Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
- Bu sahifa navigatsiya:
- CHEKINISH USULI
- MOSLASHISH USULI.
MUROSA USULI. Murosa usulining asosiy maqsadi ikkala tomonni o‘zaro
kelishuvga keltirish hisoblanadi. Shu ma’noda bu usul hamkorlikka o‘xshab ketadi, biroq ancha yuzaki amalga oshiriladi. Bu usul tomonlarning manfaati mos kelib buni qanday xal etishida juda samaralidir. Murosa kelishuvni amalga oshirishda ma’lum ma’noda ko‘nikma bo‘lishi lozim, har bir a’zo nimagadir erishishi zarur. Mazkur usulning kamchiligi shundaki, birinchi tomon ikkinchi tomonga nisbatan o‘z imkoniyatlarini oshirib yuborsa ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Murosa usulini quyidagi ziddiyatli vaziyatlarda qo‘llash mumkin: - ikkala tomon ham birday imkoniyatlarga ega bo‘lsa;- bir tomonning ehtiyojlarini qondirish mumkin bo‘lsa;- aniq qaror qabul qilinguniga qadar vaqtinchalik murosa yo‘lini tanlash. CHEKINISH USULI. Bu usul asosan tomonlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri manfaatlariga zid kelmasa Yoki muammo unchalik muhim bo‘lmasa, ziddiyatning keskinlashuviga ta’sir etmasa Yoki tomon muammoni xal etish uchun o‘z kuchlarini sarflashni istamagan xollarda o‘zining samarasini beradi. Shuningdek, bu usuldan tomonlar teng kuchga ega bo‘lmagan xolda foydalinshlari mumkin. Aks xolda aloqalar uzilishi mumkin. Ziddiyatli tomon bu usuldan agarda:- ziddiyat manbai asossiz va muhim bo‘lmasa;- o‘z manfaatiga xal eta olmasligini bilsa;- muammoni echish uchun etarli kuchga ega bo‘lmasa;- ko‘shimcha axborotga ega bo‘lish uchun vaqtdan yutishni istasa;- zudlik bilan masalani xal etish xavfli bo‘lsa;-hodimlarning o‘zi bu muammoni xal eta olsa;-masalani xal etish sog‘liqqa zarar bo‘lsa;-ziddiyatda murakkab insonlar – qo‘pollar, noluvchilar ishtirok etsa ishlatish mumkin.Bu usul muammodan qochish emas, aslida cheklashish ziddiyatli vaziyatlardan qo‘l kelishi mumkin. MOSLASHISH USULI. Bu usul ikkinchi tomon bilan aloqada bo‘lib, muhitni yaxshilash uchun o‘z manfaatlarini oqlamaslik tushuniladi. Tomas va 151 Kilmen fikricha, ayrim xollarda bu ziddiyatni xal etishning yagona yo‘li hisoblanadi. Chunki uning paydo bo‘lish paytiga kelib ikkinchi tomonning manfaatlari siznikidan zarurroq bo‘lib qolishi mumkin. Moslashish usuli quyidagi xollarda qo‘llanilishi mumkin:-asosiy vazifa tinchlikni saqlashga qaratilganda.-ziddiyat masalasi tomonlar uchun muhim bo‘lmaganda.-boshqalar bilan aloqani mustahkamlash o‘z manfaatidan ustun kelganda.-haqiqat siz tomonda ekanligini bilganda.-etarli kuch va imkoniyatlarga ega bo‘lmaganda. TAQDIMOT – bu o‘zlashtirish, ma’lumotlarni ko‘pchilik oldida ochiq taqdim etishdir. Taqdimot turlari hisobot, ma’lumotnoma, press-relliz, dayjest, axborot, reklama Shaklida bo‘lishi mumkin. Ochiq taqdimot deganda odatda, loyihalar, mahsulotlar, dasturlarning ommaviy axborot vositalari orqali taqdim etilishi va taqdim etilayotgan narsaning u Yoki bu ko‘rinishda foydalilik mezonlarini ko‘rsatib berish tushuniladi. Aslida taqdimot bugungi kunda tijorat va siyosatda, ma’rifat va madaniyatda, ta’lim va tarbiyada keng qo‘llanilayotgan marosimlardan biridir. «IMIJ» so‘zi «ko‘rinish, timsol va martaba» ma’nolarini anglatadi. imij — bu o‘zini nomoyon etish, o‘zini o‘zgalar uchun talqin etish belgisidir. Rahbarga o‘zgalar tomonidan beriladigan ma’naviy, shaxsiy, intellektual, professional va ahloqiy hislatlar baxosidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling