatga aylanadi. Til boyligi deganda nimani tushunmok kerak? Odatda u yoki bu tilning boyligi gapirilganda asosan shu tildagi so‘zlar ko‘zda tutiladi. Tilda so‘z mikdori qancha ko‘p bo‘lsa O‘sha tilni boy til tarzida talqin qilish keng tarqalgan. Bu talqin ma’lum ma’noda to‘g‘ridir. Chunki tildagi so‘z mikdori til boyligining ta’minlovchi asosiy omillardan hisoblanadi. Bu o‘rinda albatta o‘zbek tilining sinonimlarga, fraznologizmlarga nihoyatda boy ekanligi ular ma’nolarining shuningdek, umuman o‘zbek tilidagi so‘zlarning ko‘p ma’nolilik darajasi nihoyatda yuqori ekanligi ham hisobga olinadi. Insonning nutqiy ko‘rinishi uch turda namoyon bo‘ladi. So‘zlash deyilganda so‘zlovchiga ma’lumot, maslaxat berish, buyurish Bular: so‘zlash, mutolaa va eshitish. o‘ziga nomalum bo‘lgan narsalar haqida so‘rash anglashilali. So‘zlanganda so‘zlovchining bilimi, madaniyati, odobi yuzaga chiqadi. So‘zlash manologik va diologik ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Monologik nutqda bir kishining mulohazalari qarshi savollarsiz yoki javoblarsiz yuzaga chiqadi. Suhbatdosh tomonidan bulinmaydi. Diolog nutqda Muloqot qiluvchi navbat bilan goh tinglovchi, goh so‘zlovchi bo‘lib turadi. Ma’lumki, nutq og‘zaki va yozma ko‘rinishga ega. Og‘zaki nutq gapirib turgan vaqt birligidagina mavjud bo‘lib, bu jarayon tugashi bilan nutq ham tugaydi. Og‘zaki nutq tezkorlik bilan amalga oshadi. Tushunchalar bilan "uning libosi" bo‘lgan so‘z birgalikda "yashin tezligida" tilga kela boshlaydi. Og‘zaki nutqda so‘z birikmalari va gaplarning modellari aytilmoqchi fikrlarga 55 monand xolda tezkorlik bilan tanlanadi. Gap qurilishini, modellarni aql nazorat qilib boradi. Fikrni aytganlarini xotirada ushlab turgan xolda rivojlantirishga to‘g‘ri keladi. Og‘zaki nutq taxrir imkoniyatidan maxrum. U qanday shaqlda borlikka kelgan bo‘lsa shundayligicha tinglovchiga havola qilinadi. Og‘zaki nutqda odatda, muloqot uchun eng zarur narsalarnigina zuxur etiladi. Bu bir tomondan vaqt iqtisodi bilan ikkinchidan nutq kuchini tejash bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra unda uzundan - uzoq kirish, keng izohlar ham uchraydi. Ayniqsa, hodisalarning narsalarning o‘zaro bog‘liqlik darajalari, ularning tinglovchi va so‘zlovchiga ravshanligi darajasi hisobga olinadi. Og‘zaki nutq so‘z boyligi jixatidan yozma nutqka nisbatan ancha kambag‘al bo‘ladi. Unda bir hil so‘zlar, bir hil Shakllar bir qadar ko‘proq takrorlanadi, bu xol til vositalarini tanlash qiyinchiliklari bilan bog‘liqdir. Og‘zaki so‘zlovchining faol nutqiy harakati tuxtam (pauza), ohang, urg‘u, turli-xil imo-ishoralar asosida tinglovchiga etib boradi. To‘xtam - ovozning vaqtincha to‘xtashi bo‘lib, bu davrda nutq a’zolari to‘xtaydi, nutq oqimi uziladi. To‘xtam davrida nafas olinadi va nutqning navbatdagi qismini talaffuz qilishga xozirlik ko‘riladi. To‘xtamdan turli maqsadlarda foydalaniladi. Nutqning bir nafas tugaguncha aytilgan qismidan so‘ng Yangi nafas olish uchun qilingan tuxtalish, nafasni rostlash to‘xtami deyiladi. Nafas rostlash tuxtamida o‘pkaga xavo to‘ldirilib olinadi. Bunday to‘xtamdan radio-televideniya suxandonlari yaxshi foydalanadilar. Yozma nutq og‘zaki nutqdan quydagi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Nutqni yozayotgan muallif vaqt jixatdan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. U o‘z nutq qismlarini va butun nutqni qayta -qayta taxrir qilish, fikr uchun eng mos imkoniyatlarni tanlashi, gap tuzilishini ko‘paytirishi mumkin. Shuning uchun ham yozma nutq og‘zaki nutqdan ravondir. Kishilarning nutqiy faoliyati monolog, diolog, polilog ko‘rinishda amalga oshadi. Monolog - so‘zlovchining o‘ziga yoki tinglovchiga qaratilgan nutqidir. Monolog nutqda so‘zlovchi o‘ziga ma’lum bo‘lgan voqea-hodisalar, o‘z ichki kechinmalari 56 haqida ma’lumot beradi. Ichki monolog adabiyotda ko‘llaniluvchi uslubiy usullardan biridir. Bu usul yuz bergan aniq voqealarni, ularning zamirida qaxramon ichki kechinmalarida paydo bo‘lgan fikrlar sifatida bayon etish imkonini beradi.Ichki monolog so‘zlovchining ichki nutqidir. Tashqi monolog so‘zlovchining tashqi nutqidir. Unda til imkoniyatlari harakatga keladi. So‘zlovchining ichki xis-tuyg‘ulari, ruhiy kechinmalarini ifodalovchi tashki nutq lirik monolog deyiladi. Lirik monologda shaxsning orzu umidlari, tashqi dunyodan olgan ta’ssurotlari, kelajak rejalari aks etadi. So‘zlovchining yuz bergan voqea-hodisalar haqida xikoya qilib berishi xabar monologi hisoblanadi. Xabar monologi xikoyachilik, qissachilikda ko‘proq ko‘llaniladi. So‘z bo‘g‘inlaridan birning boshqalariga nisbatan kuchliroq ovoz bilan aytilishi urg‘u deyiladi. So‘zning urg‘u tushgan bo‘g‘ini urg‘uli bo‘g‘in, qolganlari urg‘usiz bo‘g‘in deyiladi. O‘zbek tilida ypg‘y asosan so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi. So‘zlarga ko‘shimcha kushilsa urg‘u ham kuchayadi. Diolog nutq shakllaridan biri bo‘lib, unda xar-bir fikr to‘g‘ridan to‘g‘ri suhbatdoshga karatilgan bo‘ladi. Diolog nutqning sintaktik qurilishi monologik nutqka qaraganda sodda tuziladi. Dialog deganda ikki va undan ortiq kishilarning o‘zaro suhbati tushuniladi. Diologda xar bir shaxsning gapi xat boshidan tire kuyib yoziladi. Imo-ishora deb, nutq jarayonida ixtiyorsiz ravishda namoyon bo‘ladigan ko‘l va gavda harakatlariga aytiladi. Imo-ishoralar yordamida fikr bildiriladi. Nutqning quyidagi turlari mavjud bular: 1. Ijtimoiy - siyosiy nutq - Siyosiy, iqtisodiy mazmundagi ma’ruzalar, siyosiy nutq, Diplomatik nutq, xarbiy vatanparvarlik nutqi, siyosiy sharx, mitinglardagi nutqlar, agitator nutqi. 2. Akademik nutq - Ilmiy doklad, ilmiy ma’ruza, ilmiy ma’lumot, oliy ta’lim O‘qituvchilarining ma’ruzalari. 3. Xuquq tartibot tashkilotlari dagi nutq- Prokuror yoki qoralovchi nutqi, 57 jamoatchi qoralovchi nutqi, himoya yoki oqlovchi nutqi, jamoatchi oqlovchi nutqi, o‘z - o‘zini himoya qilish nutqi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling