Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/86
Sana20.09.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1682832
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   86
Bog'liq
Ritorika

 
NUTQ - bu til deb ataluvchi, o‘ta muhim vazifalarni bajaruvchi noyob 
kuroldan foydalanish jarayoni, til birliklari imkoniyatlarining borlik, tafakkur, ong 
hamda vaziyat kabi hodisalar bilan muhim munosabatda nomoyon bo‘lishidir. Nutq 
jarayoni - tilning o‘z vazifasini bajarish hamda amalga oshirish jarayonidir. Nutq 
qaysi mavzu doirasida bo‘lishidan qatiy nazar nutqda notiqning hayot yo‘li, yillar 
mobaynida kechirgan jamiki murakkabliklari, chekilgan iztiroblar aks etmog‘i va 
shunga uxshash narsalar hayajon bilan bayon etilmog‘i kerak. Shuning uchun ham 
odamlar yubileyini nishonlayotgan insonga oxirida so‘z berganlarida uning so‘zini 
butun vujudlari bilan eshitishga harakat qiladilar, nutqni gulduros qarsaklar bilan 
olqishlaydilar. Boisi, yubilyarning nutqida uning hayoti, hayajoni va samimiy 
mulohazasi aks etgan bo‘ladi. 
NUTQNING MOHIYATI - uning madaniyligi, ommaviyligi va ijtimoiy 
qimmati bilan belgilanadi. «Madaniy nutq», «nutq madaniyati», «notiqlik» degan 
iboralar bor. Nutqning xarakteri anashularning mohiyatini bilish bilan izohlanadi. 
Ularning lingvistik birlik sifatida o‘z xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular insonlarning 


139 
o‘zaro fikr almashishdagi nutqiy jarayonning bosqichli Shakllari deyish mumkin. 
Anashu Shakllar to‘g‘ri nutq, nutq madaniyati – notiqlikdir.
MUOMALA - axloq ko‘rki sanaladi. Har bir kishining qanday 
dunyoqarashga egaligi, bilimliligi, uning boshqalarga qilayotgan muomalasidan 
ma’lum bo‘ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, muomala insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa 
vositasi hisoblanadi. Bir-birimizga bo‘ladigan muomalamiz, munosabatimizning 
zamirida ham chiroyli muomalaning shartlari yotadi. Muomalada asosiy vosita til 
hisoblanadi. Shuning uchun ham til aloqa quroli deyiladi. Insonning tili shirin, 
muomalasi madaniyatli bo‘lsa, qisqa vaqt ichida xalq orasida obro‘-e’tibor topadi. 
Aksincha, sergaplik hech qachon kishiga obro‘ keltirmaydi. Ayniqsa, mahmadonalik 
yosh bolaga xos xususiyat bo‘lib, kattalar uchun bu qusur insonni doimo 
obro‘sizlantirgan. Shuning uchun ham o‘tmishda yashab o‘tgan mutafakkirlarimiz 
tilga, so‘zga hurmat bilan yondoshishni ta’kidlaganlar.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling