Pedagogik mahorat tizim sifatida Reja


Download 46.56 Kb.
bet1/7
Sana24.04.2023
Hajmi46.56 Kb.
#1394816
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 ЛЕКЦИЯ.узб


1-mavzu: Pedagogik mahorat tizim sifatida


Reja

1. Fanni o'rganish maqsadlari, vazifalari va majburiy (kerakli) natijalari.


2. Pedagogik faoliyatning o'ziga xos xususiyatlari.
3. Pedagogik mahoratning mohiyati va tarkibi.


Asosiy tushunchalar: mahorat, pedagogik mahorat, pedagogik faoliyat, kompetensiya (vakolat).

“O‘qituvchi o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan gaplarida,


nutqi go‘zal, to‘liq va ravshan ifodalay olishi kerakligini bilishi lozim.
Davomida u: “O'qituvchi va rahbar roli, dono davlat rahbari roliga
o'xshaydi, shuning uchun o'qituvchi yoshlarni fikrlashga
undashi uchun, yaxshi nutq so'zlashi, eshitgan va ko'rgan
hamma narsani eslab qolishi kerak. Shu bilan birga,
u o'zining qadr-qimmatini hurmat qilishiva adolatli bo'lish
kerak. Faqat shundagina u insoniylikning eng yuqori
darajasiga va baxtning cho'qqisiga erishadi.
Al-Forobiy
1. Fanni o'rganish maqsadlari, vazifalari va majburiy natijalari

Mamlakatimizda ro'y berayotgan siyosiy va iqtisodiy o'zgarishlar jamiyat va har bir inson hayotining barcha sohalariga ta'sir ko'rsatmoqda. Kasb-hunar ta'limi sohasi ham istisno emas. O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlari belgilanganligi munosabati bilan mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega yuqori malakali kadrlarni tayyorlash jarayoni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarildi. Professional uchun yangi talablar shakllantirilayapti, zamonaviy insondan doimiy o'z taqdirini belgilash va o'zini professional sifatida yetishtirish uchun katta ish talab etiladi. Bu, birinchi navbatda, kasb-hunar ta'limi pedagogiga tegishlidir.


O'zbekistonda oliy ta'lim tizimida ham tub o'zgarishlar kuzatilmoqda. Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan O'zbekistonda oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Bunda buyuk ajdodlarning boy merosi va qadriyatlarini puxta saqlashni, zamonaviy yutuqlardan dadil foydalanish nazarda tutilgan.
Pedagogning kasbiy mahorati har qanday profilli mutaxassislarni tayyorlash sifatini belgilovchi yetakchi omil hisoblanadi, shuning uchun pedagogik mahoratni shakllantirish eng muhim pedagogik muammodir.
Pedagogik mahorat pedagogik faoliyat maxsus bilim, malaka va ko'nikmalar majmuasi, shaxsning professional jihatdan muhim fazilatlari asosida pedagogga o'quvchilarning o'quv-bilim faoliyatini samarali boshqarish va maqsadli pedagogik ta'sir va o'zaro hamkorlikni amalga oshirish imkonini beradigan yuksak mahorat darajasida namoyon bo'lmoqda.
Pedagog-usta - bu o‘z fanini chuqur biladigan, fan yoki san'atning tegishli tarmoqlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan, umumiy psixologiyani amalda biladigan, ta'lim va tarbiya uslublarini mukammal egallagan yuksak madaniyatli mutaxassisning ideal namunasidir.
Pedagogik mahoratni rivojlantirish - bu pedagog-professinal bo'lishning uzoq muddatli jarayoni bo'lib, u oliy ta`lim muassasining ta'lim muhitidan boshlanadi.
"Pedagogik mahorat asoslari" kursi talabalarning pedagogik faoliyatini amalga oshirish sohasidagi kasbiy malakasini rivojlantirishga yo`naltirilgan:

  • bo`lajak pedagoglarda kasbiy faoliyat va pedagogik mahoratning mohiyatini yaxlit tizimli tushunishni shakllantirish;

  • ta`lim tizimini modernizatsiya qilish sharoitida ularni ishlashga tayyorlash;

  • bo'lajak pedagoglarda pedagogik vazifalarni ijodiy hal etish, pedagogik mahorat asoslarini o'zlashtirish jarayonida o'z-o'zini takomillashtirish qobiliyatini rivojlantirish.




Download 46.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling