Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar to‘G‘risida
Download 19.07 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-bob. Umumiy qoidalar
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDAGI QISQA MUDDATLI GURUHLAR TO‘G‘RISIDA NIZOM( 13.05.2019 yildagi 391-son) Reja: Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi maktabgacha yoshdagi bolalar qisqa muddatli guruhlari maqsadlari, vazifalar va faoliyatini tashkil etish tartibi Qisqa muddatli guruhlar faoliyati maktabgacha ta’lim tashkilotlari ustavi Qisqa muddatli guruhlar maktabgacha ta’lim tashkilotiga bormaydigan bolalarning to‘laqonli kamol topishini ta’minlash, ularni tengdoshlari va kattalar davrasiga moslashtirish Xulosa 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi maktabgacha yoshdagi bolalar qisqa muddatli guruhlari maqsadlari, vazifalar va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Qisqa muddatli guruhlar faoliyati maktabgacha ta’lim tashkilotlari ustavi bilan tartibga solinadi. 3. Qisqa muddatli guruhlar maktabgacha ta’lim tashkilotiga bormaydigan bolalarning to‘laqonli kamol topishini ta’minlash, ularni tengdoshlari va kattalar davrasiga moslashtirish uchun mo‘ljallangan. Oldingi tahrirga qarang. 4. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda bolalarning bo‘lishi uchun to‘lov qonunchilikda belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi. (4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 5. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda bolalarning bo‘lishi uchun to‘lov muassis tomonidan belgilanadigan narxlar va tariflar bo‘yicha belgilanadi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno. (5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Download 19.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling