Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/86
Sana20.09.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1682832
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   86
Bog'liq
Ritorika

Rasmiy uslub. Bu usul rasmiy xujjatlar til xususiyatlarini o‘zida 
mujassamlashtiradi- Elonlar, konunlar, sud va davlat idoralari xujjatlari shu uslubda 
yoziladi. Ariza, tilxat, ma’lumotnoma, chaqiruv qog‘ozi, taqlifnoma, shartnoma, 
tarjimaiy xol, e’lon, adres, tavsifnoma. hisobot kabi xujjatlar ham rasmiy uslubda 
bo‘ladi. Bunday uslubdagi xujjatlar qisqa, aniq va barcha uchun tushunarli qilib 
tuziladi. Bu uslubning ham o‘ziga hos leksik hamda grammatik xususiyatlari mavjuv: 
so‘zlar o‘z ma’nosida qullanadi, ko‘pinchalik ma’lum ayrim qisqartma so‘zlar 
ishlatiladi, xar bir soxaning o‘ziga hos terminlaridan foydalaniladi. Mazkur uslubning 
asosiy xususiyatlari eng avvalo fikrni aniq ifoda qilinishi va ifodaning bir hil kolipda 
bayon etilishida ko‘rinadi. Rasmiy uslub leksikasining yana bir xususiyati unda 
professional (yuridik, diplomatik, ma’muriy va boshqalar) terminalogiYaning 
mavjudligidir: akt, guvoxnoma, qaror, qidirish, aybni og‘irlashtiradigan xato, 
axdlashuvchi oliy tomonlar, elchi, elchixona, ishonchli vakil, nota, shartnoma, 
bayonot, dekloratsiya, vizit, diplomatik protokol, xalqaro vaziyat va xokozo. Bu uslubda 


87 
jargonlar, og‘zaki so‘zlashuv uslubiga hos so‘zlar ishlatilmayli. 
Ilmiy uslub. Ilmiy uslub fanning turli soxalariga aloqador so‘z va atamalarni 
ko‘proq tasarruf qilish, bayonning ko‘proq mantiqiy dalillarga suyanish bilan boshqa 
uslublardan aniq, qoidalar, formulalar, asosida ifodalanishi bilan farqlanadi. Ilmiy 
uslubda so‘zlar o‘z ma’nosida ko‘llaniladi: qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga 
xizmat qiladigan, ajratilgan bo‘laklar, kirish so‘z va iboralar, shuningdek qo‘shma 
gaplardan ko‘proq foydalaniladi. Ilmiy nutq asosan ilmiy ishlar nutqi bo‘lib, uning 
aniq ko‘rinishlari ilmiy maqola, ilmiy risola, dissertadiyalar, monografiyalar, ilmiy 
ma’ruzalar Shaklida namoyon bo‘ladi. Ilmiy uslubning xozirgi zamon taraqqiyoti 
bilan bog‘liq ravishda quyidagi umumiy xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin: 
- Axborotning ob’ektivligi, aniqligi. 
- nutqning ma’lumotlarga boyligi. 
- fikrning qisqa va lo‘nda ifodalanishi. 
Ilmiy nutqning kitobiy uslubga tegishliligi unda aytiladigan fikrinig oldindan 
o‘ylab ko‘yilishida, uning monologik xarakterga ega bo‘lishida, mantiqiylik, fikr 
bayonotining qat’iy tartIbnda, adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilishda, uslubiy bir 
hillik xarakteriga ega ekanligida ko‘rinadi. 
Publitsistik uslub. Davrning ijtimoiy-siyosiy dolzarb mavzusini aks etirish 
publitsistik uslubga hosdir. Publitsistika – so‘zi lotincha so‘z bo‘lib, ijtimoiy yoki 
xalq, ijtimoiy xalqchil degan ma’nolarni bildiradi. Publitsistik nutqda ta’sirchan so‘z 
va so‘z birikmalaridan, maqol va aforizmlardan ham foydalaniladi. Publitsistik uslubda 
gap bo‘laklari odatdagi tartibda bo‘ladi. Kesimlar, buyruq va xabar maylidagi fellar 
bilan ifodalaniladi: darak, xis-hayajon va ritorik so‘roq gaplardak, yoyiq 
undalmalardan, takroriy so‘z va birikmalardan foydalaniladi. Matbuot nutqi odatda 
ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy - axloqiy, adabiy - tanqidiy mavzulardagi 
ommaviy nashrlarda, notiqlarning nutqlarida, radio va TV da chiqishlarida namoyon 
bo‘ladi. Publitsistik va badiiy uslubning ham o‘xshash tomonlari bor. Xar ikkala 
uslubda ham emotsionallik, ekspressivlik, obrazli ifodalar, tasviriy vositalar, badiiy 
til imkoniyatlaridan foydalanishga intilish kuchli. Publitsistik uslubda gazeta tili alohida 
o‘rin egallaydi. Chunki gazeta va publitsistika bir - biri bilan chambarchas bog‘liq. Shu 


88 
bilan birga, gazeta uslubi publitsistik uslubning bir tarmog‘i xisoblanadi. Publitsistik 
uslubda til vositalaridan foydalanishda muallifning individual uslubi deyarli ajralib yoki 
sezilib turadi. Ayniqsa, bu xolat ocherk, feleton, badiiy publistik maqolada tez ko‘zga 
tashlanadi. 
Badiiy uslub. Badiiy uslub nutqning boshqa uslublaridan dastlab o‘zining 
obrazliligi, estetikligi va ta’sir etish vazifasi bilan ajralib turadi. Badiiy nutqda til 
leksikalarining hamma qatlamlari ishtirok etadi. 
Badiiy uslub uchun shaxsiy obrazli so‘z ishlatish xarakterlidir. Xar bir muallif 
o‘ziga hos usullardan foydalanadi. Bu bilan o‘ziga hoslikka, asarni o‘qimishli 
bo‘lishini ta’minlashga intiladi. Badiiy nutqda asosan tilning badiiy ta’sir vositalari 
ishlatilgan bo‘lib, boshqa uslublarga hos hususiyatlar ma’lum maqsad bilan 
cheklangan miqdorda, shartli ishlatiladi. Badiiy nutq usulining uchta ko‘rinishlari 
mavjud: 
- Nasriy nutq 
- Poetik nutq. 
- Dramatik nutq. 
Bular ichida poetik nutq tilning badiiy tasviriy vositalaridan foydalanishning eng 
Yuksak namunasi xisoblanadi.
Tun bilan yig‘laydi bulbul  

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling