Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
Oldiga kelganin yomok xayvonning ishi,
Og‘ziga kelganni demak nodonilig ishi A.Navoiy Islomiy manbalarda ham iymon qalbdadir deb bejizga ta’kidlanmagan. Biroq, uni so‘z bilan ifoda qilmasa, foydasi yo‘q. Namoz ham amaldir, u ham muqaddas so‘zlardan tashkil topgan. Inson «so‘zning ahamiyati yo‘q» deyishi bilan o‘z- o‘zingni inkor etadi. Chunki shu fikrni ham so‘z bilan ifoda qilayotganligini bilmay qoladi. Islom dini insonlarni shirinso‘z bo‘lishga chaqirishi bejiz emas. Zero, Qur’onda «Bandalarimga aytgin, ular eng go‘zal bo‘lgan narsani aytsinlar. Albatta, shayton oralarini buzib turadi» (Isro surasi,53 oyat) . Alloh mana shu oyatda musulmonlarni o‘zaro suhbatlarida, gap-so‘zlarida shirinso‘z bo‘lishga buyuradi. Agar ular buyruqqa itoat etmay, yomon so‘zlarni ixtiyor qilsalar, albatta shayton oralarini buzadi va natijada yomonlik va dushmanlik sodir bo‘ladi. Qur’onning Baqara surasi, 83-oyatida esa Alloh aytadiki, “Va odamlarga yaxshi gaplar ayting”. 1 So‘z inson tanasiga turlicha ta’sir etadi. Inson xar doim navqiron, bardam bo‘lishi uchun boshqa insonlarni ranjitmasliklari, dilini vayron qilmasliklari hamda o‘zlari ham xushtabiat bo‘lishlari lozim. Uquv va bilimning tarjimoni ham tildir. Kishiga rushnolik, yaxshilik va ezgulik til tufayli keladi. Agar tilga e’tibor bermasa, uni noo‘rin ko‘llansa, insonning boshiga kulfatlar keltiradi. Til arslon misoli yotar qafasda, Bexabar boshini u er nafasda Tilidan tutilgan ne deyar, eshit, Amal qil bu so‘zga, o‘zingga esh et. Bolo keltiradi boshga bu til So‘zingni tiyib yur, boshing yorilmasi 1 Qur’oni Karim. T.: Cho‘lpon nashriyoti. 1992. B.168. 99 Tilingni tiyib tur, tishing sinmasin. Yusuf Hos Xojib Shirinso‘zlik ko‘pgina muvoffaqiyatlarning omilidir, u taraqqiy etgan jamiyat tashkil etishning asoslaridan biridir. Shuning uchun ham bu narsaga barcha buyuk donishmandlar katta ahamiyat berib kelganlar. Ular doimo boshqalarga yaxshi so‘zlarni aytish, muloyim gaplarni tanlashga undaganlar. Yaxshi, muloyim gapni ishlatish insonning obro‘sini orttiradi, do‘stlarini ko‘paytiradi, hammaning hurmatiga sazovor qiladi. Donolar aytibdurlar: "Ey farzand.So‘z turt nav bo‘ladi: birinchisi- bilishga aytishga hojati yo‘q so‘zlar; ikkinchisi - bilishga va aytishga zarur bo‘lgan so‘zlar; uchinchisi - bilishga zaruri yuq ammo aytsa bo‘ladigan so‘zlar; to‘rtinchisi - bilsa bo‘ladigan, ammo aytishga hojati yo‘q so‘zlar. Ammo aytiladigan va bilinadigan so‘z shunday bo‘ladiki, dunyoning yaxshiligi shu so‘zga bog‘liq bo‘ladi. Bunday so‘z dunyo uchun foydalidir. Bunday so‘zni aytuvchiga ham, eshituvchiga ham ko‘p manfaati bor. Bilish mumkim – u, gapirish mumkin bo‘lmaydigan so‘zlar shunday bo‘ladiki, bir dust kishining aybi senga ma’lum bo‘ladi. Aql tomonidan o‘ylagan vaqtida uni aytish bexayodikdir. Shu aybni aytsang, do‘stingni jaxli chiqadi, u sendan xafa bo‘ladi yoki o‘z boshiga katta g‘avg‘o ortirib alasan, shuning uchun bu so‘zni bilish kerak, ammo aytmaslik lozim.... Ey farzand, hamma vaqt to‘g‘ri so‘z gapir.shoshilishdan qochgil. xar bir so‘zga quloq sol, tezlik qilma. O‘ylasmasdan so‘zlama xar bir so‘zni o‘ylab gapir, to aytgan so‘zingdan po‘shaymon bo‘lmagaysan. Sovuq, so‘z so‘zlama. Sovuq so‘z bir ypyg‘, undan dushmanlik hosil bo‘ladi 1 Alisher Navoiy ham so‘zning xashamdorligidan ko‘ra, haqqoniyligini ulug‘laydi. Shirin so‘zli, el uchun foydasi tegadigan notiqlarga yon bosadi. Ularning xizmatini masjid imomlarining qilayotgan ishlaridan yuqori ko‘yadi. Shu tufayli ular uchun imomlarga nisbatan ancha ko‘p mablag‘ ajratishni tavsiya etadi: "Voizga yillik naqdi besh yuz oltun, bug‘doy un yuq. Imomg‘a masjidi jome’da xatib bo‘lib, 1 Kaykovus. Qobusnoma. Т.:Istiqlol 994. B 39-41 100 maktabdag‘i tutgay, yillik nafi ikki yuz oltun, bug‘doy un yuq." 1 Demak, shirin so‘zli bo‘lish tarbiyalanganlik belgisidir. Kuch bilan erisha olmagan narsaga so‘z bilan erishish mumkin. «Muomala» so‘zi zamirida butun insoniyat taqdiri mujassam» ekanligini e’tirof etgan adabiyotshunos olim N.Bekmirzaev muomala va shirinso‘zlikning inson hayotidagi o‘rni, ahamiyati, qimmatiga doir ma’lumotlarni keltiradi. Ayniqsa sansirab murojaat qilish odobsizlik ekanligi, do‘q-po‘pisa betayinlik va beburdlik nishonasi ekani haqida ta’kidlab, «Har bir odam o‘zining shaklu-shamoyil go‘zalligiga vaqt va pul sarflash hisobiga erishadi. Agar odamlardagi shakl go‘zhalligiga ma’naviy –axloqiy go‘zallik, muomala madaniyati ham qo‘shilsa bormi, nur ustiga a’lo nur bo‘lardi. Bundaylarni komillikka intilish yo‘lidan borib, odamlarga shirin so‘zlari bilan ruhiy madad beradiganlar safiga kiritish lozim» 2 - deydi. Darhaqiqat, chiroyli muomalaning qudrati inson bilimi bilan ham belgilanadi. Zero, oqilonalik so‘z, nutq bevosita tafakkur mahsuli, tafakkur esa bilimsiz vujudga kelmaydi. Shu bois, bilimsizlik o‘zaro muloqotda, insonlararo munosabatda pand berib qo‘yishi, aksincha, oqil kishining tili so‘zda erkli, mushohadali bo‘lib, ko‘plarga naf keltirganligi haqida pandnomalarda bitilgan. Bugungi kunda insonlararo muloqotda, odamlar orasida andishasiz so‘zlar, behayo gaplar, tuturuqsiz fikrlar, mantiqsiz mulohazalar va shallaqilik ko‘payib borayotganligi achinarli xoldir. Ayniqsa, bozorlarda, jamoat transportlarida, ko‘cha- kuyda bunday illatlar tez-tez ko‘zga tashlanmoqda. Eng achinarlisi shundaki, yomon so‘zlar bilan murojaat qilish, so‘kinib gapirish ziyo maskanlari hisoblanmish ta’lim muassasalarida, madaniyat o‘chog‘i bo‘lmish san’at saroylariga ham kirib borayotganligini kishini ajablantiradi. Ayrim qizlarimiz va o‘g‘il bolalarimizning bir-biriga aytayotgan gapini, muomalasini ko‘rib xijolatli xolatga tushasan. Xattoki global tarmoqlarda ham yozma nutqlardagi savodsizlikdan tashqari behayo, xaqoratli so‘zlarni bemalol ishlatayotgan insonlar ko‘payib borayotganligi achinarli 1 Alisher Navoiy. Asarlar. Т13. B.178 2 Bekmirzaev N. Notiqlik san’ati asoslari. Т. Universitet. 2005. B.14 101 xol xisoblanadi. Bejizga «Inson gapiruvchi hayvondir». Uning xususiyati hayvonlikdan va gapirishdan iborat»-deb ta’kidlagan edi mavlono Jaloliddin Rumiy. Hayvonlik unda doimiydir, ayrilmasdir. So‘z ham shundoq. Inson ko‘rinishidan hech narsa demasa ham, ichida hamisha gapiradi. Bu xol go‘yo loy qorishgan suv toshqiniga o‘xshaydi. Toshqinning toza suvi insonning so‘zi (nutqi) balchig‘i esa hayvonligidir. Biroq, balchiq unda o‘tkinchi bo‘lib, vaqt kelib ulardan asar ham qolmaydi. Yaxshi yoki yomon bo‘lishiga qaramay, so‘zlar, hikoyalar va bilimlar qoladi. Odamlarning yomonliklariga sabr qilmoq go‘yo o‘z nopokligini ularga surtib tozalangan kabidir. Sening fe’li huying tahammul bilan yaxshilanadi. Ularniki esa zulm va yomon muomala sababli buziladi. Buni eslab olding va endi o‘zingni pokla»-deydilar 1 Darhaqqat, so‘z inson qalbini ilitadi va shu bilan birga so‘z inson qalbini jarohatlaydi ham. Shu bois xalqimizda «Tig‘ yarasi ketar, so‘z yarasi ketmas», degan maqol bekorga aytilgan emas. Chunki so‘zning qudrati benihoya katta. Husn jamoli yo‘q odam shirin so‘z bo‘lsa, go‘zal va shirin so‘zi bilan barchani qo‘lga oladi aksincha tili yomon odam xalq ko‘nglini jarohatlaydi. Notiq shaxsiga qo‘yiladigan talablar. Notiq birinchi navbatda o‘zini shaxs sifatida shakillantirishga xarakat qilishi kerak. Insoniy fazilatlar unda mujassam bo‘lishi lozim. Notiq kamtar, shirin so‘z, odamjonli, sermulohazali, bamani va diyonatli inson bo‘lishi kerak. Bunday axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan insonlarni fikrlarini to‘g‘riligiga hech kim shubha kilmaydi. Shirinsuxan, axloqli insonlarni alohida, maxsus joylarda etishtirilmaydi. Ular ham bizning jamiyatimizda kamol topib boradilar. Notiqlik san’atida adolat va haqiqat masalalari haqida juda ko‘p fikrlarni berish mumkin. Bugungi kunda TV, radio, internet orqali xar - hil ma’lumotlar berib kelinmoqda. Lekin bu ma’lumotlarni barchasini ham to‘g‘ri deb bulmaydi. Ya’ni siyosiy informatsion kurash ketmoqda. Bu ma’lumotlarni tug‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi o‘z ishining yetuk mutaxasnslari o‘z nutqlari bilan joylarda, yoki o‘sha TV, 1 Mavlono Jaloliddin Rumiy. Ichingdagi ichingdadir. Т.Yozuvchi. 1997. B.67 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling