Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/86
Sana20.09.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1682832
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   86
Bog'liq
Ritorika

MUROSA USULI. Murosa usulining asosiy maqsadi ikkala tomonni o‘zaro 
kelishuvga keltirish hisoblanadi. Shu ma’noda bu usul hamkorlikka o‘xshab ketadi, 
biroq ancha yuzaki amalga oshiriladi. Bu usul tomonlarning manfaati mos kelib buni 
qanday xal etishida juda samaralidir. Murosa kelishuvni amalga oshirishda ma’lum 
ma’noda ko‘nikma bo‘lishi lozim, har bir a’zo nimagadir erishishi zarur. Mazkur 
usulning kamchiligi shundaki, birinchi tomon ikkinchi tomonga nisbatan o‘z 
imkoniyatlarini oshirib yuborsa ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Murosa 
usulini quyidagi ziddiyatli vaziyatlarda qo‘llash mumkin: - ikkala tomon ham birday 
imkoniyatlarga ega bo‘lsa;- bir tomonning ehtiyojlarini qondirish mumkin bo‘lsa;- 
aniq qaror qabul qilinguniga qadar vaqtinchalik murosa yo‘lini tanlash. 
CHEKINISH USULI. Bu usul asosan tomonlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
manfaatlariga zid kelmasa Yoki muammo unchalik muhim bo‘lmasa, ziddiyatning 
keskinlashuviga ta’sir etmasa Yoki tomon muammoni xal etish uchun o‘z kuchlarini 
sarflashni istamagan xollarda o‘zining samarasini beradi. Shuningdek, bu usuldan 
tomonlar teng kuchga ega bo‘lmagan xolda foydalinshlari mumkin. Aks xolda 
aloqalar uzilishi mumkin. Ziddiyatli tomon bu usuldan agarda:- ziddiyat manbai 
asossiz va muhim bo‘lmasa;- o‘z manfaatiga xal eta olmasligini bilsa;- muammoni 
echish uchun etarli kuchga ega bo‘lmasa;- ko‘shimcha axborotga ega bo‘lish uchun 
vaqtdan yutishni istasa;- zudlik bilan masalani xal etish xavfli bo‘lsa;-hodimlarning 
o‘zi bu muammoni xal eta olsa;-masalani xal etish sog‘liqqa zarar bo‘lsa;-ziddiyatda 
murakkab insonlar – qo‘pollar, noluvchilar ishtirok etsa ishlatish mumkin.Bu usul 
muammodan qochish emas, aslida cheklashish ziddiyatli vaziyatlardan qo‘l kelishi 
mumkin. 
MOSLASHISH USULI. Bu usul ikkinchi tomon bilan aloqada bo‘lib, 
muhitni yaxshilash uchun o‘z manfaatlarini oqlamaslik tushuniladi. Tomas va 


151 
Kilmen fikricha, ayrim xollarda bu ziddiyatni xal etishning yagona yo‘li hisoblanadi. 
Chunki uning paydo bo‘lish paytiga kelib ikkinchi tomonning manfaatlari siznikidan 
zarurroq bo‘lib qolishi mumkin. Moslashish usuli quyidagi xollarda qo‘llanilishi 
mumkin:-asosiy vazifa tinchlikni saqlashga qaratilganda.-ziddiyat masalasi 
tomonlar uchun muhim bo‘lmaganda.-boshqalar bilan aloqani mustahkamlash o‘z 
manfaatidan ustun kelganda.-haqiqat siz tomonda ekanligini bilganda.-etarli kuch va 
imkoniyatlarga ega bo‘lmaganda. 
TAQDIMOT bu o‘zlashtirish, ma’lumotlarni ko‘pchilik oldida ochiq 
taqdim etishdir. Taqdimot turlari hisobot, ma’lumotnoma, press-relliz, dayjest, 
axborot, reklama Shaklida bo‘lishi mumkin. Ochiq taqdimot deganda odatda, 
loyihalar, mahsulotlar, dasturlarning ommaviy axborot vositalari orqali taqdim 
etilishi va taqdim etilayotgan narsaning u Yoki bu ko‘rinishda foydalilik mezonlarini 
ko‘rsatib berish tushuniladi. Aslida taqdimot bugungi kunda tijorat va siyosatda
ma’rifat va madaniyatda, ta’lim va tarbiyada keng qo‘llanilayotgan marosimlardan 
biridir. 
«IMIJ» so‘zi «ko‘rinish, timsol va martaba» ma’nolarini anglatadi. imij — 
bu o‘zini nomoyon etish, o‘zini o‘zgalar uchun talqin etish belgisidir. Rahbarga 
o‘zgalar tomonidan beriladigan ma’naviy, shaxsiy, intellektual, professional va 
ahloqiy hislatlar baxosidir. 


152 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling