Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
bayon eta olsin." – deydi.
155 4-mavzu - Notiqlik san’atining xususiyatlari va turlari Nutq – bu notiqning tinglovchilarga bilim, ko‘nikma va malaka berishi, ularda yangi xaqiqatlarni ocha bilishiga qodir bo‘lgan ijodiy, mantiqiy tafakkur tarbiyasidir. Nutq - insonlarning til orqali bir - birlari bilan muomala va aloqa qilish usulidir. Nutq to‘g‘ri bo‘lishi uchun fikrlar aniq va muayyan, bir - biriga izchil suratda bog‘langan bo‘lishi lozim Nutq og‘zaki va yozma ko‘rinishga ega . Til nutq uchun moddiy materialdir. Bu material asosida nutq tashkil topadi. Dialog deganda ikki va undan ortiq kishilarning o‘zaro suhbati tushuniladi. So‘z bo‘g‘inlaridan birning boshqalariga nisbatan kuchliroq ovoz bilan aytilishi urg‘u deyiladi Nutqning quyidagi turlari mavjud bular: Ijtimoiy - siyosiy nutq Akademik nutq Xuquq tartibot tashkilotlari dagi nutq Ijtimoiy va urf - odatlarga asoslangan nutq Diniy nutq 156 5 - mavzu. Ritorikaning mazmuni va tuzilishi Zamonaviy notiqlik san’atidagi muammo - ma’lumotlarni to‘g‘ri ajrata bilish. Xar qanday nutq birinchi navbatda ma’lumot berishi lozim Notiq nutqning ravonligi, ma’noli go‘zal nutqi bergan ma’lumotlarining yangiligini, badiiy asarga o‘xshatish mumkin. Notiq qaerdan va qanday ma’lumotni olishi uning nutqini qurilishining asosiy poydevori bo‘lib xizmat qiladi. Nutqdagi birinchi ma’lumotni ochib berish uchun keltiriladigan siyosiy, ilmiy, axloqiy, ma’naviy, ruhiy taxlillar orqali u ikkinchi darajadagi ma’lumotga aylanadi. Nutqda xar bir fikr mantiqan asoslangan taqdirdagina, uning ta’sirchanligi kuchli bo‘ladi Mantiqiy fikrlash usullari bular: - solishtirish, analiz, sintez, abstraqlash va umumlashtirish. Fikrlashning asosiy formalari - tushuncha, muhokama va aqliy xulosalardan iborat. Ta’rif - ta’riflashning to‘rt qoidasi bor. Ta’rif mutanosib bo‘lmog‘i kerak. Ya’ni aniqlanuvchi tushuncha bilan aniqlovchi tushuncha teng bo‘lmog‘i kerak. Ta’rifda inkor bo‘lmasligi kerak. M: "yorug‘lik - qorong‘ilikning yo‘qligidir" kabi ta’rif yorug‘likning ta’rifini tushuntirib bera olmayli. Ta’rifda aylanma bo‘lmasligi kerak. M: "Kulgi qistaydigan narsa – kulgili narsadir". Ta’rif kisqa, ravshan va aniq bo‘lmog‘i lozim. 157 6 - mavzu. Ritorikaning uslublari, so‘z va xarakat birligi. Nutq uslublari aloqaning maqsadga muvofiq so‘zlovchining so‘z boyliklaridan tanlab foydalanishi tufayli nutqning tarixan shakllangan ko‘rinishidir. Nutq uslublari aloqaning maqsadga muvofiq so‘zlovchining so‘z boyliklaridan tanlab foydalanishi tufayli nutqning tarixan shakllangan ko‘rinishidir. Til boyliklarini tanlab ishlatishga qarab nutq ko‘rinishlari bir nescha turga ajratiladi. Ana shu hilma-hilik nutq usullari (stillar) deb ataladi. Nutq madaniyati quyidagi ko‘rinishlarga ega: Nutqning til madaniyati Nutqning psixologik madaniyati Nutqning aloqa madaniyati Nutqlar quyidagi uslublar orqali auditoriyaga yetkaziladi. So‘zlashuv uslub Badiy uslub Ilmiy uslub Publistik uslub Rasmiy uslub 158 7 - mavzu. Ritorikaning axloqiy tamoyillari Muomala axloq ko‘rki sanaladi. Nutq odobi – insonning umumiy axloqini belgilovchi asosiy mezondir. Oldiga kelganin yomok xayvonning ishi, Og‘ziga kelganni demak nodonilig ishi A.Navoiy Alisher Navoiy ham so‘zning xashamdorligidan ko‘ra, haqqoniyligini ulug‘laydi Insonning muomalasiga qarab, axloqiga ham baxo beriladi. Til -inson tafakkurining maxsuli. U inson madaniyati, fikriy go‘zalligini, yaxshi, ibratli, havqilsa arziydigan fazilatlarni yuzaga chiqaruvchi vositadir. So‘z inson tanasiga turlicha ta’sir etadi. Inson xar doim navqiron, bardam bo‘lishi uchun boshqa insonlarni ranjitmasliklari, dilini vayron qilmasliklari hamda o‘zlari ham xushtabiat bo‘lishlari lozim. 159 8-Mavzu. Taqdimot marosimining ritorik qoidalari va notiqning imiji Taqdimot turlari hisobot ma’lumotnoma press-relliz dayjest axborot reklama ilmiy Taqdimot – bu o‘zlashtirish, ma’lumotlarni ko‘pchilik oldida ochiq taqdim etishdir. Taqdimot yo‘nalishlariga qarab: siyosiy tijoriy (kommersiya) boshqaruv reklamali Taqdimotchi amal qilishi lozim bo‘lgan ayrim xolatlar: pablik rileyshnz Taqdimot marosimining mas’uliyatini xis etish Taqdimotga tayyorgarlik. Taqdimot matnini tayyorlash. Taqdim qiluvchi bilan auditoriya o‘rtasida o‘zaro hamkorlik. Taqdimot marosimi vositalari. 160 O‘rta asrlar musulmon sharqi mutafakkirlarining Ritorika xususidagi ta’limotlari mavzuini zamonaviy pedagogik texnologiYaning "Fikrlar hujumi" usulida tashkil etish va o‘tkazish SENARIYSI Dars mavzusi: (amaliy mashg‘ulot) O‘rta asrlar musulmon sharqi mutafakkirlarining Ritorika xususidagi ta’limotlari Darsining ta’limiy maqsadi: O‘rta asrlar musulmon sharqi mutafakkirlarining Ritorika xususidagi ta’limotlari xaqida ma’lumotlar berish. Darsining tarbiyaviy maqsadi: Talabalarning axloqiy tafakkurini yuksaltirish, muomala madaniyatining ahamiyatini tushuntirishdan iborat. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Talabalarning axloqiy tafakkurini yuksaltirish, O‘rta asrlar musulmon sharqi mutafakkirlarining Ritorika xususidagi ta’limotlari xaqida ma’lumotlar berish. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling