Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
Qo‘shimcha adabiyotlar:
96 1. Begmatov E. Notiqning nodir boyligi. - T “O‘zbekiston”.1981. 2. Apresyan G.R. Oratorskoe iskusstvo.- M 1978 3. Husain Voiz Koshifiy. Axloqi muhsiniy. T.: O‘zbekiston fanlar akademiyasi. Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti nashriyoti, 2010. 4. Aristotel Ritorika. - M 1998 5. Abdiev M. Til boyligi el boyligi. “Muloqot” № 5 2001 B31-32 6. Aserenseva S. Oratori Gretsii. – M. «Xud. lit» 1985. 7. Golub I.B. Kniga o xoroshey rechi - M 1997. 8. Ivanova S.F. Uchitsa ubejdat. Beseda ob oratorskom iskusstve – M.1989. 9. Qur’oni Karim - T. “Cho‘lpon” 1992 10. Bobomurod A. - Islom odobi va madaniyati. - T.”Cho‘lpon” 1995 11. Bezmenova N.A. Ocherki po teorii i istorii ritoriki.- M. Nauka 1991 12. Mixnevich A.E. O krasnorechi v shutku i vseryoz. – M. Znanie. 1989 13. Fitrat A. Adabiyot qoidalari. - T “O‘qituvchi”. 1995. 14. O‘zbekiston Milliy Endiklopediyasi. T. 6. 2003 7 - mavzu. Ritorikaning axloqiy tamoyillari Reja 1. Chiroyli so‘zlashning axloqiy funksiyalari. 2. Nutq odobi. 3. Muomalada oddiylik. 4. Notiq shaxsiga qo‘yiladigan talablar. Muomala axloq ko‘rki sanaladi. Har bir insonning qanday dunyoqarashga egaligi, bilimliligi, uning boshqalarga qilayotgan muomalasidan ma’lum bo‘ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, muomala insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa vositasi hisoblanadi. Bir-birimizga bo‘ladigan muomalamiz, munosabatimizning zamirida ham chiroyli muomalaning shartlari yotadi. Nutq odobi – insonning umumiy axloqini belgilovchi asosiy mezondir. o’rta Osiyoda axloqiy tarbiya o’z an`analariga egadir. Axloq haqidagi ibratli, dastlabki fikrlar qadimgi turkiy yodnomalarda, buyuk allomalarning asarlarida va boshqa 97 yozma yodgorliklarda bizgacha etib kelgan. Nutq shaxsiy hodisa, Nutqni har bir shaxs o’zi tuzadi. Normativlarni tanlash, baholash ham shaxs tomonidan bajariladi. Insonning muomalasiga qarab, axloqiga ham baxo beriladi. So‘z orqali insonlarning tafakkuri, fikri anglashiladi, muomala madaniyati orqali u kishining odobi, kelib chiqishi, naslu - nasabi, ota - onasi va ustozining bergan ta’lim tarbiyasi namoyon bo‘ladi. Til -inson tafakkurining maxsuli. U inson madaniyati, fikriy go‘zalligini, yaxshi, ibratli, havas qilsa arziydigan fazilatlarni yuzaga chiqaruvchi vositadir. Uning insonga ta’siri ham shunga yarasha. Xar bir so‘zni o‘z vaqtida so‘zlash, so‘zlashdan oldin puxta o‘ylab ko‘rish kerak. Shuning uchun ham o‘tmishda yashab o‘tgan mutafakkirlarimiz tilga, so‘zga hurmat bilan yondoshishni ta’kidlaganlar. Husayn Voiz Koshifiy so‘z qadri, kamgaplik to‘g‘risida ibratli fikrlarni bayon etgan: «Har zabon tig‘i haq g‘uzorlikda noqildur ango tez-tez tig‘ zaboni birla sazo bermak kerak» yoki «Haq vaqtiki so‘zlar aytursizlar yaxshi so‘zdin bo‘lakni aytmangizlar va ko‘p so‘zlamak ko‘ngilni qaro qilur, xor aylar» yoki «Mumkin ersa, yaxshi so‘z qil oshkor, yaxshi so‘zdin ho‘b yo‘qtur yodgor», «Nasihatni shirin so‘zu muloyimlik birla ibtido qilgay, chunki bu zamonda yumshoqlik va xushho‘ylik ko‘rguzmayin nasihat korga kelmas»,-deydi va inson har doim yaxshi so‘zni so‘zlashi lozimligini uqtiradi. Koshifiy bunday kishilarni hech bir so‘zida qadr- qimmati yo‘q, og‘zidan nima chiqayotganini bilmaydigan kishilardir, deb baxolaydi. Husayn Voiz Koshifiy ham chiroyli so‘z xaqida shunday deydi – “Agar bu so‘zlarning ma’nosi nimadir, deb so‘rasalar, degilki, odam o‘zidan ustun kishiga yetganda, odob saqlab sukut qilsin va undan o‘rgansin. O‘zidan tubanroqqa yetganda, haq so‘zlarni aytib, uning ko‘nglini ilitsin va haqqa hidoyat etsin, hulqu karam bilan foyda yetkazsin. O‘ziga barobar odamga yetganda esa, shafqat va marhamat yo‘lini tutsin.” 1 Ular e’tiborsiz, so‘z so‘zlovchilardir. Bu kishilar jununga, Sherga ittifoqchi sanaladi. 1 Husayn Voiz Koshifiy. Axloqi Muxsiniy. Т. Mexnat. 1991. B.51 98 Ko‘p gapirmaslik, so‘zni mensimaslik, qolaversa, faqat yaxshi gapni aytib yodgorlik qoldirish kerakligini ko‘p bor ta’kidlaydi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling