Bookmany print
Download 50.91 Kb. Pdf ko'rish
|
647aebdd6683a 23-O\'tkurova Xadicha
“FARG’ONIYShUNOS TADQIQOTChILAR” jamoasi ALFRAGANUS UNIVERSITY “ALFRAGANUS” xalqaro ilmiy jurnali AL FARG’ONIY ILMIY ME’ROSI, ILM-FAN TARAQQIYOTIDAGI HISSASI, BUGUNGI KUNDAGI O’RNI respublika miqyosdagi iqtidorli talabalar ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 2023 yil 12 aprel “BOOKMANY PRINT” TOSHKENT – 2023 UO‘K: 52(092)(575.146) KBK: 22.654g(5O') A 87 Al Farg‘oniy ilmiy me’rosi, ilm-fan taraqqiyotidagi hissasi, bugungi kundagi o‘rni [Matn] : maqolalar to‘plami / Alfraganus University. – Toshkent: Bookmany print, 2023. – 160 b. Ushbu ilmiy-amaliy konferensiya ALFRAGANUS UNIVERSITY “Farg‘oniyshunos tadqiqotchilar” jamoasining Ahmad Al Farg‘oniy ilmiy-ijodiy faoliyatini o‘rganish borasidagi ilk tadqiqotlarining namoyon bo‘lishidir. Iqtidorli talabalar tomonidan Ahmad Al Farg‘oniy ilmiy-ijodiy faoliyati chuqur tahlil etildi, mutafakkirning amaliy faoliyati o‘rganib chiqildi va ushbu tadqiqotlar asosida ilmiy ma’ruzalar tayyorlandi. Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami aynan ushbu ma’ruza materiallari tezislaridan shakllangandir. Mas’ul muharrir: i.f.d., prof. F.T. Egamberdiyev Tahrir hay’ati: PhD A.Sh.Obidov PhD S.Sh.Xalilov PhD G.N.G’oyibnazarova f.f.n., dots.N.G.Jurayeva Taqrizchilar: i.f.n., prof. N.G. Muminov PhD M.N.Raximjanov Mazkur to‘plamga kiritilgan materiallarning mazmuni, undagi ma’lumotlar va me’yoriy hujjatlar to‘g‘riligi hamda tanqidiy fikr- mulohazalarga mualliflarning o‘zlari mas’uldirlar. ISBN 978-9943-9590-0-2 © ALFRAGANUS UNIVERSITY, 2023. © “Bookmany print” nashriyoti, 2023. Al Farg‘oniy ilmiy me’rosi, ilm-fan taraqqiyotidagi hissasi, bugungi kundagi o‘rni – 4 – Tursunova Zul izar Salimjon qizi. Al- Farg’oniyning hayoti va ijodi haqida 78 Qo’ziyev Xamro Sevindiq o’g'li. Ahmad al-Farg’oniy vorislarimiz 85 Islomova Marjona Isroil qizi. Al Farg’oniy ilmiy me’rosining bugungi kundagi o’rni 91 Sadriddinov Abdumalik Akrom o’g’li. Farg’oniyni tebratgan tuproq 95 Anorqulova Mohira Risbekovna. Ahmad Al-Farg’oniyning Ilmiy merosi 99 Zoxidova Gulira‘no Salohiddin qizi. Mutafakkir Farg‘oniy tilsimotlari 105 Abdulayeva Saodatxon Murod qizi. Yangi O’zbekiston sharoitida turizmni rivojlatirishning tarixiy va ilmiy asoslari 108 O’tkurova Xadicha Tolqin qizi. Al Farg’oniy oʻrta asrlar davrining buyuk mutafakkiri 119 Choriyeva Farida Faxriddin qizi. Ahmad al-Farg’oniy hayot yo’li va mustaqillikdan keyingi extiromlar. 124 Abdullayeva Saodatxon Murod qizi. Al Farg’oniy ilmiy me’rosi, ilm-fan taraqqiyotidagi hissasi 126 Xalilova Muslima Xusan qizi. Ahmad al-Farg’oniyning ma’naviyati 134 Qobilov Shahboz. Talaba yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish 137 Azizova Nodira. Al Farg’oniy qomusiy ilm egasi 143 Vaxobov Muxammadali Dilmurod o’g’li. Buyuk astronom, matematik va geograf al-Farg‘oniy 152 respublika miqyosdagi iqtidorli talabalar ilmiy-amaliy konferensiya materiallari – 119 – O’TKUROVA Xadicha To’lqin qizi ALFRAGANUS UNIVERSTITETI Ijtimoiy fanlar fakulteti, Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi Al Farg’oniy oʻrta asrlar davrining buyuk mutafakkiri Annotatsiya: Ushbu maqolada Ahmad al-Farg’oniyning ilmiy me’rosi va amaliy sohalardagi jahonda tutgan o’rni, miqdorlar, olam manzarasi rivoji haqidagi qarashlarida samoviy jismlarning harakati, jahon faylasuflarining u haqidagi qarashlarihaqida fikr yuritilgan. Kalit so’zlar: astronomiya, nilometr, matematika, geografiya, metrologiya, mutafakkir Аннотация: В данной статье обсуждаются научное наследие Ахмада аль-Фаргани и его место в мире в практических областях, движение небесных тел в его взглядах на развитие величин, мировоззрение, взгляды на него мировых философов. Ключевые слова: астрономия, нилометр, математика, география, метрология, мыслитель Abstract: Article discusses the scientific heritage of Ahmad al- Fargani and his place in the world in practical areas, the movement of celestial bodies in his views on the development of quantities, worldview, the views of world philosophers on him. Key words: astronomy, nilometer, mathematics, geography, metrology, thinker Kirish va dolzarbligi: Sharq oʻrta asrlar davri uchun buyuk mutafakkirlarni yetishtirib berdi. Oʻrta asrlarda Markaziy Osiyo hududlarida islom dini keng yoyila boshladi va bu orqali yurtimiz butun dunyoga eng yetuk shaxslarni yetishtirib berdi. Xususan, Al Farg‘oniy ilmiy me’rosi, ilm-fan taraqqiyotidagi hissasi, bugungi kundagi o‘rni – 120 – Movaraunnahr va Xurosondan kelgan Muso Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Marvoziy, Marvarudiy, Javhariy kabi olimlar Bag’dod akademiyasining jahonga mashhur bo’lishidagi oʻrinlari beqiyos hisoblanadi. Oʻrta asrlarda yashagan allomalar orasida buyuk astronom, matematik va geograf Ahmad al-Fargʻoniyning oʻrni boʻlakcha. Olimning to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniydir[1]. Uning Fargʻonada tugʻilganligi haqida maʼlumot saqlanib qolgan.Fargʻoniy haqida tarixiy manbalar juda ham oz hisoblansada biz uchun bu nodir yodgorlikdir. Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning "Buyuk tarixida hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarda namoyon boʼladi.Shuning uchun ham u qudratlidir.Tarixiy merosni asrab-avaylash, oʼrganish va avlodlardan-avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir" deb taʼriflaganlar.Olimning to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniydir.[2] Koʻpgina asrlar mobaynida dengizchi va karvonboshilar foydalangan yulduzlarning harakatini oʻlchaydigan asbob –usturlobni Ahmad Al- Fargʻoniy kashf qilgan. Dunyodagi eng uzun daryo, ushbu oʻlkadagi hayot manbai boʻlgan Nilda suv sathini aniq belgilab beradigan, bugungi kunda ham mavjud boʻlgan ulkan inshoot-nilometrni Ahmad Al-Fargʻoniy yaratgan [3]. Tarixdan bizga maʼlumki Nil daryosi Misrliklarning eng katta muammolaridan biri boʻlgan chunki, Nil daryosi havzalarida koʻplab toshqinlar vujudga kelgan va bu aholi uchun qiyinchilik tugʻdirgan. Kalendarlarning paydo boʻlishiga ham Nil daryosi sababchi edi. Misr qishloq xoʻjaligidagi vaziyat bugungi kunda ham Nildagi suv miqyosiga bogʻliq. Ayniqsa, oʻsha davrda koʻp jihatdan Misr aholisining hayoti Nil suviga bogʻliq boʻlgan. Ahmad Fargʻoniy Nil daryosini suv oʻlchash qurilmasi qurish uchun janubiy chekkasini tanlagan. Bu joy nafaqat oʻsha davr, hatto hozirgi kun talablaridan kelib chiqib tahlil qilinadigan boʻlsa ham suv oʻlchash ishlarini amalga oshirish uchun nihoyatda qulay ekanligiga amin boʻlamiz. respublika miqyosdagi iqtidorli talabalar ilmiy-amaliy konferensiya materiallari – 121 – Oʻlchash asboblarini yaratishga boʻlgan bir qancha talablar borki, shu talablarning bajarilishi suv oʻlchash qurilmasining uzoq yillar uzluksiz ishlashiga imkon beradi. “Miqyosi-Nil”ni qurish uchun tanlangan joy, oʻlchash asbobining konstruktiv tuzilishi, materiali, uning aniqligiga boʻlgan talablarning hammasiga javob bergan[3]. Bu qurilma uzoq vaqt davomida yaʼni XX asrning 50- yillarigacha juda yaxshi ishlab kelgan va qayta taʼmirlanib hozirda ham foydalanilmoqda. Ahmad Fargʻoniy qurgan “Miqyosi-Nil” ish faoliyatining davomiyligi boʻyicha dunyoda yagona suv oʻlchash qurilmasi hisoblanadi. Bundan qariyb 1150-yil muqaddam qurilgan inshootning suv oʻlchash aniqligi hozirgi kunda nafaqat u haqda xabardor boʻlgan kishilarni, hatto shu soha mutaxassislarini ham lol qoldirmoqda. Suv sathini Ahmad Fargʻoniy taklif etgan santimetr aniqligida oʻlchash usuli hozirgi kunda dunyo miqyosida qoʻllaniladi. Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti (OIML)ga aʼzo boʻlgan barcha davlatlarda suv havzalari suv sathlari ham shu aniqlikda oʻlchanadi[3]. Asosiy qism: Ahmad Farg‘oniy o‘rta asrning buyuk qomusiy olim.Sharqda Farg'oniy, Yevropada Alfraganus (Alfraganus) taxalluslari bilan mashhur bo'lgan olim astronomiya, matematika, geografiya va boshqa ilmiy yo'nalishlarda faoliyat ko'rsatgan. Ahmad Farg'oniy davrida Farg'ona har tomonlama rivojlangan, mustahkam iqtisodiy va siyosiy poydevorga ega bo'lgan, madaniy hayoti nihoyatda takomillashgan va boy vohalardan biri boʻlgan. Fargʻona Markaziy Osiyo balki butun arab diyorlari havas qiladigan ilm fan taraqqiy topgan diyor edi. Ahmad Farg'oniyning hayoti va ijodiy safarlarini quyidagicha talqin etishimiz mumkin: Ahmad Farg'oniy Xalifa Xorun ar-Rashid (786-809) vorislari al- Ma’mun (813-833), Mu’tasim (833-842) va Mutavakkil (846-861) hukmronlik qilgan yillarda yashagan hamda avval Marv, so'ngra Bag'dod, Damashq va Qohira shaharlarida ilmi h a y ’at (falakiyot Al Farg‘oniy ilmiy me’rosi, ilm-fan taraqqiyotidagi hissasi, bugungi kundagi o‘rni – 122 – shunoslik - astronomiya), riyoziyot (matematika) va jogʻ‘rofiya (geografiya) fanlari bilan shug'ullangan.[4] Dastlab Bag'doddagi rasadxonada ish olib borgan Ahmad Farg'oniy keyinchalik al-Ma’mun topshirig‘iga binoan Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o'rnini aniqlash, yangicha “Zich” tuzish ishlariga rahbarlik qiladi.Farg‘oniyning hayoti haqidagi eng so'nggi va eng aniq xabar 861-yil bilan bog‘lanadi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, u shu yili Qohira yaqinidagi Ravzo orolida nilometrni, ya’ni Nil daryosi suvi sathini belgilovchi uskunani yasagan yoki ta’mirlagan. Biroq Farg'oniy qanday qilib va qanday sharoitda Misrga borib qolgani haqida ham aniq ma’lumot yo‘q.[4] Lekin bu buyuk astronomning bunday kashfiyoti hanuzgacha Gʻarb mamlakatlarining hayratini uygʻotmasdan qolmaydi. Yozma manbalarda qayd etilishicha, Al-Fargʻoniy ilk oʻrta asr falakiyot, riyoziyot va geografiya ilmlari yoʻnalishida bir qancha ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirgan. Uning asosiy astronomik asari - „Kitob al-harakot as-samoviya va javomiʼ ilm an-nujum“ („Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi“). Bu asar „Astronomiya asoslari haqidagi kitob“ nomi bilan ham maʼlum boʻlib, 1145 va 1175-yillarda Yevropada lotin tiliga tarjima etiladi. Shundan soʻng Al-Fargʻoniy nomi lotinlashtirilib, „Alfraganus“ shaklida Gʻarbda shuhrat topadi.[5] Fargʻoniyning bu asarlari hanuzgacha turli tillarga tarjima qilinib olimlar tomonidan oʻrganilmoqda va hayratlarini oshirmoqda. Chunki texnologiyalar rivojlanmagan bir paytda olimning juda katta aniqlik bilan hisoblash ishlarni amalga oshirgani oddiy hodisa emas. Uning „Astronomiya asoslari haqidagi kitob“ asaridan bir necha asrlar davomida Yevropa universitetlarida astronomiya fani boʻyicha asosiy darslik sifatida foydalanilgan, chunki bu kitob zamonasidagi astronomiya haqidagi eng muhim va zarur boʻlgan bilimlarni oʻz ichiga olgan. [5] respublika miqyosdagi iqtidorli talabalar ilmiy-amaliy konferensiya materiallari – 123 – Fargʻoniyning astronomik asarlari orqali Gʻarb mamlakatlari oʻz taʼlim tizimini rivojlantirib yubordi. Biz ham oʻz tariximizni bilmas ekanmiz hech ham oldinga sijiy olmaymiz. Shuning uchun hozirda mutafakkirlarimizning asarlarini puxta oʻrganishimiz zarur. Fargʻoniyning nomi Xorazmiy kabi butun Sharq va Gʻarbda mashhurdir. Oʻrta asrda tabiiy-ilmiy bilimlarning rivojiga ulkan hissa qoʻshgan olim sifatida manbalarda, soʻnggi Gʻarb va Sharq mualliflari asarlarida, oʻz yurti Oʻzbekistonda, ayniqsa, zoʻr gʻurur va iftixor bilan tilga olinadi, oʻrganiladi, hozirgi kunda koʻchalar, oʻquv yurtlariga uning nomi berilgan. 1998 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan allomaning 1200 yillik tavallud sanasi katta tantanalar bilan nishonlandi.[6] Xulosa: Xullas, Ahmad al-Fargʻoniy butun dunyo uchun manfaatli bilimlarning tamal toshini qoʻygan buyuk allomadir. Bu ilmlar butun dunyo uchun manfaatli hisoblanadi biz buni oʻrganishimiz va yanada rivojlantirishimiz kerak. Adabiyotlar: 1. Arboblar.uz Ahmad al-Fargʻoniy 2.https://corp.uzairways.com/uz/ahmad-al-fargoniy-797-865 3.http://nim.uz/2022/01/31/metrologiya-taraqqiyotiga-ahmad-al- farg%CA%BBoniy-qo%CA%BBshgan-hissa/ 4.“Мутафаккирлар” илмий-оммабоп рисолалар туркуми. Сарвархужа Бобоев. АХМАД ФАРҒОНИЙ. «TAFAKKUR» нашриёти. Тошкент - 2011 5.https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Ahmad_al-Farg%CA%BBoniy 6.http://mathnet.uz/View/SectionsView/11037/6/5012/0 Download 50.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling