Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
- Bu sahifa navigatsiya:
- VOIZ IRSHOD.
- QOZI O‘SHIY.
ALISHER NAVOIY. Navoiy notiqning so‘zi bilan ishi bir bo‘lmog‘i
lozimligini uqtiradi. Aks xolda nutqning ta’siri bo‘lmaydi. «Ulki buyurib o‘zi qilmag‘ay, hech kimga foyda va asar aning so‘zi qilmag‘ay».Alisher Navoiy davrida ham notiqlik Yuksak darajaga ko‘tarildi. U “Mahbub ul qulub” asarining 24-bobini asosan voizlikka bag‘ishlagan edi. Alisher Navoiy notiqlikda qisqalik va ravshanlikni yoqtiradi. Bu jihatdan uning «Mahbubul qulub»idagi 60 tanbehi o‘rinlidir. «Chin so‘z mo‘‘tabar, yaxshi so‘z muhtasar. Ko‘p deguvchi mumil, muqarrar deguvchi loya’qil» (Ya’ni: Chin so‘z e’tiborli, yaxshi so‘z qisqa bo‘ladi. Ko‘p so‘zlovchi zeriktiruvchi, qayta gapiradigan – aqldan ozgan), - deydi. VOIZ IRSHOD. Fahriddin Safiyning shohidlik berishicha. Voiz Irshod minbarga chiqib, shunday mahorat va ehtiros bilan nutq so‘zlar ekanki, uning nutqlari jome masjidiga yig‘ilganlarni yig‘latib yuborar, o‘rni kelganda vaziyatni tezdan boshqa mazmunga burib, kuldirib ham yuborar ekan. uning nutqidan 147 ta’sirlanib ho‘ng-ho‘ng yig‘laganlar. Shunda u o‘z nutqining jozibador, maftunkor yana bir qirrasini namoyish qilgan: u o‘z ma’ruzasi jarayonida shunday bir burilish yasaganki, yig‘lab o‘tirganlarning barchasi beihtiyor qah-qaha otib yuborganlar. QOZI O‘SHIY. Tarixchi Muhammad Majdiyning “Ziynat ul-Majolis” asarida ta’kidlanishicha, O‘shiy voizlik san’atida mislsiz mahorat sohIbn sifatida dong taratgan va el nazariga tushgan. Qozi O‘shiy “Miftoh un Najoh” ya’ni “So‘z kaliti” rivolasida voizlik san’atining sir-asrorini mohirona ochib bergan. Bu esa uning o‘tkir voizgina emas, balki nutq madaniyati bo‘yicha etarli bilim sohIbn ekanligidan ham dalolat beradi. Masalan, u Eron mamlakatimining janubidagi Sinston viloyatining aholisi o‘sha davrlarda qattiqqo‘llligi bilan nom chiqargan bo‘lib, xatto tilanchiga ham bir burda non bermas ekan. Bu ziqnalikni eshitgan Qozi O‘shiy o‘sha viloyatga boradi: vaziyatni o‘rganadi, ularning ko‘nglini topib ma’ruza qiladi, dardlarni va’z aylaydi. Natijada sinstonliklar allomani duolar qilib, hadyalar bilan birga 5.000 dinor tilla to‘plab berishadi. Mazkur rivoyatdan shu narsa ayon bo‘ladiki, xalqning dardini topib unga malham bo‘ladigan so‘z aytilsa, uning qulfi dili ochilib siz bilan murosa qilishi mumkin. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling