Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
XUSHOMADLAR - insonning tashqi qiyofasi, chiroyli so‘zlari, hatti-
harakatidan ta’sirlanib, ma’qullashni ifodalash, maqtovning maxsus shaklidir. Nafis shaklga o‘rangan bu ifoda bilan hammamiz ham lazzatlanamiz – har birimizda ozgina miqdorda bo‘lsa ham o‘zimizga nisbatan muhabbat hamda g‘urur mavjud. Xushomadlar jamoatda yoqimli kayfiyat uyg‘otadigan hissiyotda asos bo‘lib xizmat qiladi. Xushomad yengil, sho‘x, oddiy, tabiiy va asosiysi, haqqoniy bo‘lishi lozim. Agar xushomadlarni kam, ammo o‘tkir va nazokatli qilib aytilsa, unda ular suhbatga ajib bir tarovat qo‘shadi. Aksincha, agar xushomadlarda bir muncha tayyorgarlik, ta’ma, oshirib yuborishlik bo‘lsa, ular kulgulik va yoqimsiz xususiyat kasb etadi. Qo‘pol xushomad doimo o‘rinsizdir va uni ifodalovchi odam yaxshi ko‘rsatmasligi aniq. Uni qabul qilish ham odamni kamsitadi. Xushomad o‘z vaqtida va joyida qo‘llanishi nur ustiga a’lo nurdir. Bunday nazokatga ko‘milgan xushomad hamisha odamga lazzat bag‘ishlaydi. U uyatchan odamga ishonch, odamovini ochiq bo‘lishiga, xomush odamni kayfiyatini ko‘tarishiga sabab bo‘ladi. PERIKL. Perikl yirik siyosiy arbobgina bo‘lib qolmay, ko‘zga ko‘ringan notiq ham edi. Perikl nutqlarining birorta teksti ham bizgacha etib kelmagan. Lekin uning usta, ko‘zga ko‘ringan notiq bo‘lganligi haqida Yunon terixchisi Fukidid ma’lumot beradi. Perikl nutqi fikrning chuqurligi, formaning soddaligi, samimiyligi bilan, tinglovchilar psixologiyasini e’tiborga olganligi bilan xarakterlanadi. Periklning tajribasicha, yaxshi notiq faqat yaxshi gapirish bilan kifoyalanmay, balki ayditoriYani ham o‘zga jalb eta biladigan kishi bo‘lishi kerak. LISIY. Eramizdan avvalgi Y asr oxiri va IY asr boshlarida yashab o‘tgan, ko‘zga ko‘ringan sud notiqlaridan biri Lisiy edi. Lisiyning notiq sifatidagi xususiyatlaridan biri, hamma notiqlar uchun zarur bo‘lgan usul – fikrni Yangicha Shaklga solishni juda oson egallaganligidir. U gapirishi lozim bo‘lgan kishinining 145 xarakterini, ijtimoiy axvolini juda ham aniq tasvirlab beruvchi nutq tekstini ishlab chiqishga usta ediki, bu nutq faqat o‘sha so‘zlovchigagina xos bo‘lardi. Lisiyning notiq sifatidagi ikkinchi xususiyati, hikoyachilik san’atini egallab olganligidir. U har qanday voqelikni sodda, jonli, qiziqarli Shaklda qiziqarli hikoya qilishga usta edi. Uning notiqlik san’atidagi uchinchi xususiyat – uslubidagi aniqlik, soddalik va tabiiylik edi. Uning fikricha, biror masala bo‘yicha so‘zlangan nutq ikkinchi takrorlanmasligi kerak, agarda shu nutqni avvalgi tinglovchilar bir necha marta takror eshitsalar, nutq o‘z kuchini va ifodaliligini yo‘qotadi. (Bir kuni Lisiy o‘z himoyasidagi kishilardan biriga nutq tekstini yozib beradi. U bundan hursand bo‘ladi… «Sen bir narsani unutyapsan, sud sening nutqingni faqat bir marta eshitadi»,-deydi. ) Bu juda to‘g‘ri ko‘rsatma. Har bir ma’ruzachi shuni bilishi zarurki, bir auditoriyada ikki uch marta bitta ma’ruzani takror o‘qish mumkin emas. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling