2. Tijorat banklarining funksiyalari. Tijorat banklarini tashkil etish va litsenziyalash


Download 56.16 Kb.
bet1/4
Sana01.05.2023
Hajmi56.16 Kb.
#1420119
  1   2   3   4
Bog'liq
referat pul va banklar


Mavzu: Tijorat banklari va ularning funksiyalari

REJA:
1. Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilish tamoyillari.


2. Tijorat banklarining funksiyalari.
3. Tijorat banklarini tashkil etish va litsenziyalash
4. Pul mablag‘larini tijorat banklarida to‘planishi va tartibga solinishi

Tijorat banklari - butun iqtisodiyotda subyektlari hamda aholini kreditlaydigan qudratli moliya institutlari hisoblanadi. Bugungi kunda ularning kreditlarisiz biror bir mamlakatda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va uy-joy muammosini hal qilish mumkin emas.


Tijorat banklari aholiga va xo‘jalik yurituvchi subyekt, hisob-kitob kassa xizmat ko‘rsatadigan moliyaviy institut hisoblanadi.
Tijorat banklari faoliyati davlat tomonidan qattiq nazorat qiladigan moliya institutidir. Davlat odatda tijorat banklari faoliyatini Markaziy bank orqali nazorat qiladi. Bunday qattiq nazoratning asosiy sababi banklarga depozitlar va omonatlar berish huquqini berilganligidir.
Tijorat banklari shartnoma asosida mijozlarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadigan kredit institutlari hisoblanadi. Tijorat bankning ikkinchi va asosiy tamoyillaridan biri bu haqiqatda mavjud bo‘lgan mablag‘lar chegarasida xizmat ko‘rsatishdir. Tijorat banki boshqa bank vakillik hisob raqamiga naqd pulsiz to‘lovni amalga oshirish, boshqalarga kredit xizmatini ko‘rsatish va vakillik hisob varag‘ida qolgan qoldiq chegarasida naqd pullik operatsiyalarni bajarishi mumkin. Tijorat banklarining haqiqatda mavjud mablag‘lar chegarasida faoliyat ko‘rsatishi deganda, bankning nafaqat o‘z resurs va kredit qo‘yilmalarining mutanosibligi, balki bankning aktivlari bilan uning jalb qilingan mablag‘lari o‘rtasidagi mutanosibligini ta’minlashi tushuniladi. Bunda avvalambor, passivlar va aktivlar muddatlarining bir xilligi inobatga olinishi lozim. Binobarin, agar bank mablag‘larni qisqa muddatga jalb etgan bo‘lsa va bu mablag‘larni o‘zoq muddatli ssudalarga joylashtirsa, bankning majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshira olishi bir muncha muammolar bilan bog‘liq bo‘lishi, bu esa o‘z navbatida bankning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bank aktivida xatar darajasi yuqori bo‘lgan ssudalar miqdorining ko‘payishi, bankning resurslari hajmida o‘z mablag‘lar hissasining oshirilishini taqozo qiladi. Shunga ko‘ra, bank faoliyatini tartibga soluvchi iqtisodiy normativlarni aniqlashda bank aktivlarining passivlarga mutanosib bo‘lishini inobatga olish lozim. Uchinchi tamoyil bu bankning to‘la iqtisodiy mustaqilligidir. Bu tamoyilga asosan bank o‘z va jalb etilgan mablag‘lardan mustaqil foydalanishi, mijozlar va omonatchilarni o‘zi mustaqil ravishda tanlashi, kredit siyosatini mustaqil tuzishi va amalga oshirishi, foiz stavkalarini mustaqil o‘rnatishi va o‘zgartirishi, daromadlarni mustaqil ravishda taqsimlashi va boshqa faoliyat turlarini mustaqil bajarishi mumkinligi ko‘zda tutiladi. Banklar faoliyati to‘g‘risidagi amaldagi huquqiy-me’yorlarga asosan barcha tijorat banklari o‘z fond va daromadlaridan iqtisodiy jihatdan mustaqil foydalanishlari mumkin.
Tijorat bankining soliq to‘lagandan keyingi qolgan foydasi aksionerlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq taqsimlanadi. Aksionerlarning umumiy yig‘ilishi bankning har turdagi fondlarga ajratmalarining norma va miqdorini, aksiyalarga to‘g‘ri keluvchi divident summasini belgilaydi.
Majburiyatlari bo‘yicha tijorat banki o‘z mablag‘lari va mol-mulki bilan javob beradi. Tijorat banki o‘tkazadigan operatsiyalarning xatarini o‘z zimmasiga oladi.
Uchinchi tamoyil asosida tijorat bank va mijoz munosabatlari yotadi, ya’ni bank ssuda berayotgan bozor mezonlaridan daromad, xatar va likvidlik darajalaridan kelib chiqqan holda beradi.
Tijorat bankining soliq to‘lagandan keyingi qolgan foydasi aksionerlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq taqsimlanadi. Aksionerlarning umumiy yig‘ilishi bankning har turdagi fondlarga ajratmalarining norma va miqdorini, aksiyalarga to‘g‘ri keluvchi divident summasini belgilaydi.
Majburiyatlari bo‘yicha tijorat banki o‘z mablag‘lari va mol-mulki bilan javob beradi. Tijorat banki o‘tkazadigan operatsiyalarning xatarini o‘z zimmasiga oladi.
Tijorat banklari faoliyatining keyingi tamoyili bu banklar ko‘rsatadigan xizmatlar va operatsiyalarning universallashuvi va diversifikatsiyasi bo‘lib, banklar faoliyatining turli tarmoq va sohalarni qamrab olishini kam xatarlilik asosida yuqori daromad olishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim


Download 56.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling