Konni shamollatishga, kishilarni yer ostida harakatlanishiga, materiallar
Download 14.23 Kb.
|
Bosh ochuvchi lahimlarga xarakteristika
Bosh ochuvchi lahimlarga xarakteristika. Bosh ochuvchi lahimlar foydali qazilmalarni transport vositalarida yer yuzasiga tashib chiqarishga, konni shamollatishga, kishilarni yer ostida harakatlanishiga, materiallar, uskunalar tashib keltirishga va boshqa maqsadlar uchun xizmat qiladi. Ochuvchi lahimlar muhim ahamiyatga ega bo'lganligi uchun uzoq muddat xizmat qilishi hisobga olingan holda ularning shakli, ko'ndalang, kesim usullarini to'g'ri tanlash katta ahamiyatga ega. Lahimlar shaklini va mustahkamlash usullarini tanlashda ularni o'tkazish mustahkamlash va ta’mirlash ishlariga sarflanadigan xarajatlarni minimal miqdorda bo'lishiga va xizmat qilish muddati davomida yuk tashiydigan transport vositalariga va shamollatishga sarflanadigan xarajatlar ham kam bo'lishligini ta'minlash kerak Lahimlarning ko'ndalang kesimi yuzasining o'lchamlari transport vositalarini me’yordagidek ishlashi uchun, kishilar harakatlanishiga qulay, xavfsiz, materiallar uskunalar tashishga va zarur bo'lgan miqdordagi havo oqimini o'tkaza oladigan o'lchamda bo'lishi kerak. Qo'llaniladigan bosh lahimlarning turlariga ko'ra ochish usul'ari quydagicha guruhlarga bo'linadi: Oddiy usullari: 1. Kondagi ruda yotqizig'ining osilgan va yotgan yonlaridan yoki flanglaridan tik shaxta stvollari bilan ochish: 2. Kondagi ruda yotqizig'ini osilgan va yotgan yonlaridan va flanglaridan qiya shaxta stvoli bilan ochish; 3. Kondagi ruda yotqizig'ining osilgan va yotgan yonlaridan shtolnya bilan ochish Kombinatsiyalashtirilgan usullari: 1. Yer yuzasidan tik shaxta stvoli, tik ko'r stvolga o'tish yo'li bilan konni ochish 2. Yer yuzasidan tik shaxta stvoli, qiya ko'r stvolga o'tish yo'li bilan ochish 3. Yer yuzasidan qiya stvol, qiya ko'r stvolga o'tish yo'li bilan ochish. 4. Shtolnya tik ko'r stvolga o'tish yo'li bilan ochish 5. Shtolnya, qiya ko'r stvolga o'tish yo'li bilan ochish. Tayyorlash yoki tayyorlash ishlari - bu shtreklar, vosstayushiylar, ortlar va boshqa kon lahimlarini o'tqazib, ular orqali konni ochilgan qismini, qazib olinadigan alohida uchastkalarga, qavatlarga, bloklarga, panellarga va stolbalarga ajratiladi. Qazib olinadigan uchastka ham o'z navbatida alohida tayyorlovchi va kesuvchi lahimlarga bo'linadi. Bu lahimlar o'z navbatida alohida qismlarga jumladan: qavat osti, qatlamlab, kesib kiruvchi pog'onalar, qavat osti kameralarga, kameralararo va panellararo seliklarga bo'linadi. Qazib olish - bu qazib olinadigan uchastkadan rudani qazib ajratib olib, hosil bo'lgan bo'shliq turg'unligini saqlab turishga xizmat qiladigan texnologik jarayon Qazib olish tartibi - qazib olinadigan uchastkani qazib olishda, qazilgan bo'shliqning holati xarakterlanadi. Bu belgi har xil qazib olish tizimlarining qo'llanishi umumiyligini va har xilligini to'laroq aks ettiradi, ayniqsa qazib olish texnologiyasini va har bir qazib olish tizimini texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini o'zgachaligini ko'rsatadi Download 14.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling