Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
Ishonchli munosabatlarda yaqin insonlar, qarindosh-urug‘, hamqishloq,
vatanishlarga qilinadigan munosablarga aytiladi. Bunday munosabatlarda «Sen» deb faqat oilada yoki yaqin munosabatlarda murojaat qilish mumkin. «Amaki», «xola», «tog‘a», «opoqi», «kelinoyi» va boshqa qarindoshlar o‘rtasida Shevadan kelib chiqqan xolda murojaat qilish mumkin. «Yaxshi yigit» yoki «yaxshi qiz» degan so‘zlar yoshlarga qarata qo‘llaniladi. Jamoat joylarida kasbi kor darja hamda yoshga qarab shofyor, doktor, o‘quvchilar,talabalar, yo‘lovchilar, qizlar, yigitlar, bolalar kabi nomlarni ishlatish mumkin. Intim, ya’ni yaqin munosabatlarda «azizim, jonim, begim, oyim, yuldo‘zim» kabi murojaatlarni uchratamiz. egasiz murojaatlarz munosabatda –“Kechirasiz falonchi ko‘cha qayerda?”, “Aytib berolmaysizmi soat necha bo‘ldi?”, “Ruxsat bersangiz kirsam”va boshqalar. Intim murojaatlarda shaxsga nisbatan chiroyli, Yoqimli, erkalash ma’nosidagi so‘zlardan foydalangan xolda murojaat etiladi: “Azizim”, “Mehribonim”, “Jonim”, “Begim” kabi so‘zlardan o‘rinda va samarali foydalanish zarur. Murojaatning bu turi insonning didli va farosatli ekanligini ham belgilaydi. Biroq, ushbu so‘zlarni bemavrid ishlatish insonni bachkanalikka olib keladi. Ayniqsa, “jonim” so‘zini barchaga nisbatan ishlatish aslo mumkin emas, bu so‘z faqatgina nikohdan o‘tgan, hayotini bir-biri bilan bog‘lagan kimslarga nisbatan ishlatilsa maqsadga muvofiq. 78 Nomsiz murojaatlarda shaxsni kim ekanligini yaqindan bilish katta ahamiyatga ega emas. Bunday murojaat qisqa mazmunda bo‘lib, biror noma’lum ob’ekt yoki sub’ektni aniqlash, u haqda muayyan ma’lumot olish uchun qo‘llaniladi. Masalan, “Kechirasiz, Olmazor ko‘chasini ko‘rsatib yuborsangiz?”, “Hurmatli yo‘lovchilar yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lashni unutmang”, “Doktor bolamni ko‘rib qo‘ysangiz, issig‘i tushmayapti.” singari murojaatlarda shaxsning aniq ismi ko‘rsatilmasada, u haqdagi ma’lumotlar va aytiladigan fikrlar tushunarli bo‘ladi. Aslini olganda, O‘zbekistonda murojaatning aniq bir shakli yo‘q. Ko‘p holatlarda har bir joyning o‘zidan kelib chiqib, Shevaga hamda urf-odatga asoslangan xolda murojaat qilinadi. Yangi tanishgan odam bilan munosabatda tushunmovchilikdan saqlanish uchun tashrifnoma juda qulaydir. Chet mamlakatlarda tashrifnoma juda keng qo‘llaniladi. Ularning rahamlari hamda o‘lchamlari qat’iy qoida bilan cheklanmagan. Inson o‘z tashrifnomasini tutqazar ekan, kelajakda shaxsiy hamda ish bilan bog‘liq aloqani qo‘llab-quvvatlayotganini bildiradi. Bahs san’ati –“eristika” (yunoncha oristicos – bahclashuvchi) ilm sifatida shakllanishini mutaxassislar odatda eramizdan avvalgi V asr yunon faylasuflari nomi bilan bog‘laydilar. Jumladan, Abderlik Protagor “Bahs san’ati” kitobini yozganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Ayni shu faylasuf ilk bor fikr, dunyoqarash, mulohazalar rang-barangligining tabiiyligi va inkor etib bo‘lmas haqiqiy ekanligini tushuntirgan va asoslab bergan. “Inson barcha narsalarning o‘lchovidir”, degan fikrga tayanib, Protagor: “Har bir narsa haqida ikki, bir-biriga zid fikrni aytish mumkin”,- degan xulosani chiqaradi va aslini olganda barcha narsalarning nisbiyligi haqidagi ta’limotga asos solgan. Bahs san’ati masalalarini Aristotel, Platon va boshqa antik davr mutafakkirlari ham o‘z asarlarida tilga olib o‘tishgan. Qadimgi Xitoy faylasuflari, jumladan, Mo-szi va uning izdoshlari bahs yuritishning bir necha usullarini farqlab berganlar. Qadim Hind olimlari esa mantiq ilmi doirasida bahslashuvchining o‘zini qanday tutishi, qanday gapirishi, o‘z fikrini asoslashi yoki raqibning fikr yuritishida mantiqsizlikni ilg‘ab, uni inkor etishi kabi 79 masalalar xususida jiddiy tavsiyalar ishlab chiqqanlar. Bizning ajdodlarimiz ham bahs yuritish san’ati masalalari bo‘yicha o‘z qimmatli fikrlarini qoldirganlar. Garchi bizda bahs san’atiga bag‘ishlangan maxsus asarlar yaratilmagan bo‘lsa-da, Beruniy, Forobiy, ibn Sino, Mahmud Koshg‘ariy, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Zamahshariy, Kaykovus kabi allomalar hamda Voiz Muhammad Rafi’, Voiz Qavziniy, Voiz Shirvoniy, Husayn Voiz Koshifiy kabi voizlar o‘zlarining tilshunoslikka, mantiqshunoslikka, falsafaga, voizlik san’atiga, she’r ilmiga bag‘ishlangan asarlarida bu mavzuga doir o‘z fikrlarini bildirganlar. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling