Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
iborat.
Tushunchada – predmetlarning umumiy va asosiy belgilari aks ettiriladi. Tushuncha so‘z bilan ifodalanadi. So‘z tushunchaning tashqi formasidir. Tushunchaning mazmuni - bu predmetdagi asosiy belgilarning umumlashmasi haqidagi bilimdir. Agar tushunchaning mazmuni voqelikni to‘g‘ri aks ettirsa, voqelikka muvofiq kelsa, bunday tushuncha to‘g‘ri tushuncha bo‘ladi. Tushunchaning hajmi - muhim belgilari tushunchada aks ettan predmetlar doirasi haqidagi bilimdir. Hajm jixatdan keng bo‘lgan tushuncha, mazmun jixatdan tor bo‘ladi. M: "Daraxt" tushunchasi xajm jixatdan "olma daraxti" tushunchasiga nisbatan keng bo‘lsa-da, mazmun jixatdan tor. Chunki "olma daraxti" tushunchasi mazmunida daraxt tushunchasining barcha belgilari bo‘lishi bilan birga, o‘ziga hos belgilari ham mavjud. Tushunchalar mazmuniga ko‘ra, konkret va abstrakt tushunchalarga bo‘linadi. Konkret: "Toshkent","non", "ob-xavo". Abstrakt: "Kattalik", "botirlik", "g‘amxo‘rlik" kabilardir. Ta’rif - ta’riflashning to‘rt qoidasi bor. 1. Ta’rif mutanosib bo‘lmog‘i kerak. Ya’ni aniqlanuvchi tushuncha bilan aniqlovchi tushuncha teng bo‘lmog‘i kerak. 2. Ta’rifda aylanma bo‘lmasligi kerak. M: "Kulgi qistaydigan narsa – kulgili narsadir". 3. Ta’rifda inkor bo‘lmasligi kerak. M: "yorug‘lik - qorong‘ilikning yo‘qligidir" kabi ta’rif yorug‘likning ta’rifini tushuntirib bera olmayli. 4. Ta’rif kisqa, ravshan va aniq bo‘lmog‘i lozim. Tushuncha ta’rifdan ko‘ra mazmundorroqdir. Ta’rif tushunchani toraytiradi. 64 Ta’rifning asosiy vazifasi tekshirish natijalarini yakunlash, olingan bilimlarning, nutq qaratilgan predmet yoki hodisaning qisqa ifodasini berib, mustaxkamlashdir. Ta’rifda tushunchaning asosiy belgilari mustaxkamlanadi. Notiq so‘zlayotgan paytda quyidagilardan foydalanishi mumkin. 1. Ko‘rsatish - bevosita idrok qilinayotgan predmet bilan tanishuvning eng sodda usulidir. Ko‘rsatish predmetning xususiyatlarini tushunishda birinchi bosqichdir. 2. Tasvirlash - notiq xikoya qilayotgan u yoki bu predmetning belgilarini bir-bir sanab ko‘rsatishdan iborat. 3. Tavsiflash - bunda notiq predmet yoki voqealarning ba’zi, alohida xarakterli belgilarini ko‘rsatadi. Buyumlarning va ularning belgilari haqida biror narsani tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr muhokama deb ataladi. Aqliy xulosa. – Bu tafakkurning shunday formasidirki, uning yordamida u yoki bu hildagi muxokamalardan yangi muxokama chiqariladi. Aqliy xulosaning uch turi mavjud: deduktiv, induktiv va analogiya. 1. Deduktiv aqliy xulosa – fikr umumiydan xususiyga qarab rivojlanadi. M: Hamma planetalar sharsimon. Er planeta. Demak er sharsimon. 2. Induktiv aqliy xulosa - fikr xususiydan umumiylikka qarab boradi. M: O‘tgan kuni, kecha va bugun rosa yomg‘ir yog‘di. Shu xaftada yomgir ko‘p yog‘di. Notiq uchun sochilgan faktlarni hamrab olish va ixcham shaqlda ifodalash muhim rol o‘ynaydi. 3. O‘xshash aqliy xulosa yoki analogiya – fikr xususiydan xususiyga qarab boradi. Analogiya dalil emas, avtor undan o‘z fikrini tushuntirish uchun, shuningdek, extimol xulosalar chiqarish, u Yoki bu voqeani aniqroq xarakterlab berish uchun foydalaniladi. M: Faraz qilaylik, qandaydir A predmet...V predmet. Ishontirish, dalillash, isbotlash xar bir nutqning asosiy belgisidir. Odatda, nutqni isbotlash uchun faktik materialdan foydalanish kerak. Isbotlash – maxsus mantiqiy usuldir. Uning yordamida boshqa muxokamalarning haqqoniyligi asoslanadi. Isbot tezisini haqiqatan asoslab bermoq Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling