Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/86
Sana20.09.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1682832
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   86
Bog'liq
Ritorika

seriallar, qo‘shiqlar, teleko‘rsatuvlar v. x. k Hech qachon oilaviy muammolar, 
shaxsiy xayotdagi kelishmovchiliklar, o‘zi tushunmagan va ma’lumotga ega 
bo‘lmagan tor mutaxassislikka oid mavzular haqida gaplashish nojoiz.
- Barcha hursand holatda suhbatlashayotgan vaqtda, kayfiyatni tushuruvchi, 
qo‘rqinchli voqealar, ko‘ngilsiz holatlar haqida gapirish boshqalarni 
kayfiyatini tushirib yuboradi.
- Bemorni ko‘rgani borganda o‘lim haqida, uning kasal tarixi, mayda-chuyda 
jihatlari haqida gapirish yaxshi emas. Uning o‘rniga yolg‘on bo‘lsa ham 
ko‘rinishini yaxshiligi, albatta yaxshi bo‘lib ketishi mumkinli haqida suhbat 
qurish lozim.
- Dasturxon atrofida ishtahani bo‘g‘uvchi mavzular xaqida gapirilmaydi.
Ovqatni yomonlash, kamchilik axtarish yomon odat. Aksincha, uni 


69 
tayyorlagan insonni ko‘nglini ko‘tarish lozim.
Tarbiyali va madaniyatli inson tanishi haqida umumiy fikr bildirayotganda 
yolg‘on ishlatmaydi, uni g‘iybat qilmaydi. Bir inson haqida (hatto u yomon inson 
bo‘lganda ham) fikr bildirayotgan paytda to‘satdan kirib qolgan mavzu 
«qahramoniga», ko‘pchilik ta’sirida miyg‘ida qo‘lib, sinchkov nigoh bilan piching 
hamda qochiriqlar qilish ba’zida betga aytilgan haqiqatdan ham kuchliroq dilga ozor 
beradi.
Suhbatlashish jarayoni nafaqat suhbatlashish balki, tinglash holatiga ham 
bog‘liq. Tinglash faqat eshitib o‘tirishi kerak degani emas. Yaxshi suhbatdosh 
hamsuhbat fikrini mantiqiy tugatgandan so‘ng, o‘z fikrini to‘liq bayon qilib beruvchi 
insonga aytiladi. Juda ham kerak bo‘lib qolgan vaqtda o‘zr so‘rab, M: Kechirasiz, 
menimcha shu fikringiz., Yoki Fikringizni bo‘lganim uchun o‘zr so‘rayman, 
menimcha. .degan iboralarni qo‘llagan ma’qul. Bu vaqtda ushbu iboralarning egasi 
suhbatdoshiga so‘zlashga imkoniyat berishi lozim. Bunda dunyoqarash ham katta 
ahamiyat kasb etadi. Insonning dunyoqarashi haqida gap ketganda, albatta yoshlar 
bilan kattalar o‘rtasida tushunmovchiliklar bo‘ladi. Shunday paytlarda yoshlar 
o‘zlarini fikrlarini yoqlamasdan xo‘p deb, mavzuni boshqa yoqqa burib yuborishlari 
kattalarni dilini og‘ritib qo‘yishdan asraydi.
Muomalada gapning ohangi har xil bo‘lishi mumkin. Bular: takabburlik bilan, 
sovuq, o‘ziga qaratgan xolda, achchiq-tirziq tarzdagi ohanglar. Bir xil ya’ni 
monotonli gapirish ham boshqalar nazdida zerikarli bo‘lib, qiziqarli ma’lumotni 
ham xazm qilish qiyin bo‘ladi.
Muomala madaniyatining yana asosiy tavsifnomasi shundan iboratki, bu 
insonning manerasi, ya’ni xatti–harakatining ohang bilan uyg‘unligi. Bularga 
qomatni tutishi, qo‘l harakati, yuzdagi imo-ishoralar kirib ketadi.
Hayotimizni ko‘p qismini bizga notanish bo‘lgan odamlar bilan birga – 
ko‘cha-kuy, transport, turli xil jamoat joylarida o‘tkazamiz. Nafaqat o‘zimizning 
kayfiyatimiz, balki atrofimizdagi odamlarning kayfiyati ham jamoatda o‘zimizni 
qanday tutishimizga bog‘liqdir. Uydan ko‘chaga chiqayotganingizda kerakli bo‘lgan 
narsalarni: hujjatlar, dastro‘molcha, pul solingan karmon, taroq va boshqa zarur 


70 
bo‘lgan mayda-chuyda narsalarni o‘zingiz bilan olganingizga ishonch hosil qilib 
olganingiz ma’qul. Kiyim bosh, oyoq kiyim, soch turmagi, xullas, boshdan-oyoq 
o‘zimizga razm solib, so‘ng tashqariga chiqishimiz kayfiyatni ko‘tarib, uyda 
tashqarida o‘zimizga bo‘lgan ishonchni yanada kuchaytiradi. Ko‘chada o‘zini 
tutishning eng asosiy qoidasi – bu atrofdagilarning o‘zini noqulay va noxush 
sezishiga sabab bo‘lmasligidir.
Davrada erkak kishi ayol kishi bilan yumshoq munosabatda bo‘lishi shart, 
ammo oshirib yubormasligi lozim. Haddan ziyod mulozamatlarga vaqtliroq va 
bosiqroq javob bermoq lozim. Bunday vaziyatlarda «Kechirasiz, hazillarga 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling