Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects
Ijtimoiy va urf - odatlarga asoslangan nutq
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
4. Ijtimoiy va urf - odatlarga asoslangan nutq - yubiley va maqtov nutqi,
dasturxon atrofidagi tilaqlar, ta’ziyadagi nutq. 5. Diniy nutq- Amri mu’ruflar, naxiy munkar, machitlardagi ma’ruzalar. Ijtimoiy - siyosiy nutq - Siyosiy nutq, diplomatik nutq, xarbiy vatanlarvarlik nutqi, siyosiy sharx, mitinglardagi nutqlar, agitator nutqi, davlat arbobining, siyosiy arbobning, siyosiy sharxlovchining, siyosatchinnig nutqi bo‘lib, u o‘zida iqtisodiy, ijtimoiy- siyosiy, madaniy - ma’rifiy, axloqiy - ma’naviy, xayotiy mazmundagi, ilm va fandagi yutuqlar xususida bo‘lishi mumkin. Qaysi mazmundagi doklad, ma’ruza, sharx bo‘lishidan katiy nazar, unda asosiy maqsad, echimiki kutadigan masalalar ko‘tarilishi kerak. Aytilgan fikrlarning asosiy xususiyati shundan iboratki, u boshqalar tomonidan o‘rganilishi, mushoxada qilinishi yoki tanqidga uchrashi mumkin. Akadsmik nutq - Ilmiy doklad, ilmiy ma’ruza, ilmiy ma’lumot, oliy ta’lim O‘qituvchilarining ma’ruzalari bo‘lib, unda u yoki bu yo‘nalish bo‘yicha ilmiy ma’lumotlar aniq, ravshan beriladi. Xuquq tartibot tashkilotlaridagi nutq, - Prokuror yoki qoralovchi nutqi, jamoatchi qoralovchi nutqi, himoya yoki oqlovchi nutqi, jamoatchi oqlovchi nutqi, o‘z - o‘zini himoya qilish nutqi. Sud jarayoni o‘ziga hos bir munozara maydoni bo‘lib, unda umuminsoniy axloq mezonlariga mos keladigan, xalq va davlat, ayni paytda, ayblanuvchi va jabrlanuvchi manfaatini himoya qiladigan adolat xaqiqat tushunchalari xukumron bo‘ladi. Bu jarayondagi barcha vositalar, jumladan nutq ham ana shu adolat va xaqiqatning tantanasiga qaratilgan bo‘ladi. yuqorida keltirilgan huquq tartibot tashkilotlaridagi nutqlar tomonlar manfaatini himoya qilish mohiyatidan kelib chiqib, muayyan o‘ziga hoslikka ega. Bu o‘ziga hoslik nutqda til birliklarini tanlash, gap qurilishi, sudda hakamlik qilishga nisbatan murojaatning o‘ziga hos lingvistik usullardan foydalanishda ko‘rinadi. Ijtimoiy va urf - odatlarga asoslangan nutq - yubiley va maqtov nutqi, dasturxon atrofidagi tilaqlar, ta’ziyadagi nutq bo‘lib, urf - odatlarga asoslangan xolda fikr bildiriladi. Masalan tug‘ilgan kun munosabati bilan bo‘ladigan tantanalarda 58 notiq o‘z nutqida u insondagi fazilatlar, chiroyli va ibratli xatti- harakatlari, erishilgan yutuqlari haqida fikr bildiradi. Taziyada ham insonning qilgan yaxshi amallari haqida sanab o‘tiladi. Dasturxon atrofida bildiriladigan tilaqlarga she’rlar, rivoyatlardan, ibratli so‘zlardan foydalanish mumkin. Ijtimoiy va urf-odatlarga asoslangan nutq o‘zining tasirchanligi bilan boshqa nutqlardan tubdan farq qiladi. Diniy nutq - Amri mu’ruflar, Naxiy munkar, machitlardagi ma’ruzalar o‘z ichiga oladi. Bunday nutqlar diniy bilimga ega kishilar tomonidan obrazli qilib, mimikalardan foydalanilgan xolda fikr bildirilsa nutq yana ham ta’sirchan chiqadi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling