Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
KO‘RISHISH ETIKETI. Ko‘rishish etiketi qoidalari milliy xususiyatlardan kelib chiqib turli xalqlarda turlicha ko‘rinishlarga ega. Ko‘rishish salomlashish, bosh qimirlatish, quchoq ochish, qo‘l berish, qo‘lni ko‘ksiga qo‘yish va xatto o‘pishish orqali amalga oshiriladi. Bu jarayon xindlarda kaftlarni juftlab, peshonasining o‘rtasiga tekizish bilan, afg‘onlarda o‘ng qo‘lini manglayiga tegizib, ta’zim qilish bilan, tibetliklarda bir-birlariga qarab tillarini chiqarish bilan, o‘zbeklarda qo‘lni ko‘ksiga qo‘yish bilan ko‘rishiladi. SUHBATLASHISH QOIDALARI. Muomala suhbatlashishishning eng muhim vositasidir. Bunda ham umume’tirof etgan qoidalar mavjud. Suhbatdoshni 142 gapini bo‘lmasdan eshitish nafaqat hurmat belgisi, balki insonning ziynati hamdir. Suhbatdoshingizni tinglayotganingizda iloji boricha boshqa narsalarga e’tibor qaratmaslikka harakat qiling, aytayotgan gaplarini tasdiqlash ma’nosida boshingizni silkitish, “darhaqiqat”, “to‘g‘ri”, “topib aytingiz», “men ham qo‘shilaman”, “chiroyli ta’rifladingiz” kabi ma’qullash ma’nosidagi so‘zlarni aytishni unutmang. Sizga gapirayotgan odamga teskari qarab o‘tirish, gapirayotgan paytda biroor narsani o‘qib turish, bir vaqtning o‘zida boshqa kishi bilan gaplashish, hadeb soatga qarayverish, esnash, cho‘ntak kavlash yo boshqa shu kabi mayda-chuyda harakatlarni qilish suhbatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. bilan suhbatga bo‘lgan jonli qiziqishni ko‘rsatishga harakat qiling. OHANG - Suhbatning tavsifini belgilab berish uchun so‘z boyligi va so‘zning gramatik qurilishi hali etarli emas, bu erda gaplashish ohangi va intonatsiya muhim rol o‘ynaydi. So‘zlashish ohangi iroda va emotsional ta’sirni, hissiyotni aks ettiradi. So‘zlashish ohangidan hatto kishining kayfiyatini bilish mumkin. Ohang ma’lum darajada kishining xulqini ham aks ettiradi. Yani suhbatdoshimizning tarbiyali Yoki tarbiyasizligini ko‘rsatadi. Yurish – turish vaziyatlari qanchalik ahamiyatga ega bo‘lsa, so‘zlashish ohangi ham shunchalik ahamiyatga ega. Bitta so‘z Yoki iboraning o‘zi qanday qanday ohangda aytilganligiga qarab bizga har xil ta’sir etishi mumkin. Ko‘pincha aytilgan so‘z emas, balki haqoratomuz ohang kishini ranjitadi. Ohangizning chiroyligi yoki ingichkaligi bilan siz bevosita atrofdagilarda og‘ir yoki engil kayfiyat uyg‘otasiz. Ifodalanayotgan so‘zlarning ma’nosi umuman tinglovchilarga hech qanday ta’sir bermaydi. U suhbatdoshingizning javob berish imkoniyatini yaxshilash darjasida bo‘lsa bas. Haqiqiy ma’lumot so‘z ohangizdadir. BAXS – shaxslar o‘rtasidagi u yoki bu mavzudagi tortishuvi hisoblanadi. Bahs qoidasi: hatto juda qulay vaziyatlarda ham odamlarni fikrini o‘zgartirish juda qiyin masaladir. Agar o‘z qarashlaringizni boshqa birovga o‘tkazishni istasangiz, uning fikrini hurmat qiling. Hech qachon odamga uning nohaqligini aytmang. Xato qilish ehtimolini o‘zingizda bo‘lishiga ham e’tibor bering. Bu barcha turdagi bahslarga yakun yasaydi hamda sizdagi bu fikrlashdagi haqqoniyligini o‘zida ham 143 yaratishga harakat qiladi. Shu bilan hamsuhbatingizni o‘zi ham siz kabi nohaq bo‘lishini tan olishiga imkon beradi. SUHBAT – ikki yoki bir necha kishilar o‘rtasidagi muloqotga aytiladi. Barcha holat va narsalarga yuzaki qaraydigan jamiyatga bir oz hazil va yengillik bilan hamma narsalar haqida komil ishonch bilan so‘zlash bilan shug‘ullanish – bu olim odam ham iste’dodli odam ham emin bo‘ladigan san’atdir. Har kimga ham aqlli gaplarni osonlik bilan yetkazish qobiliyati berilmaydi. Suhbat san’atida sergaplikka yo‘l qo‘ymay mashq qilish lozim, odamga moslashish kerak va uzoq tajribaga ega bo‘lgandan so‘nggina o‘z istiqbolini ko‘rish mumkin. Suhbatdagi har bir so‘z suhbatdosh uchun aniq va tushunarli bo‘lmog‘i lozim. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling