Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/86
Sana20.09.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1682832
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   86
Bog'liq
Ritorika

ichindadir» nomli asarida «So‘z – idrok qilishda so‘zga muhtoj bo‘lganlar uchundir.
So‘zsiz idrok etganning so‘zga qanday ehtiyoji qoladi? Idrok eta bilgani uchun 
ko‘klarning, erning hammasi so‘zdir. Hafif bir sasni eshitganga baqirib-
chaqirishning nima hojati bor? Dunyo ham Qur’ondagi «Bo‘l» (Uning amri bo‘l 
demak edi. U hamon bo‘ldi) so‘zidan bino bo‘lgandir», degan fikrni bildirib ketadi.
Shunday ekan, so‘zlarni mazmun bilan boyitish ham muhimdir. Chiroyli nutq egasi 
o‘z nutqi bilan bir necha marotabagina odamlarni o‘ziga jalb qilishi mumkin. Lekin 


76 
mazmunsiz chiroyli so‘zlar odamlarni me’dasiga tegadi. Ish, martaba, kechinmalar 
va kayfiyatning yomonligi, betoblik atrofdagilar bilan qo‘pol muomalada bo‘lish 
huquqini bermaydi. Hatto buyruqni ham muloyimliq bosiq ohang bilan va shu qatori 
bir vaqtda ishga doir qat’iyyatlik bilan berish mumkin. Buyruq ohangidan faqat 
bajarilishi shart va majbur bo‘lgan soxalarda Ya’ni harbiylar foydalanishi mumkin.
Muhokama - ma’lum bir masala yuzasidan ko‘pchilikni fikrini tuplashni, 
ma’lum to‘xtamlariga kelishini anglatadi. Muhokamada baxs predmetining hamma 
tomonlari nazarga tashlanadi. Xar bir ishtirokchi o‘zining erkin fikrlarini o‘rtaga 
tashlaydi. Mavzu ishtirokchilarning turli xajmdagi diologlari, monologlari asosida 
yoritiladi. Muhokamada fikrni og‘zaki bayon etishning xar-hil usullaridan 
foydalaniladi.
Murojaat qilish – insondan ko‘p narsani talab qilmaydi. U kishini tarbiya 
ko‘rganligidan dalolat beruvchi harakatlar majmuasidir. Aslida murojaat qilish har 
– xil kechib, bu insonni qayerda, kim bilan, qay paytda, suhbatdosh bilan o‘zaro 
munosabatdan kelib chiqqan xolda bildiriladi. Murojaat qilib aytilayotgan so‘zlar 
nafaqat unga bo‘lgan hurmat balki, maqsadga muvofiqlikda ham qo‘llanadi.
Murojaat qilib aytilayotgan so‘zlar nafaqat hurmat belgisi, balki, maqsadga 
erishish vositasi hamdir. Murojaat vaziyatga, sharoitga, jamoaga, muhitga qarab 
yakka shaxsga yoki jamoaga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Biroq, barcha murojaatlar axloq 
me’yorlariga bo‘ysingandagina ijobiy natija berishi mumkin.
Insoniy munosabatlarda aytilayotgan so‘zlar faqat axloqiy me’yorlarga 
tayanadi. Bu esa qarindoshlar, sevishganlar, er-xotin, do‘stu-birodar, mansabdor 
shaxs va xodim o‘rtasidagi munosabatlarda qo‘llaniladigan so‘zlar turlicha 
bo‘lishini anglatadi. Murojaat ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega 
bo‘lgan munosabat turi bo‘lib, ular og‘zaki yoki yozma ko‘rinishga ega. Murojaat 
qilish ham bir necha turlarga bo‘linadi: ular – rasmiy, ishonchli, intim va egasiz.
Rasmiy murojaatlarda «xonimlar va janoblar» deb jamoatga murojaat 
qilinadi. Rasmiy murojaatlar mehnat jamoasida rahbarga, ishlab chiqarish 
korxonalarida yetakchi mutaxassisga, ta’lim muassasalarida ta’lim beruvchi 
ustozga, harbiy va huquq tartibot organlarida unvoni katta zobitlarga, davlat 


77 
ahamiyatiga molik tadbirlarda jinsga qarab yoki barchaga rasmiy murojaat qilinadi.
M: yakka shaxsga nisbatan janob Toxirov deb murojaat qilish mumkin. Agar 
familiya ishlatilmasa janob direktor, direktor xonim deb murojat qilish maqsadga 
muvofiq. O‘rtoq Abdullaev, o‘rtoq general, ya’ni “o‘rtoq” so‘zi harbiylar 
qo‘llaydilar. elchilar hamda yuqori martabali insonlarga nisbatan “Janobi oliylari” 
deb murojaat qilinadi. Rasmiy munosabatda faqat sizlab gaplashiladi. Rahbarning 
qo‘l ostidagi barcha kishilar bilan bo‘lgan munosabatida ham, 9 yoshdan yuqori 
bo‘lgan maktab o‘quvchilardan tortib, talabalar bilan bo‘lgan munosabatda ham, 
notanish insonga murojaat qilganingizda ham sizlab murojaat qilinadi.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling