Alber Kamyu. «Kundaliklar»idan Erkinlik, bu yolgʻon gapirmaslik huquqidir
Download 10.05 Kb.
|
Alber Kamyu. «Kundaliklar»idan 2
Alber Kamyu. «Kundaliklar»idan Erkinlik, bu — yolgʻon gapirmaslik huquqidir. * * *
Nega men san’atkorman, faylasuf emasman? Chunki men gʻoyalar orqali emas, soʻzlar vositasida fikrlayman.
* * *
Hayotning buyuk savoli — odamlar orasida qanday yashash.
* * *
Tragediya.
* * *
Faqat obrazlar orqali tafakkur qilish mumkin. Agar faylasuf boʻlishni xohlasang, romanlar yoz.
* * *
Grenye kommunizm haqida: «Adolat idealini deb bema’niliklarga rozi boʻlish kerakmi». «Ha», deb javob berish mumkin, bu — goʻzal. «Yoʻq», deb ham javob berish mumkin, bu — vijdonan boʻladi. — Butun masala ana shunda.»
* * *
Erkin matbuot yaxshi ham, yomon ham boʻlishi mumkin. Erksiz matbuot faqat yomon boʻladi.
* * *
Kamdan-kam odam san’atni anglashga qodir.
* * *
Yozish — minnatsiz yumush demakdir.
* * *
Manu qonuni:
* * *
Oʻlimda oʻyin va qahramonlik oʻzining haqiqiy ma’nosiga ega boʻladi.
* * *
(1936), mart.
* * *
31 Mart.
* * *
May.
* * *
Ayolning ayovli va sipo doʻstligi.
* * *
XX asrning eng kuchli ehtirosi — malaylikdir.
* * *
Eng xavfli yoʻldan ozish: hech kimga oʻxshamaslik.
* * *
Men hech narsadan koʻz yummaslikni afzal bilaman.
* * *
Hamisha haq boʻlishga intilish — aqlning tarbiya topmaganligi belgisidir.
* * *
Har qanday odamning hayotida buyuk tuygʻular kam, mayda hislar koʻp boʻladi...
* * *
Ha, mening vatanim bor: fransuz tili. Giyote aytgan edi iqtidorlilar hamma ishda iqtidorli deb. Download 10.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling