St-91 guruh talabasi Ahmadxonov Muhammadzohir
Download 17.66 Kb.
|
bux1
- Bu sahifa navigatsiya:
- G’azna majburiyati
- Davlat zayomlari
St-91 guruh talabasi Ahmadxonov Muhammadzohir. Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalarning tarkibi. Uzoq muddatli moliyaviy qo'yilmalar - bu foyda olish uchun bo'sh mablag'larni bir yildan ortiq muddatga joylashtirish. Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalarning hisobi ularni quyidagi guruhlari bo’yicha olib boriladi. 1. Qimmatli qog’ozlar. 2. Sho’ba korxonalariga investitsiya. 3. Qaram birlashmalarga investitsiya. 4. Qo’shma korxonalarga investitsiya. 5. Boshqa uzoq muddatli investitsiya. 2. Qimmatli qog’ozlar , aksiya,obligatsiya,zayom va boshqalar? Aksiya – o’z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividend tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo’lgan huquqni tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog’oz. Obligatsiya – obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentni obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning qiymatidan qayd etilgan foizni olishga bo’lgan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog’oz. Obligatsiya lotincha obligatio so’zidan olingan bo’lib majburiyat ma’nosini anglatadi va u uning egasi qarz berganligidan guvohlik beruvchi, unga ushbu qimmatli qog’ozlarni nominal qiymatini unda ko’rsatilgan muddatda belgilangan (qat’iy) foiz to’langan haqi qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog’ozdir. Obligatsiya investorninig emitentga mablag’larni vaqtinchalik foydalanish uchun berilganligi haqidagi guvohnomadir. Obligatsiyadan olinadigan daromad foiz ko’rinishida bo’ladi. G’azna majburiyati – emissiyaviy qimmatli qog’ozlar egalari O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga pul mablag’lari kiritganliklarini tasdiqlovchi va bu qimmatli qog’ozlarga egalik qilishning butun muddati mobaynida qat’iy belgilangan daromad olish huquqini beruvchi emissiyaviy qimmatli qog’ozlar. Ular asosan jismoniy shaxslarga mo’ljallangan. Davlat zayomlari — byudjeti pul toʻplash maqsadida davlat nomidan sotish uchun chiqariladigan, davlatning qarzdorligini tasdiqlovchi qimmatli qogʻoz. Qarzni qoplash muddatlariga koʻra qisqa muddatli (1 yil), oʻrta muddatli (2—5 yil) va uzoq muddatli (5 va undan ortiq yillik) Davlat zayomlarilari boʻladi. Daromadliligiga qarab foizli va yutuqli, tarqatilish joyiga qarab mamlakatning ichki va xorijiy davlatlarga kredit tarzida beriladigan tashqi zayomlar mavjud. 3.Uzoq muddatli moliyaviy qoyilmalarning analitik va sintetik hisobi? Muddatiga qarab moliyaviy qo’yilmalar qisqa muddatli va uzoq muddatli bo’ladi. Bundan tashqari, moliyaviy qo’yilmalarni u yoki bu kategoriyaga o’tkazish qimmatli qog’ozlarni sotib olish maqsadiga bog’liq. Masalan, bir yil ichida undan foyda olish va qaytadan sotish maqsadida sotib olingan, qaytarish muddati bir yildan ortiq bo’lgan, aksiya yoki obligatsiyalar qisqa muddatli qo’yilmalarga kiradi. Moliyaviy qo’yilmalar sodir bo’lganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo’lib olingan aksiyalar, turli sertifikatlar, obligatsiyalar, amalga oshirilgan qo’yilmalar summasiga berilgan guvohnomalar, qarz berish bo’yicha shartnomalar hisoblanadi. Kutubxonaning amalga oshirgan qo’yilmalariga bo’lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlari olinmagan moliyaviy qo’yilmalar mablag’lari alohida hisobga olinadi. Qimmatli qog’ozlar sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga obligatsiyalar va berilgan qarzlarni qaytarilganini tasdiqlovchi oldi – sotdi dalolatnomasi, to’lov topshiriqlari kiradi. 140 “Depozitga qo‘yilgan pul mablag‘lari” subschyotida tashkilotlarning vaqtincha bo‘sh turgan budjetdan tashqari mablag‘larini banklarga depozitga qo‘yilishi aks ettiriladi. Vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larning banklarga depozitga qo‘yilishi 11 schyotning tegishli subschyotlari kreditida va 140 “Depozitga qo‘yilgan pul mablag‘lari” subschyotining debetida aks ettiriladi. Ushbu mablag‘larning tashkilot hisobvaraqlariga qaytarilishi esa, aksincha, 11 schyotlarning tegishli subschyotlari debetida va 140 “Depozitga qo‘yilgan pul mablag‘lari” subschyotining kreditida aks ettiriladi. Download 17.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling