Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
Bahslashish qoidalari. Bahsning asosiy qoidasi shundan iboratki, hatto juda
qulay vaziyatlarda ham odamlarni fikrini o‘zgartirish juda qiyin masaladir. Agar o‘z qarashlaringizni boshqa birovga o‘tkazishni istasangiz, uning fikrini hurmat qiling. Hech qachon odamga uning nohaqligini aytmang. Xato qilish ehtimolini o‘zingizda bo‘lishiga ham e’tibor bering. Bu barcha turdagi bahslarga yakun yasaydi. Bu suhbatdoshni o‘zi ham siz kabi nohaq bo‘lishini tan olishiga imkon beradi. Bahsni tug‘dirmaydigan shunday iboralar ham mavjudki, ularni diqqat bilan eshitishga undaydi. Masalan: «Sizni dilingizdan o‘tayotgan fikrlarga qarshi emasman, balki men ham xuddi shunday qilgan bo‘lar edim». Bahs paytida «Janjal bilan biron narsaga erishib bo‘lmaydi» degan iborani eslashga harakat qilish lozim. eng yaxshi natijaga erishuvning yo‘llaridan biri bu – bahsdan qochishdir. Bahsdan qizishib o‘z g‘ururini erga urishni istamay, nohaqligini bilib turib ham tan olmaslik mumkin ekanligi ehtimoli bor. Bunga nisbatan o‘z fikrini aytib qo‘yishning o‘zi etarli. Balki bir oz vaqt o‘tib, hech qanday bosimning ta’sirisiz ham u to‘g‘ri xulosaga kelishi mumkin. O‘zining haqligini qaysarlik bilan isbotlash yoki bahslashish – ma’lum ma’noda zo‘ravonlik ham hisoblanadi va oqibatda, yagona kelishuvga olib kelmasligi mumkin. Anglashilmovchilikni madaniyat, munosabat, tavoze’lik va muloyimliq aniqlik va sovuqqonlik hamda boshqani tushunishga harakat qilish orqali bartaraf qilish mumkin. Bahs asosli va ishonchli bo‘lishi lozim. Bahsda asosan raqibni «chaqib» xafa qilish emas, balki undan qochishga harakat qilish shart. Bahsda keltirilgan asoslar mutlaqo to‘g‘ri bo‘lishi lozim. Kasbiy munozara doimo asoslar zanjirini talab qiladi. 80 Tadqiqotchilarning gaplariga qaraganda, mantiqdan bexabar kishilarga nisbatan mantiqiy isbotlarning keltirish usullaridan boxabar kishilarni jamoatda bahsdan muvaffaqiyatli chiqib ketishlariga imkoniyat darajasi balandroq bo‘lar ekan. Kasbga doir bahsda o‘zni tutish uslubi doimo muloyimlik kasb etishi zarur. Bosiq va mulozamatli odam doimo g‘olib keladi. So‘zamollik diqqatli jimlik bilan almashishi lozim. Jizzakilik va asabiylashishga o‘rin yo‘q. Individual bahsda asosiysi – asos, mantiq va dalillardir. Imo-ishoralar va hayqirishlarni qabul qilish mumkin emas. Cho‘zilib ketadigan bahslarda har ikkala taraf o‘zining axloqi haqida o‘ylab ko‘rishi lozim. Har holda gap bunday bahslarda singan kosa ustida ketmaydi. Janjallarga sababchi bo‘ladigan odamlar o‘zi haqida o‘ylab ko‘radigan bo‘lsa, odatda «asablari hech narsaga yaramasligiga amin bo‘ladi». Lekin bu degan sof vijdon bilan ochiqchasiga urishaverish kerak degani emas. Bunday odamlarga «nima uchun men doimo asabiylashaman?» degan savolni o‘ziga bermoqlikka da’vat etamiz. Ko‘p holatlarda asabiylashishning asl sababini anglab etgandan so‘ng hayot o‘z yo‘liga tushadi. Harakat qilib ko‘rsa arziydi. Munozara – biror masala yuzasidan taraflarning baxsini, tortishuvini anglatadi. Baxo jarayonida xar bir ishtirokchi o‘zining xaq ekanligini isbotlashga intiladi. Munozarada so‘zlanadigan nutq mavzu mazmunini ochuvchi dalillarga hayajonli, tinglovchilarni qiziqtiradigan va muxokamaga tortiladigan bo‘lishi lozim. Munozarada notiq o‘zini vazmin tutadi. Suhbatdoshini hurmat qiladi. Uning shaxsiga tegadigan so‘zlardan foydalanmaydi. Munozaraga qatnashuvchi oldiga quyidagi uchta talablar kuyiladi: - Munozara bo‘ladigan mavzuni to‘g‘ri tushinish. - O‘z fikrlarini quvvatlaydigan ashyoviy va mantiqiy dalilar topa olishi hamda ularni til orqali to‘g‘ri ifodalay olish. - Keltirilgan dalilardan mantiqiy xulosalar chiqara bilash. Bu talablarga javob bermaydigan nutq tinglovchilarga ta’sir etmagandek, notiqning munozarada yutib chiqishiga imkon ham yaratmaydi. Nutqona so‘zlash - Aytilayotgan fikrni tinglovchiga etib borishi va uning xulqiga ta’sir etishi notiqning so‘zlash maxoratiga bog‘liqdir. Oddiy gaplashishdan 81 notiqona nutqning farqi shundaki notiq xar bir aytilayotgan so‘zga, gapga, so‘z bog‘lamlariga alohida munosabatda bo‘ladi. Notiqona nutqning maqsadi va xususiyatlariga ko‘ra Tashviqiy, tanqidiy va tabrik nutqlarga ajratish mukin. Tashviqiy nutq – deb muallif ko‘zda tutgan biron bir voqea – hodisani bajarishga tinglovchilarni da’vat etuvchi, undovchi nutqka aytiladi. Tanqidiy nutq – yuz bergan hodisalar, shaxslar xatti-harakatlariga e’tirozli munosabatda bo‘luvchi nutq tanqidiy nutq hisoblanadi. Tanqidiy nutq kuchli mantiqiy mushoxadalarga sunyanadi. Notiq ishonchli dalillar asosida nutq manbaini tanqid qiladi. Tabrik nutqi – tabrik nutqida notiq turli dalillarlan foydalanadi. Bu dalillar nutq atalgan shaxsning fazilatlarini, yaxshi xulqini, xalq oldida qilgan xizmatlarini, insoniyligini ko‘rsatishga karatiladi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling