Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects
- mavzu. Ritorikaning mazmuni va tuzilishi
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
5 - mavzu. Ritorikaning mazmuni va tuzilishi
Reja 1. Nutqdagi birinchi ma’lumot. 2. Nutqda ikkinchi darajadagi ma’lumot. 3. Nutqda muammoli vaziyatlardan foydalanish. 4. Mantiqiy fikrlash usullari 5. Fikrlashning asosiy formalari 61 6. Suhbat, murojaat. 7. Baxslashish qoidalari 8. Talaffuz, muhokama, munozara, tabrik nutqi. Xar qanday nutq birinchi navbatda ma’lumot berishi lozim. Ma’lumotning asosiy xususiyati shundan iboratki u aniq bo‘lishi lozim. Birinchi ma’lumot ijtimoiy hayotdan olinadi agar u aniq faktlarga asoslangan bo‘lmasa notiqning obro‘sizlanishiga olib keladi. Xar bir ma’lumotga jiddiy va ilmiy yondoshuv talab qilinadi. Bugungi kunda televidenie, radio, internet hamda gazeta va jurnallar orqali ma’lumotlar tez etib kelmoqda. Zamonaviy notiqlik san’atidagi muammo - ma’lumotlarni to‘g‘ri ajrata bilish. Notiq qaerdan va qanday ma’lumotni olishi uning nutqini qurilishining asosiy poydevori bo‘lib xizmat qiladi. Nutqdagi birinchi ma’lumotni ochib berish uchun keltiriladigan siyosiy, ilmiy, axloqiy, ma’naviy, ruhiy taxlillar orqali u ikkinchi darajadagi ma’lumotga aylanadi. Ya’ni birinchi ma’lumot barcha uchun tushunarli bo‘ladi, u yangi sifat bosqichiga ko‘tariladi, ma’lumotni ma’nosi, xaqiqatligi isbotlanadi. Nutq ma’nosi asosini - xaqiqat tashkil qiladi. Go‘zal so‘zlardan tashkil topgan so‘zlar yig‘indisi bilan insonlarni aldab bo‘lmaydi. Notiq nutqning ravonligi, ma’noli go‘zal nutqi bergan ma’lumotlarining yangiligini, badiiy asarga o‘xshatish mumkin. Birinchi ma’lumotni, ikkinchi ma’lumotga aylantirdik. Endi bu ma’lumotni ochib berish uchun muammoli vaziyatlardan foydalanish lozim. Auditoriyaga ijtimoiy xayotdagi xolatlardan kelib chiqib, masalani o‘rtaga tashlash kerak - shunda muammo yuzaga keladi. Shu muammoni xal qilish uchun xar - hil muammoli vaziyatlarni sharxlab isbotlash kerak bo‘ladi. Demak berilgan birinchi ma’lumotni xaqiqatga yoki sarobga aylantirish notiqning san’atiga, bilimiga, maxoratiga bog‘liq. Nutqda xar bir fikr mantiqan asoslangan taqdirdagina, uning ta’sirchanligi kuchli bo‘ladi. Mantiq - fani grekcha "logos" so‘zidan olingan bo‘lib, nutq, fikr, o‘y demakdir. U- fikrlash qonunlari, shakllari va usullarini o‘rgatuvchi fandir. Aniqlik, izchillilik va dalillilik – to‘g‘ri fikr yuritishning zaruriy xususiyatidir. 62 Nutq to‘g‘ri bo‘lishi uchun fikrlar aniq va muayyan, bir - biriga izchil suratda bog‘langan bo‘lishi lozim, fikr yurgizayotgan mavzudan chetga chiqmaslik zarur, mazmunida mantiqiy ziddiyatlar va poyma-poy, dudmal gaplar bo‘lmasligi kerak. Xukmlar va xulosalar asosli bo‘lmog‘i lozim, yo‘ksa, ular ishonarli bo‘lmay qoladi. Mantiqiy fikrlash usullari bular: - solishtirish, analiz, sintez, abstraqlash va umumlashtirish. Solishtirish shunday bir mantiqiy usuldirki, bu usul vositasi bilan ob’ektni olamdagi predmetlar va voqealarning bir-biriga o‘xshashligi va bir-biridan farqi aniqlab olinadi. Solishtirish ya’ni taqqoslash natijalarining to‘g‘riligini belgilaydigan zaruriy shartlar quyidagilar: 1. Bir-biri bilan xaqiqatdan real tarzda bog‘lanishi bo‘lgan buyumlarni taqqoslash kerak. 2. Taqqoslashning to‘g‘riligini isbotlash solishtirishlikka nimani asos qilib olishlikka bog‘liq. 3. Ikki yoki bir necha buyumni bir belgi asosida olib, ayni bir nisbatda taqqoslash kerak. 4. Xar qanday solishtirish daf’atan duch kelgan belgilarga qarab emas, balki taqqoslanadigan buyumlar uchun muhim ahamiyati bo‘lgan belgilarga qarab qilinmog‘i lozim. Analiz - shunday bir mantiqiy usuldirni, uning yordami bilan biz buyumlarni, hodisalarni fikran qismlarga bo‘lib, ularning ayrim qismlarini, belgilarini, xususiyatlarini ajratamiz. Sintez - shunday bir mantiqiy usuldirki, predmet va hodisaning analiz bilan bo‘lingan ayrim qismlarini shu usul yordami bilan fikran birlashtirib, bir butun xolga keltirish mumkin. Analiz va sintez bir - biri bilan chambarchas bog‘liq xolda olib boriladi. Nutq qaratilgan predmet yoki hodisaning biror tomoni muhim, boshqa tomoni muhim emasligini ham farq qilish lozim bo‘ladi. Bunda abstraksiyalash va umumlashtirish usuli qo‘l keladi. Abstraksiyalash – shunday bir mantiqiy usuldirni, bu usul yordami bilan predmet va voqealarning muhim xususiyatlari fikran ajratiladi va ularni predmetlar, 63 voqealarning ikkinchi darajali va ahamiyati kam xususiyatlardan chet lashtiriladi. Umumlashtirish – shunday bir mantiqiy usuldirni, bu usul yordami bilan biz jinsdosh predmetlarning umumiy xususiyatlarini fikran birlashtiramiz. M: Xayvon, inson sut emizuvchi kabi tushunchalar umumiylik asosida vujudga kelgan. Umumlashtirish predmetlarning o‘zida bo‘lgan umumiy narsani bilishga asoslangan taqdirdagina to‘g‘ri bo‘ladi. Fikrlashning asosiy formalari - tushuncha, muhokama va aqliy xulosalardan Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling